1 mavzu: Korxona jixozlari, asboblari idish va taralarga qo'yiladigan talablar Reja


-MAVZU: Gelmintozlar haqida tushuncha. Reja



Download 245 Kb.
bet9/16
Sana01.07.2022
Hajmi245 Kb.
#725346
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
1 mavzu Korxona jixozlari, asboblari idish va taralarga qo\'yila

9-MAVZU: Gelmintozlar haqida tushuncha.
Reja:
1.Gelmintozlar haqida malumot
2.Gelmintologiya kasalliklar haqida
Gelmintozlar (yun. helmins, helminthos — gijja, qurt) — odam, hayvon va oʻsimliklarda parazit chuvalchanglar — gelshintlar qoʻzgʻatadigan kasalliklar. Odamda gijjalarning 150 dan ortiq turi uchraydi. Yashash sharoitlari: iqlim, tuproqning holati, dehqonchilik xususiyatlari va aholining gigiyenik koʻnikmalari darajasiga qarab turli mintaqalarda turli xil gijjalar uchraydi.
Asosan gijjalarning 4 sinfi: nematodalar, sestodalar, trematodalar va akantotsefallar parazitlik qiladi. Shunga koʻra tekshirish chogida topilgan gijjaning sinfiga karab nematodoz, sestodoz, trematodoz, akantotsefalez kabi guruhlarga ajratiladi; har bir guruhga bir necha turdagi gijjalar kiradi. Mas, enterobioz, askaridoz nematodoz guruhiga, hoʻkiz solityori, choʻchqa solityori, keng tasmali gijjalar sestodozlar guruhiga mansub. Odam gijjalarning oraliq yoki mutlaq xoʻjayini boʻlishi mumkin. Gelmintozlar kechishida oʻtkir va surunkali davr farq qilinadi. Olimlar orasida odamda gelmintlarning boʻlishi maʼlum jihatdan uning qrn guruhiga ham boglik, degan fikrlar mavjud. Oʻzbekistonda gelmintozlardan enterobioz, gimenolepidoz va askaridoz koʻproq uchraydi. Gelmintlar odamning nafas olishi, ovqat hazm qilishi, muskul sistemasi, jigar, taloq, qon, miya, koʻz va boshqa aʼzolarida parazitlik qiladi. Gijjalarning xili, soni va qaysi aʼzoda boʻlishiga qarab kasallik har xil kechadi. Gelmintozlardada odamning vazni hamisha kamayadi, u lanj, injiq boʻlib qoladi, boshi aylanadi va h. k. Gijja ichakda boʻlsa, ich qotadi yoki ich ketadi, koʻngil ayniydi, baʼzan bemor qayt qiladi, jigarda boʻlsa, koʻz oqi va badan sargʻayadi, oʻpkada boʻlsa, yoʻtal tutadi. Gelmintozlarda koʻpincha mehnat qobiliyati pasayadi, bola yaxshi oʻsmaydi, xotirasi susayadi va h. k. Gijjalarning lichinkalari yoki tuxumlari topilishiga qarab tashhis qoʻyiladi. Serologik reaksiyalar (immun fluoressentlash, bevosita gemag-glyutinatsiya reaksiyalari va h. k.)dan foydalanish gelmintozlarni erta aniqpash va vaqtida tashhis qoʻyish imkonini beradi.

Gelmintozlarning oddini olish uchun aholi orasida keng tushuntirish ishlari olib borish, pokizalikka rioya qilish muhim. Ayniqsa, yasli-bogʻchaga qatnaydigan bolalarning har biriga alohida tuvak boʻlishi va qoʻllarini bot-bot sovunlab yuvib turishiga alohida eʼtibor berish lozim. Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, chala pishirilgan ovqatni isteʼmol qilmaslik, koʻkat va mevalarni obdon yuvib ishlatish, xom goʻsht toʻgʻrashga ishlatiladigan taxtakachni pishganiga ishlatmaslik G.ning keskin kamayishiga olib keladi. Koʻkatlarni ishlatishdan I soat oldin 3%li osh tuzi eritmasiga solib qoʻyib, keyin yaxshilab chayib tashlansa, gijja tuxumlari butkul yoʻqoladi. Gijjalarning turiga qarab G.ning davosi har xil. Bemorni davolashda yaxshi naf beradigan dorilar mavjud. Ularni faqat vrach bilan maslahatlashib qoʻllash lozim.


Hayvonlarning gelmintozlarni yuqtirish yoʻllari turlicha. Gelmint tuxumlari yoki lichinkalari boʻlgan yem-xashak va suvni isteʼmol qilish orqali yoki gelmint lichinkasi teri orqali organizmga kirib oladi. G. koʻpincha kasal hayvondan uning qornidagi bolasiga yuqadi. Nematoda lichinkasi aksariyat oʻsimlik poyasiga yoki ildiziga bemalol kirib oladi. Gelmintozlar oqibatida hayvonlarning mahsuldorligi, oʻsimliklarning hosili kamayadi, hayvonlar oʻladi, oʻsimliklar nobud boʻladi. Bu oʻz navbatida xalq xoʻjaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.
Oʻzbekistonda trematodozlardan fassiolyoz, oriyentobilgarsioz, dikrotselioz; sestodozlardan moniyezioz, tizansezioz, avitellinoz, exinokokkoz, senuroz; nematodozlardan askaridoz va askaridioz, paraskaridoz, oksiuroz, gemonxoz, nematodiroz, xabertioz, diktiokaulez, protostrongilidezlar qishloq xo‘jaligida va uy hayvonlarida koʻp uchraydi.
Gelmintozlarga qarshi kurashishda goʻsht va boshqa mahsulotlarni veterinariya-sanitariya nazoratidan oʻtkazish, tirik lichinkalar topilgan taqdirda isteʼmolga yarosiz deb topish, aholi yashaydigan joylar tozaligi, goʻngdan oʻgʻit sifatida foydalanish ishlari ustidan qatiy nazorat oʻtkazish va boshqa maxsus choralar koʻrish zarur.
Ichak gelmintozlari guruhiga nematodlardan: enterobioz, askaridoz, trixotsefalez, ankilostomidoz, trixetellyoz, sestodozlardan: teniarinxoz, tenioz, gomenolepidoz va difillobotriozlar kiradi.
Gelmintologiya (gelmintlar va ...logiya) — parazit chuvalchanglar — gelmintlar hamda odam, hayvonlar va oʻsimliklarda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni oʻrganadigan fan. gelmintalogiya parazit chuvalchanglarning tuzilishi, fiziologiyasi, biokimyosi, rivojlanishi, ekologiyasi, geografik tarqalishi va zoologiya sistemasidagi oʻrnini, shuningdek ularning xoʻjayin organizmiga taʼsirini oʻrganadi, Gelmintoz kasalliklarga (qarang [[Gelʼmintozlar) tashhis qoʻyish]], ularning klinik belgilari, patogenezi, epidemiologiyasi va epizootologiyasini oʻrganish, ular asosida davolash va profilaktik tadbirlar ishlab chiqish ham gelmintaligiyaning vazifalariga kiradi.
Parazit chuvalchanglarni oʻrganish tufayli gelmintalogiya bir tomondan, zoologiyaning bir tarmogʻi boʻlsa, ikkinchi tomondan, gelmintlarning patogenlik xususiyati va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganish orqali klinik fanlar — patfiziologiya, patanatomiya, biokimyo, immunologiya va boshqa bilan bogʻlangan. Amaliy gelmintologiya tibbiyot va agronomiya gelmintalogiyasiga ajratiladi. gelmintalogiyaning bunday boʻlinishi aksariyat sunʼiy boʻlsada, amaliy jihatdan zarur hisoblanadi. Tibbiyot gelmintologiyasi odam organizmida parazitlik qiladigan gelmintlarni oʻrganadi. Agronomiya gelmintologiyasi oʻsimliklar gelmintlarini oʻrganish va ularga karshi kurash tadbirlarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadi. Veterinariya gelmentologiyasi esa xonaki, ov qilinadigan va yovvoyi hayvonlarda parazitlik qiladigan gelmintlarni va ularga qarshi kurash choralarini oʻrganadi. Odamlarda parazitlik kiladigan gelmintlar toʻgrisidagi dastlabki maʼlumotlar Abu Ali ibn Snnoning "Kitob-ash-shifo" asarida uchraydi. Unda ibn Sino odam ichagida parazitlik qiladigan "katta va uzun qurt" (qoramol tasmasimoni), "qovoq urugʻiga oʻxshash qurt"(qovoqsimon gijja), "mitti qurt" (kichik zanjirsimon gijja) va b. hamda ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni davolash haqida maʼlumotlar bergan. Gelment sohasidagi dastlabki tadqiqot rus sayyohi A. P. Fedchenko tomonidan 1868 y.da olib borilgan. U Samarqandda rishtaning biol. sini oʻrgangan. Gelmentologiya sohasidagi tadqiqotlar 20-asrning 20-y.laridan boshlab Oʻrta Osiyo davlat universiteti, Tibbiyot parazitologiyasi instituti hamda bir qancha tropik st-yalarning tashkil etilishi bilan kengayib bordi. L. M. Isayev rishta hayotini oʻrganib, unga qarshi kurash choralarini ishlab chiqdi va tibbiyot parazitologiyasi sohasidagi tadqiqotlarni boshlab berdi. Bu boradagi ishlar keyinchalik S. N. Bobojonovning tadqiqotlarida oʻz aksini topdi. Oʻzbekistonda veterinariya gelmintologiyasi sohasidagi tadqiqotlarga N. V. Badan i n asos solgan. Yovvoyi va uy hayvonlari gelmintlarining turlar tarkibi, biologik va ekologik xususiyatlari hamda ularga qarshi kurash usullari M. A. Sultonov, I. X. Ergashev, J. A.Azimov, N. M. Matjonov, A. N. Brudastov, B. S. Salimov. Sh. A. Azimov, M. A. Aminjonov, A. O. Oripov, S. Dadayev, G. S. Poʻlatov va b.ning ishlarida aks etgan. Oʻzbekistonda fitogelmintlarni oʻrganishni Ye. S. Kiryanova boshlab bergan. Turli xil q.x. ekinlari ildizi va uning at-rofidagi tuproq nematodalarini oʻrganish A. T. Toʻlaganov va shogirdlari ishlari bilan bogʻliq. Gʻoʻza, kanop, sabzavot va yem-xashak ekinlari, subtropik oʻsimliklarning nematodalari oʻrganilgan; boʻrtma nematodalariga qarshi kurashning profilaktik va kimyoviy usullari ishlab chiqilgan (A. T. Toʻlaganov, O. 3. Usmonova, O. Mavlonov, 3. Norboyev, Sh. Xurramov, A. I. Zemlyanskaya va b.). Tuproqda erkin yashovchi gelmintlarning indikatorlik xususiyatlari, parazit fitogelmintlar evolyutsiyasi ular zararlaydigan oʻsimliklar bilan birga borishi ochib berilgan (O. Mavlonov, 3. Norboyev). Fitogelmintlarning 600 dan ortiq turi, jumladan 80 ga yaqin yangi turi aniqlangan. Keyingi yillarda Gelmintologiyada asosiy eʼtibor ekologiya, biokimyo va boshqa eksprimental tadqiqotlarga qaratilmoqda, gelmintlar bilan ular xoʻjayinlari oʻrtasidagi parazit xoʻjayin va filogenetik munosabatlar tadqiq qilinmoqda. Gelmintologiya sohasidagi ishlar kishilar sogʻligʻini saqlash, qishloq xo‘jalik hayvonlari mahsuldorligi va ekinlarning hosildorligini oshirishda katta amaliy ahamiyatga ega, Gelmintologik tadqiqotlar Oʻzbekiston FA Zoologiya, Veterinariya va Chorvachilik institutlari lab.lari, OʻzMUda, shuningdek, Termiz, Samarkand, Nukus davlat universitetlari, Toshkent, Samarkand, Andijon tibbiyot intlari, Toshkent pedagogika universiteti hamda Samarkand va Toshkent davlat agrar untlari kafedralarida olib boriladi.
Uyda va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni parvarish kilishda ishlatiladigan buyumlar va o‘yinchoqlarning toza saqlanishiga doim e’tibor qilish zarur. Bolalar tuvagi, stullar, o‘yinchoqlar, hojatxona eshigi va poli har kuni zararsizlantiruvchi vositalar yoki qaynoq suv bilan yaxshilab tozalanishi shart. Havodagi chang bilan birga gijja tuxumlarini og‘iz va nafas olish yo‘llari orqali organizmga tushishini oldini olish maqsadida xonalarda muntazam namli tozalash ishlari olib borilishi, hovlilar suv sepib supirilishi maqsadga muvofiqdir.
Gelmentlar — tana parazitlar
Odam va hayvonlarning a’zo va to‘qimalari hisobiga yashovchi mayda chuvalchanglar – gijjalar (gelmintlar), ular keltirib chiqaradigan kasalliklar gelmintozlar deyiladi. Insoniyatga gelmintozlar juda qadim zamonlardan ma’lum bo‘lib, ular barcha parazitar kasalliklarning 90 foizni tashkil qiladi. Kasallik manbai bemor odam va gijjalar bilan zararlangan hayvonlar hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchining turi, yuqish yo‘li va yuqish omillariga ko‘ra gelmintozlar uchga bo‘linadi:
Biogelmintozlar
Geogelmintozlar
Kontagioz
Biogelmintozlar
Bu turdagi kasallikda gijja lichinkalarining invaziya (yuqumlilik darajasi) bosqichiga qadar yetilishida oraliq xo‘jayin, tirik organizm – ya’ni, biologik muhit kerak bo‘ladi.
Geogelmintozlar
Bu turdagi gelmintozda lichinkalarning yuqumlilik bosqichiga qadar yetilish jarayoni tuproqda yuzaga keladi.
Kontagioz
Kontagioz ya’ni, muloqot orqali yuqadigan gelmintozlar – ushbu turdagi gelmintlar odamdan odamga bevosita iflos qo‘llar, uning ichki kiyimi, choyshablari, yuvinishda ishlatiladigan buyumlari va maishiy anjomlar orqali yuqadi. Muloqot yo‘li orqali yuqadigan gijjalarga enterobioz va gimenolepidoz kasalliklari kiradi.
Xastalikning bu turlari asosan bolalar orasida keng tarqalgan. Ular najaslari orqali tashqi muhitni gijja tuxumlari bilan ifloslantiradilar. Zararsizlantirilmagan najasni dala hamda ekinzorlarda o‘g‘it sifatida ishlatilishi va rezavor meva hamda sabzavotlarning ifloslangan suvlar bilan sug‘orilishi ham bu xastalikning keng tarqalishiga zamin yaratadi. Bundan tashqari gijja kasalligi bilan kasallangan itlarning ekinzorlarda oralab yurishi natijasida yetishtirilayotgan sabzavotlar, rezavorlar va ko‘katlar gijja tuxumlari bilan ifloslanadi. Odamlar yaxshi yuvilmagan sabzavotlar, rezavor mevalar va ko‘katlarni iste’mol qilish orqali o‘zlariga gijja tuxumlarini yuqtirib oladilar.Aynan sabzavotlar, rezavor mevalar va ko‘katlar orqali askaridoz, trixotsefalyoz, ankilostomidoz, strongiloidoz va exinokokkoz kabi gijja kasalliklari kelib chiqadi.
Gijjalar inson organizmiga zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, ular allergik reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Yana organizmning har xil yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi. To‘qima va qon tomir devorlarini mexanik shikastlanishiga sabab bo‘ladi. Odam tanasiga tushgan vitaminlar va mineral moddalarni o‘zlashtiradi. Ular asab tizimiga ham katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Gijja kasalligiga chalingan bemorlarda holsizlik, tez charchash, bosh og‘rig‘i, qorin sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, asabiylik, allergik toshmalar va terida har xil dog‘larning paydo bo‘lishi kabi klinik belgilar kuzatiladi. Ushbu dard o‘z vaqtida to‘liq davolanmasa yosh bolalarda jismoniy va aqliy rivojlanishning ortda qolishi, epileptik tutqanoq kasalligi kabi jiddiy asoratlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Bundan shunday xulosa qilish mumkin, ya’ni gelmintoz nafaqat alohida a’zo, balki butun organizmning og‘ir dardi bo‘lib, uning belgilari paydo bo‘lganda o‘z vaqtida shifokorga murojaat etish zarur.


Kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini olish muhim hisoblanadi. Gelmintozning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya kilish shart. Har bir odam o‘zining shaxsiy gigiyena vositalariga ega bo‘lishi lozim. Ovqatlanishdan oldin, hojatxonaga kirib-chiqqach, eshik tutqichlarini ushlagach, tuproq bilan ishlagandan so‘ng va bolalar ko‘chada o‘ynab kelganda qo‘lni sovun bilan yaxshilab yuvish lozim. Shuningdek, tirnoqlarni kalta qilib olish zarur. Polizda, bog‘da ishlash vaqtida qo‘lni og‘izga solishdan saqlanish kerak. Ayniqsa, qo‘lni og‘izga tiqish kabi salbiy odat ko‘pincha yosh bolalarga xos.

Gijja tuxumlarini meva-sabzavotlar va ko‘katlar orqali yuqishini oldini olish uchun ularni oqar suvda yaxshilab yuvish shart. Ko‘katlarni avval sho‘r suvda ivitib qo‘yib, keyin oqar suvda obdon yuvib, so‘ngra iste’mol qilish tavsiya etiladi.


Uyda va maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni parvarish kilishda ishlatiladigan buyumlar va o‘yinchoqlarning toza saqlanishiga doim e’tibor qilish zarur. Bolalar tuvagi, stullar, o‘yinchoqlar, hojatxona eshigi va poli har kuni zararsizlantiruvchi vositalar yoki qaynoq suv bilan yaxshilab tozalanishi shart. Havodagi chang bilan birga gijja tuxumlarini og‘iz va nafas olish yo‘llari orqali organizmga tushishini oldini olish maqsadida xonalarda muntazam namli tozalash ishlari olib borilishi, hovlilar suv sepib supirilishi maqsadga muvofiqdir.
Ochiq suv havzalari suvini faqat qaynatib ichish, har doim yaxshi pishirilgan va qovurilgan go‘shtni iste’mol qilish talab etiladi.
Gelmintoz kasalligi belgilari paydo bo‘lganda darhol mutaxassisga murojaat qilish darkor. Yana tegishli laboratoriya tahlillarini topshirish va uning natijalari asosida shifokor maslahati bilan o‘z vaqtida davolash kurslarini to‘liq amalga oshirish bemorning ushbu dardni jiddiy asoratsiz yengib tezda oyoqqa turib ketishiga sabab bo‘ladi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Gelmintoz haqida malumot bering?
2. Ularning kelib chiqishi va rivojlanishi?
3. Davolanish usullari va savolanish sirlari?


Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish