2. Maktabgacha ѐshdagi bolalarga musiqa orqali tarbiya berish.
Mavjud pedagogik vazifalar saqlangan holda O‘zbekistonga xos milliy qadriyatlar, an’analar, xalq ijodi, musiqa merosini bolalarni idrok etish qobilyati darajasida bosqichma – bosqich tadbiq etish nazarda tutiladi. Ertalabki badan tarbiya, turli shakldagi mashg‘ulotlar, mehnat, sayr, nafosat soatlari, o‘yin kulgi, bayramlarga oid asarlarni aniq rejalashtirib, o‘z o‘rnida va me’ѐrida qo‘llash «Milliy tafakkur» muammosining yechimiga erishishda muhim omil bo‘ladi.Avalam bor, musiqa repertuarlari bolajonlarda jonajon Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatini e’ozlaщ, do‘stlik, hamjihatlik, rahm - shafqat kabi xislatlar musiqaviy obrazlar orqali idrok etilishga qaratilgan. Bunda Respublika miqѐsidagi ijodkor tarbiyachilarning ilg‘or tajribalari natijasi, yangicha ishlash metodikasiga asoslangan musiqiy repertuarlari bolalarning ѐshiga mos bo‘lgan (bilim va malakalar darajasi, musiqaga munosabati, qiziqishi, qobilyati, sog‘lig‘i, kayfiyati, bogchadagi muhit va boshqalar) holatlarni musiqiy faoliyat turlarini hisobga olgan holda besh qismga bo‘linadi. o‘quv materiallari choraklarga taqsimlangan bo‘lib, bolalarning mehr faoliyat turlariga muofiq tanlanishi dastlabki bilim va ko‘nikmalarni egallashda, ta’lim maqsadlarni egallashda muhim ahamiyat kasb etadi. Mashg‘ulotning tuzilishi o‘quv materialllarining mazmunidan kelib chiqish lozim. Bunda asarning tarbiyaviy ahamiyati, ularning badiiy Qoyaviy saviyasi, bolalar ѐshiga mosligi, asar mavzusining xilma - xilligi hisobga olinadi. Ma’lumki, musiqiy faoliyat musiqa tinglash, qo‘shiq aytish, musiqiy ritmik harakat, bolalar cholg‘u asboblarida chalishni o‘rganish kabi turlarga bo‘linadi. Har bir faoliyat turi bolaning musiqiy didini rivojlantirishga ѐrdam berib, ma’lum malakani shakllantiradi. Musiqashunos olimlar bolalarni musiqiy tarbiyalashda musiqa tinglash faoliyatiga alohida e’tibor bermoqdalar. Zero, har bir insoning musiqa madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida musiqa – tinglash ko‘nikma va malakasi juda muhim o‘rinlardan birini egallaydi. Bola mashg‘ulotda qaysi faoliyatni bajarmasin, u musiqani idrok etgan holda uning badiyat tavsiflarini amaliy faoliyatda ifodalaydi. Pedagogika fanida qo‘shiq aytish faoliyatining tarbiyaviy ahamiyati alohida ta’kidlanadi. Milliy ruhni o‘zida aks ettirilgan xalq qo‘shiq, laparlari bolalarni olamni badiiy xis va idrok etishlariga, zavqlanishlariga ѐrdam beradi. Musiqa obrazlarga muoviq turli 66 tavsifdagi harakat va raqslarni, o‘yinda esa turli obrazlarni tasvirlash muhim ahamiyatga egadir. Chunki harakat musiqiy qobiliyatni shakllantirish va jismoniy rivojlantirishda juda muhimdir. Harakatda asarning badiiy mazmuni, kayfiyati aks ettiriladi. Kuy, ritm, tembr, registr, temp, dinamika tuslarini his etgan holda qo‘l, oѐq, gavda qomatlarni musiqaga mos ravishda harakatlantirish musiqiy – estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida uzviy boqliqlikni ta’min etadi. Bolalar cholg‘u asboblaridan, ayniqsa, o‘zbek cholg‘u asboblarida ijro etilgan rang – barang ohanglar bolalarni sozlarning jarangdor ovozi bilan tanishtiradi. Ularda ajablanish, zavqlanish, quvonish kabi ijobiy ruhiy xolatlar vujudga keladi. Dastur mazmunida cholg‘u sozlari bilan tanishtirish bilan birga, bilimlar ѐshiga mos bo‘lgan urma cholg‘u sozlar va musiqiy o‘yinchoqlar ѐrdamida oddiy ijrochilik usullarini bajara olishga o‘rgatish vazifalari qo‘yiladi. Bog‘cha ѐshida bolarning musiqiy ijodkorligining dastlabki kurtagi namoѐn bo‘la boshlaydi. Iqtidorli bolalar oddiy qo‘shiq, o‘rgangan raqs, harakat turini mustaqil yaratgan ijodlariga mujassamlantiradilar, turli obrazlarni yangicha talqin etadilar, davra o‘yinlarida ta’sirchan xususiyatlarini o‘ylab topadilar, ijodiy yutuqlaridan zavqlanadilar va mamnun bo‘ladilar. Musiqa faoliyatidagi bunday mustaqillikning odimlari bolalarimizni ѐshlikdanoq san’atning sehrli olamida zavqlanishga, go‘zal ohanglardan lazzatlanishga, musiqani mehr bilan sevib, imkoniyat darajalarini namoyish etishga chorlaydi. Bayram ertaklari – bolalarni badiiy tarbiyalash shakllaridan biri. Bayram ertaklarining maqsadi bolalarni nafosat olamiga olib kirish, ularda ajoyib ѐrqin taassurotlar qodirish: bolalarda kerakli bayram kayfiyatini tug‘dirish, ularga shodlik baxsh etish va ijodkorlik zavqini hosil etishdan iboratdir. Ijodiy ѐndashuv to‘g‘ri tashkil qilingan bayram va bayram shaklidagi tadbirlar (o‘yin kulgilar, konqertlar, sayl, askiya, kulgi damlari nafosat soatlari, turli teatr tomoshalari, qiziqarli o‘yinlar, sport musobaqa bellashuvlari) bolalarni kichik ѐshdan boshlab ko‘ngil ochar o‘yin va bayram ertaklarining mohiyatini anglab yetish, ma’naviy ozuqa olish, tasavvurni boyitishga xizmat qiladi. Har bir guruxning yoshi va idrok etish darajasiga muofiq bayram ertaklari va uyuushtiriladigan o‘yin kulgularni o‘tkazish mundarijasi ta’lim – tarbiya mazmunida o‘z aksini topgan. Musiqa rahbari bolalarga faqat bilim beribgina qolmasdan, balki ularni yangi ajoyib dunyo- musiqa olamiga olib kiradi, san’atga qiziqtiradi, uni sevishga o‘rgatadi. Yaxshi tashkil qilingan musiqiy tarbiya jaraѐni bolalarni barkamol inson qilib o‘stirishda ko‘maklashadi. Bu ishda bolalar bog‘chasining pedagogik jamoasi ishtiroki va faolligi ham muhimdir. Bolalarning salomatligini muhofaza qilib, mashg‘ulotlar uchun gigienik talablarga javob beradigan darajada shart – sharoitlarini yaratish, ertaliklar va bayramtadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishga faol qatnashish bog‘cha rahbariyati va tarbiyachilarning pedagogik burchidir.
Qobiliyatlarning kompleksi musiqaviylikda musiqiy tarbiyaning 3 ta asosiy omili mavjud.
1.Ladni his qilish,emoqiya orqalikuy ohanggini lad funkqiyalarini ajratish.
2.Eshitish qobiliyatining yaxshiligi,ya’ni eshitish orqali kuyni xis qila olish. 3.Musiqaviy ritmik qobiliyat ya’ni kuyni faol his qila olish qobiliyati. Kuyni kuy usulini his qila olish va uni harakat orqali ko`rsata olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |