2-MAVZU: MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARGA MUSIQIY TARBIYA BERISH
Reja:
1.Musiqa pedagogikasi va uning ta`lim-tarbiyadagi o`rni.
2.Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalarning musiqiy ta`im faoliyatini tashkil etish.
3.Tarbiyachilarning faoliyatini tashkil etish metodikasi
Tayanch tushunchalar: musiqiy ta`im, ruxiy ta’sir, musiqa pedagogikasi, musiqiy rivojlanish,musiqiy faoliyat, musiqiy ta`limga quyilgan talab,
1.Musiqa pedagogikasi va uning ta’lim-tarbiyadagi o‘rni .
Kurrai zaminda hayot mavjud ekan, musiqa san’ati insoniyatga olamolam zavq ulashib kelgan va shunday bo‘lib qoladi ham. Chunki musiqa san’ati xalq ijodining bir qismigina emas, balki inson ruhining tarbiyalovchisidir. Musiqa inson dunѐqarashini shakillantiradi, o‘z kuchiga ishonish, ruxiy irodani tiklash, vaqtincha muvoffaqiyatsizliklar oldida tushkunlikka berilmaslik kabi hislatlarni tarbiyalaydi. O‘rta asrlardaѐq Sharqning buyuk mutafakkirlari musiqaning inson organizmiga va psixologiyasiga ta’siri masalalarini o‘rganishgan.
Jumladan, Forobiyning -Musiqa haqida katta kitob‖i va boshqa asarlari, Ibn Sinoning –Kitob ash-shifo‖, -Kitob an-najot‖, -Donishnoma‖ kabi asarlarining musiqa haqidagi bo‘limlari, Abdurahmon Jomiyning -Risolai musiqa‖ kitobi shular jumlasidandir. Buyuk qomusiy olim, musiqa cholg‘ularini mohirlik bilan chalgan Abu Nasr Farobiy o‘z ijrosi bilan kishilarni quvontirish ѐki qayg‘uga solish, ovutish ѐki chuqur o‘yga toldirish, xursand qilish, hayratga solish va hatto uxlatib qo‘yishning uddasidan chiqa olganligi haqidagi hikoyat va rivoyatlar bizgacha yetib kelgan.
Professional musiqachi, mutaxassis musiqa psixologiyasidagi ko‘p jihatlarni yetarli darajada o‘zlashtirib olishi kerak. Bu musiqiy tovushlar, obrazlar, tafakkur va hissiѐtlaridunѐsi kishi ruhini ko‘taradi, uni borliq bilan birlashtiradi, gohida tasavvurlar, xayollarning tushuntirib bo‘lmas imkoniyatlarini ochadi, dunyoning cheksiz kengliklariga olib ketadi, haqiqatga, idealga yaqinlashtiradi, haѐtimizni ma’noli, mazmunli, ma’naviy boy va go‘zal qiladi. Ha, musiqa ruxiy ta’sir imkoniyatiga ega. Undan ta’lim-tarbiya maqsadlarida foydalanish, bu borada uning salmog‘ini yanada kengaytirish zarurligini haѐtning o‘zi taqozo etmoqda. Vatanimiz musiqa pedagogika fani va amaliѐtida bu kabi muhim masalalar yechimini topish borasida tinimsiz izlanishlar amalga oshirilib, yangidan yangi tadqiqotlarni amaliѐtga joriy etib kelinmoqda. Musiqa pedagogikasi-insonga musiqiy ta’lim berish va tabiyalash haqidagi fan; u qator gumanitar fanlar (asosan, pedagogika, musiqashunoslik va fanlar metodikasi)ni birlashtirish natijasida yuzaga kelgan musstaqil ilmiy fan bo‘lib, o‘zining maqsadva vazifalari, ilmiy va ma’lumot apparatiga ega. Musiqa pedagogikasini o‘rganish predmeti musiqa jaraѐning mohiyati va qonuniyatini ochib beradi. Musiqa tarbiyasi jaraѐni inson musiqa madaniyatining umumiy, shaxsiy asoslarini shakllantirishga, musiqa o‘qitish jaraѐni esa muayyan musiqiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni eggalashga yo‘naltirilgan. Musiqiy rivojlanish jaraѐni har bir alohida insonning musiqa madaniyati va musiqiy qobiliyatilari hamda ruhiy-fiziologik imkoniyatlarining umumiy o‘sib borishi bilan bog‘liq.
Qobiliyatlar - bu tashqi dunѐ bilan o‘zaro aloqalari jaraѐnida shakllanadigan kishining rivojlanishidagi ichki shart-sharoitlardir.
Odamni boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turuvchi qobiliyatlar uning tabiatini tashkil etadi, lekin odam tabiatining o‘z – bu tarixiy mahsulotdir – deb yozgan edi S.L.Rubinshteyn. Odam tabiati uning mehnat faoliyati natijasida tarixiy rivojlanish jaraѐnida shakllanadi va o‘zgarib boradi. Intellektual qobiliyatlar odam tabiatni o‘zgartira borishi davomida uni anglab, tushunib borishi bilan shakllangan, uning badiiy, musiqiy va shu kabi qobliyatlari san’atning boshqa turli ko‘rinishlarini rivojlantirish bilan birga yuzaga kelgan‖. Ijodiy rivojlanish –bu pedagogik–psixologik jaraѐnda shaxsning barcha individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil qilingan bo‘lib, uning maqsadi bolani mustaqil tovush yechimlarini izlash, kuzatish, kashfiѐtlarga yo‘naltirishdan iborat. Shaxsning musiqiy rivojlanishi,tarbiyasi va shakillanishi musiqiy pedagogikasining umumiy asoslari bo‘limi bosh mavzulari xisoblanadi.Insonning musiqiy rivojlanishi uning musiqiy qobiliyatlari va musiqa madaniyatining bir butun tashkil topishi va shakillanishi jaraѐni sifatida namoѐn bo‘ladi.Musiqiy rivojlanish bu shaxs musiqa madaniyatining jismoniy,aqliy va ma’naviy rivojlanishdagi tug‘ma va o‘zlashtirilgan,miqdor va sifat o‘zgarishlarining xar tomonlama takomillashuvi. Inson o‘zining musiqiy rivojlanishida qator ѐsh bosqichlardan o‘tadi.Insonning ѐshiga xos umumiy xususiyatlarini o‘rganish bilanpsixologiyaning maxsus sohasi-ѐsh psixologiyasi shug‘ullanadi.Eng umumiy ko‘rinishida maktabgacha ѐsh, maktab ѐshi, o‘smirlik va ijtimoiy yetuklik davri kabi yosh bosqichlari ajratiladi.Shu asosda quyidagi yosh davrlarini va ularga muvofiq ta’lim-tarbiya muassasalarini ko‘rsatish mumkin:
Maktabgacha yosh
1.maktabgacha davr oldi-3 uch (kichik guruh)
2.maktabgacha davr-4yosh (o‘rta guruhi),
3.5 yosh (katta guruh)
4.6 yosh (tayorlov guruhi)
Maktab yosh- 1. kichik –(1-4) boshlang‘ich maktab.
2. O‘rta (o‘smirlik)-(5-9sinf) tayanch (o‘rta)maktab.
3.Katta o‘spirinlik
* Akademik litsey ѐki kasb-hunar kollejlari. Ushbu yosh davrlarida shaxsning musiqiy rivojlanishi turli bosqichlardan o‘tadi. Chaqaloqlik, go‘daklik yoshida, hayotining birinchi yilda bu ko‘proq ona aytadigan alla qo‘shig‘i hamda bolani o‘rab tugan musiqiy muhit bilan bog‘liq. Bola hayotining ikkinchi va uchinchi yillarida bola yura boshlaganda, u kattalar ortidan ayrim musiqiy va qo‘shiq jumlalarini takrorlay oladi. Bu yoshda ritmik eshtish qobiliyati faol rivojlana boshlaydi, bu bolaga musiqani alohida ritmik va raqs harakatlari bilan ifodalashga imkon beradi. Uch yoshda, bola -o‘zining -menini anglab yeta boshlaganda uning istaklari va men o‘zim kabi talablari ifodalangan keskin vaziyatlarda, ota-onalar uni musiqaga oshno qilish imkoniyati haqida o‘ylay boshlaydilar. Bolani uy sharoitida musiqa maktabiga joylashtirishga tayyorlash musiqa o‘qituvchisi bilan o‘tqaziladigan xususiy mashg‘ulotlar va maktabgacha ta’lim muassasasida musiqa mashg‘ulotlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta`lim va boshlang‘ich maktabning birinchi sinflarida bolaning ovozi hali zaif, nafasi qisqa bo‘ladi, u qo‘shiq so‘zlarini kuylashdan ko‘ra ko‘proq ―so‘zlayotganga o‘xshaydi. Shuning uchun kichkintoylar uchun qisqa jumlali va yorqin ifodali mazmunli qo‘shiqlar tanlash lozim. Bu ularda qo‘shiqga nisbatdan e’tibor va qiziqish uyg‘otadi. Musiqiy-pedagogik jaraѐn o‘zining qonuniyatlari, shakllari, bosqichlari, uslublari, umumiy va mahsus, yakka va jamoa , nazariy va amaliy, konqert va mustaqil musiqiy mashg‘ulotlariga ega. Musiqiy pedagogik jarayonning qonunuiyatlarini aniqlash uchun ushbu barcha aloqalarni tahlil qilish talab etiladi bu aloqalarni bir butun hisobga olish ularning birligiga , jamiyat ehtiyojlariga bog‘liqligiga milliy va jahon musiqa madaniyatining taraqqiyotiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |