1 mavzu: Korxona jixozlari, asboblari idish va taralarga qo'yiladigan talablar Reja


- MAVZU: Zoonoz infeksiyalar xaqida tushuncha. Reja



Download 245 Kb.
bet8/16
Sana01.07.2022
Hajmi245 Kb.
#725346
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1 mavzu Korxona jixozlari, asboblari idish va taralarga qo\'yila

8- MAVZU: Zoonoz infeksiyalar xaqida tushuncha.
Reja:
1. Zoonoz infeksiyasi haqida malumot
2. Brutsellos haqida malumot
3. Inson hayoti uchun xavflik bo‘lgan boshqa infeksiyalar
Hayvonlarda uchraydigan va turli mo'ylar bilan yuqib, odam ham kasallanadigan xastaliklar zoonoz kasalliklar deb ataladi.
Ularga brutselloz, toun, kuturish, kuydirgi va botqa kasalliklar kiradi.
-Brutselloz - surunkali kechishga moyil, tayanch-harakat apparati, periferik nervlarni ko'proq jarohatlaydigan, uzoq davom etuvchi isitma bilan kechadigan kasallik. U uy hayvonlari orasida uchrab turadi. Sut soruvchilar, molboqarlar, cho'ponlar, veterinarlar, qushxona xizmatchilari va teri oshlash sohasi ishchilari uchun brutselloz kasb kasalligi xisoblanadi.
Etiologiyasi. Kasallik qo'zg'atuvchilari brutsellalar deb ataladi. Odamda kasallikni keltirib chiqaradigan brutsellalar 3 turga bo'linadi.
1. Brutsella melitenzis — mayda shoxli hayvon (qo'y, echki) larda kasallik qo'zg'atuvchi brutsellalar.
2. Brutsella abortus bovis - qoramolda brutselloz qo'zg'atuvchi mikroblar.
3. Brutsella abortus suis — cho'chqalarda brutselloz qo'zg'atadi.
Odamda uchraydigan brutselyoz kasalligini ko'pincha brutsella melitenzis qo'zg'atadi.
Brutsellalar biroz cho'zinchoq yoki ellipssimon shaklda bo'lib, uzunligi 0.3-0.6 mikron. Ular 36-37°S haroratda rN 8.8-7.2 bo'lgan sharoitda yaxshi o'sadi. Brutsellalar sekin o'sadigan mikroblardan hisoblanadi. 4 hafta o'stirilganidan keyingina toza kulturasini olish mumkin.
Quyosh ta'sirida brutsellalar tez nobud bo'ladi. 80-85°S qizdirilganida 5 daqiqada, kaynatilganida — o'sha zahoti o'ladi. Sovuq haroratda yaxshi saqlanadi.
Epidemiologiyasi. Kasallik manbai brutselloz bilan og'rigan va hayvonlar xisoblanadi. Kasal hayvon yaxshi semirmaydi, ko'pincha chala tug'ib qo'yadi. Brutsellalar kasal hayvon siydigi va go'ngi bilan ajralib, hayvon juni, terisida uzoq saqlanadi. Shuningdek yaylovdagi o't-o'lan, suvga ham tushadi, ostidagi poxol ham zararlanadi. Shu tariqa brutselloz hayvonlar orasida tarqaladi. Brutsellelar kasal hayvon suti bilan ham ajraladi.
Odamga kasallik asosan kasal hayvonlarni parvarish qilish, so'yish va nimtalash vaqtida hamda terisini oshlaganda yuqadi. Bunda infeksiya odamga teri orqali tushadi. Ba'zi olimlarning fikricha, nafas yo'llari va konyuktividan ham kirishi mumkin.Chorvadorlarga kasallik ko'pincha qo'zilatish davrida yuqadi. Chunki, brutselloz hayvonlarning homilasi yuzasida, atrofidagi suyuqlikda, yo'ldoshda brutsellalar juda ko'p bo'ladi.Kasal hayvon go'shtini yaxshi pishirmay iste'mol qilganda yoki sutini qaynatilmasdan ichganda, brutsellalar organizmga og'iz orqali tushadi.
Brutselloz ko'proq qishloq aholisi orasida uchraydi, Bahor oylarida kasallik ko'proq qayd etiladi.Shahar aholisi orasida brutselloz asosan kasal hayvon sutini qaynatmay ichishi tufayli kelib chiqadi.
Bemor odamdan brutselloz boshqa sog'lom kishilarga va hayvonlarga yuqmaydi.
Kasallikning yashirin davri 1-2 hafta. Klinik kechishga qarab brutsellozning o'tkir (3 oygacha), cho'ziluvchan (6 oygacha) va surunkali (6 oydan ortiq) turlari farqlanadi. Brutselloz organizmning umumiy kasalligi hisoblansa ham, unda tayanch-harakat, yurak-tomir va nerv sistemalari jarohatlanishi yaqqol ifodalanadi.O'tkir brutselloz qisqa muddatli prodroma davri bilan boshlanadi. Bu davr bir haftagacha davom etadi. Shu vaqtda bemor lohas bo'ladi, tez charchayda, kayfiyati buziladi, ishtahasi pasayadi. Ba'zan biroz bosh og'rishi kuzatiladi.
Bu alomatlar o'sa borib, kasallikning avj olish davri boshlanadi. Uning o'ziga xos belgalari mavjud. Junjikish, qaltirash bilan isitma 38-39°S gacha ko'tariladi, keyin kuchli terlash kuzatiladi. Bu xolat uzoq muddat, ba'zan kuniga 1-2 marta takrorlanib turadi. Kundalik isitma o'tkir brutsellozda remittirlovchi xususiyatiga ega. Isitma egri chizig'i esa to'lqinsimon bo'ladi. Harorat uzoq vaqt yuqori bo'lishiga qaramay bemorda ich terlamaga o'hshash quchli intoksikatsiya kuzatilmaydi. Isitma pasaygan soatlarda bemor o'zini durust xis qiladi.Bemorni ko'zdan kechirganda, dastlabki kunlarda yuzi biroz qizargai bo'lsa xam, keyinchalik oqish bo'ladi, biroz kerikadi. Teri oqargan, nam bo'ladi.
Ayrim hollarda, izsiz yo'qoladigan, qisqa muddatli toshmalar toshadi. Periferik limfa tugunlarining kattalashishi o'ziga xos xisoblanadi. Bo'yin, qo'ltiq osti, chov bezlari kattaligi loviyadek bo'lishi mumkin, paypaslanganda og'rimaydi. Ba'zan teri ostida (ayniqsa orqada) qattiq paypaslaganda og'riydigan tuguncha -fibrozitlar paydo bo'ladi.
Tomir urishi tezlashadi. Qon bosimi pasayadi. Yurak tonlari sust eishitiladi. Jigar va taloq kattalashishi brutsellozga xos alomatlardan hisoblanadi.
Bu davrda bo'g'imlarda biroz og'riq bo'lsa xam, tayanch-xarakat apparati sezilarli jarohatlanmaydi.
Kasallik to'g'ri davolansa, 2-3 haftadan so'ng alomatlari yo'qolib, bemor tuzalishi mumkin. Lekin, bu kasallikdan to'liq forig' bo'linganini anglatmaydi. Vaqt o'tib, turli stress omillar ta'sirida kasallik qaytalanishi yoki uning surunkali turi alomatlari paydo bo'lishi mumkin. O'z vaqtida davolanmagan yoki noto'g'ri davolangan o'tkir brutselloz doimo surunkali turga o'tadi.
Ko'p xollarda brutsellozning dastlabki namoyon bo'lishi surunkali turi alomatlari bilan boshlanadi. Brutsellozning bu turida turli sistema va a'zolarning jaroxatlanishi yaqqol ifodalanadi.
Surunkali brutsellozda tayanch-harakat apparati jaroxatlanishi birinchi o'rinda turadi. Bo'g'imlar, bo'g'im xaltachasi va muskullar shikastlanishi (artrit, bursit, tendovaginit, miozit) tufayli bemor kuchli og'riq sezadi, bo'g'im shishadi, harakat cheklanadi. Ko'proq yonbosh-dumgaza, son va tizza bo'g'imlari jaroxatlanadi.
Periferik nervlar jarohatlanishi radikulit, ishioradikulit, pleksit alomatlari bilan namoyon bo'ladi.Surunkali brutsellozda jinsiy a'zolarning jaroxatlanishi xam ko'p uchraydi. Erkaklarda orxit,epididimit oqibatida jinsiy faoliyati susayadi. Ayollarda tuxumdon, bachadon va uning naychasi yallig'lanishi uchrab turadi. Oqibatda chala tug'ish kuzatiladi.
Ayrim hollarda olib borilgan davolash muolajalariga qaramay, kasallik mutlaqo yo'qolmaydi. Tayanch-harakat apparati jaroxatlanishi va nevritlar oqibatida bemor nogiron bo'lib qoladi.
Brutsellozning laboratoriya diagnostikasida bakteriologik, sfologik va allergologik usullardan foydalaniladi. Kasallikning o'tkir davrida venadan olingan 10 ml qonni ekib, gemokultura olish mumkin. Natija deyarli bir oydan so'ng olinadi.Kasallikning surunkali turlariga tashxis ko'yishda asosan serologak reaksiyalardan foydalaniladi. Amaliyotda qon zardobi bilan Rayt reaksiyasi keng qo'llanadi. Uning diagnostik titri 1:200. Unga nisbatan sust gemagglutinatsiya reaksiyasi sezgirroq xisoblanadi. Serologik reaksiyalardan bo'lmish Xeddlson reaksiyasi hususiyati pastroq bo'lgani uchun keyingi vaqtlarda kam ko'llanilmoqda.
Allergik reaksiyalardan Byurne sinovi ilgari keng qo'llanardi. U bilan terisi orasiga 0.1 ml brutsallin yuborib, 24 soat o'tgach paydo bo'ladigan qizarish va bo'rtish hajmiga qarab natijasi belgilanadi. Hozir bu reaksiyadan 35am kam foydalanadi.
Brutselloz bilan og'rigan bemor kasallikning o'tkir davrida va surunkali turi zo'rayganida shifoxonaga yotqizib davolanadi. Bemor uchun ijobiy davolash-ximoya rejimi yaratish muxim. Spetsifik davolash maqsadida levomitsetin, streptomitsin, tetrasiklin, doksatsillin kabi antibiotiklar qo'llanadi. Ko'p hollarda surunkali brutsellozni davolashda 2 xil antibiotik bir vaqtda tayinlanadi. Davolash kursi 7-10 kun. Zarurat bo'lganida bir xafta oralatib, antibiotik bilan 2-davolash kursi olib boriladi.
Kasallik avj olmagan (remissiya) davrida fizioterapevtik muolajalar bemor ahvolini yengillashtiradi.
Brutselloz profilaktikasi borasida veterinar saniatriya va sanitariya-epidemiologiya xizmatlari hamkorlikda ishlashi kerak. Jamoat chorvachiligida mollarni saqlash va boqish mavjud talablarga rioya qilgan holda bajariladi. Brutselloz hayvonlar sog'lomlaridan ajratilib, alohida joyda boqilishi lozim. Imkon bo'lmasa, brutselloz hayvonlarning barchasini maxsus talabga rioya qilgan holda so'yib yuborish kerak.
Kasbi chorvachilik bilan bog'liq xizmatchilar ish vaqtida shaxsiy gigayena qat'iy rioya qilishlari lozim. Ular brutsellozga qarshi emlanadi. Davlat yo'li bilan sotilgan sut 80°S da pasterizatsiya qilinib keyin sotiladi. Yakka xo'jalikdan sotib olingan sutka qaynatib ichish kerak.
- Toun o'ta havfli yuqumli kasalliklardan hisoblanib, kuchli iktoksikatsiya, limfa tugunlari, o'pka va boshqa a'zolarning jarohatlanishi bilan shiddatli kechadi.Toun odamzodga qadim zamonlardan ma'lum. Ilgari vaqti-vaqti bilan toun epidemiyalari uchrab turgan. Epidemiyalar davrida guzar, qishloqlar aholisi yoppasiga qirilib ketgan. Odamlar vahimada uy-joylarini tark etib, yangi joylarga ko'chib ketishgan. Shu tariqa toun epidemiyasi o'lkama-o'lka tarqalib ketgan. Toundan nobud bo'lganlar soni millionlab bo'lgan.
Kasallik qo'zg'atuvchisi toun mikroblari -iyersiniya pestis. Ularning uzunligi 1-1.5 mikron, eni 0.5 mikron bo'lib, tuxumga o'xshash tuzilishga ega. Mikrob tanasi nozik parda — kapsula bilan o'ralgan. Bo'yalganda mikrob qutblari tuk rangli bo'lib bo'yaladi.
Toun mikroblari oddiy ozuqa muhitlarida ham o'saveradi.
25-30°S harorati va rN 6.9-7.2 bo'lgan muhit qulay hisoblanadi.
Tashqi muhitda toun mikroblari turg'un. Past haroratda oylab saqlanadi. 25-30°S da hatto ko'payishi mumkin. Mikrob bilan ifloslangan kiyim-kechak va ashyolarda, bemor balg'ami yoki undan ajralgan yiringda bir necha oy saqlanib turadi. Lizol, karbol kislotasi, formalin, xloramin kabi dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo'ladi. 80°S gacha qizdirilganda 5 daqiqadan so'ng, 100°S da bir necha soniyada o'ladi.
Kasallikniig bir hayvondan boshqasiga o'tishida va hayvonlardan odamga yuqishida burgalar katta rol o'ynaydi.
Uy hayvonlaridan tuya toun bilan kasallanishi mumkin.
Odamga kasallik turli ko'llar bilan yuqadi. Kasal hayvondan va bemorni parvarish: qilganda teri orqali yuqadi. Toun mikrobi tutgan burga chaqqanida ham kasallik teri orqali yuqadi. Tounning O'pka tura bilan og'rigan bemor atrofdagilar uchun g'oyat xavfli hisoblanadi. Uning balg'ami bilan millionlab toun mikroblari ajralib, atrofga tarqaladi. Bunda mikrob sog'lom odam tanasiga nafas yo'llari orqali yuqadi.
Taun bilan kasallangan tuyani so'yganda, yoki go'shtini istemol qilganda mikrob teri yoki og'iz orqali odam organizmiga tushadi.
Kasallik nafas yo'llari orqali yuqqanida tounning birlamchi o'pka turi rivojlanadi. O'pka turi touning og'ir kechadigan xollaridan xisoblanadi. Unda o'pkada gemorragik pnevmoniya rivojlanadi. Isitma o'zoq vaqt yuqori bo'lib qoladi. Qusish, qattiq bosh og'rishi va mushaklarda og'riq kuzatiladi. Ko'krakda xam kuchli og'riq paydo bo'ladi. Nafas qisadi. Yo'tal qattiq bezovta qiladi. Balg'am qon aralash bo'ladi, ba'zan juda ko'p ajraladi. Og'ir xollarda bemor qon tupuradi. Yurak-tomirlar faoliyati keskin izdan chiqadi. Bemor ko'p alaxlaydi, og'ir axvolda bo'lsa xam, turib qochib ketmoqchi bo'ladi. O'lim xollari ko'p uchraydi.
Tounning o'pka turi epidemiologik jixatdan juda xavfli. Balg'am bilan ajralayotgan milionlab toun mikroblari atrofdagilarga nafas yo'llari orqali osongina yuqishi mumkin.
-Kuydargi terda o'ziga xos yara paydo bo'lishi, yoki o'pka va ichaklarning zararlanishi xamda kuchli intoksikatsiya bilan kechadigan yuqumli kasallik.
Kuydirgi qadim zamonlardan qishloq xo'jaligi hayvonlari va insoniyatga katta talafot yetkazib kelgan. 1780-1789 yillarda Sibirda bo'lib o'tgan epizootiya davrida rus olimi S.S.Andreyevskiy kasallikni xayvonlardan o'ziga yuqtirib o'rgandi va uni "Sibir yarasi" deb atashini tavsiya etdi.
Kuydirgani qo'zg'atuvchi mikrob Vas. Anthracis ni 1855 yilda Braueler aniqlagan. U yirik xarakatsiz, grammusbat aerob bakteriyadir. Anilin bo'yoqlari bilan yaxshi bo'yaladi, oddiy ozuqa moddalarda ko'payadi. Tashqi muhitda spora hosil qiladi, sporalar birnecha yillargacha saqlanib qolishi mumkin. Kuydirgi sporalari quritishga, dezinfeksiyalovchi moddalar ta'siriga chidamli, qaynatilganda 50 qisqada, 70 daraja qizdirilganda bir necha soatda nobud bo'ladi. Tayoqchaning vegetativ turi esa yuqori harorat va dezinfeksiyalovchi moddalar ta'sirida bir necha daqiqa ichida halok, bo'ladi.
Kasallik manbai asosan yirik va mayda shoxli hayvonlar, shuningdek otlar, eshaklar, bug'ular va cho'chqalar xisoblanadi. Kasallangan xayvon najasi, siydigi, so'lagi bilan kuydirgi mikrobini ajratib atrof muxitni (tuproq, suv, jun va b.) ifloslantiradi. O'lgan hayvonning qoni, terisi, juni va ichki a'zolari xam ancha vaqtgacha xavfli bo'ladi.
Odamga kuydirgi asosan teri va shilliq parda orqali kasallangan xayvonlarni parvarish qilishda, ularning chiqindilari, xom ashyosi (terish, juni, mo'ynasi. go'shti), o'lgan mollarni jasadlari bilan ishlaganda, shuningdek qushxona, teri, jun va mo'yna bilan ishlovchi korxonalarda yuqadi. Kuydirgi kasal xayvon so'yilganda, nimtalanganda, go'shti iste'mol qilinganda, shuningdek infeksiyali chang xavodan nafas olinganda xam yuqishi mumkin. Ayrim xollarda kuydirgini qon so'ruvchi pashshalar (so'na, jigalka) xam yuqtirishi mumkin.
Kuydirgi ko'pincha teri karbunkuli ko'rinishida kechadi.
Kasallikning birinchi kuni bemor darmonsizlik xis etib, biroz badani qaqshaydi va boshi og'riydi, keyingi kuni eti uvishib, qaltiraydi va tana xarorati tezlikda 39-40°S gacha ko'tariladi, bosh va tana og'rig'i kuchayadi, uyqusi buziladi.
Terida, kuydirga tayoqchasi kirgan joyda qichishadigan qizil tuguncha (papula) paydo bo'ladi. Bir necha soatdan so'ng tuguncha ichida seroz suyuqlik yig'ilib, diametri 2-3 mm li pufakcha (vezikula) hosil bo'ladi. Keyinchalik pufakcha ichidagi suyuqlikka qon aralashadi. Pufakcha yorilgach, o'rnida yara (karbunkul) paydo bo'ladi, bu yara tezda qotib, quriydi va qo'ng'ir rangli qora qo'tar bilan qoplaydi. Kuydirgini lotincha Santrax (ko'mir) deb atalishining boisi ham shundadir. Qora qo'tir doirasi asta-sekin kattalashib boradi, gardishida qizil xoshiyali bo'rtma va mayda pufakchalar paydo bo'ladi. Yara atrofida bunday mayda pufakchalarning paydo bo'lishi, ancha keng joyda shishning bo'lishi va bu karbunkul hamda shishing og'riqsizligi kuydirgiga juda xos bo'lib, boshqa o'xshash yaralardan farqlashimizda juda qo'l keladi (10-rasm).
Isitma va yuqori intoksikatsiya alomatlari 5-6 kungacha saqlanib turadi. So'ngra tana xarorati meyoriga kelib, bemorning ahvoli yaxshilanadi, yara xam qayta boshlaydi: avval shish kamayadi, 2-3-xafta oxirida qora qo'tir ko'chib, urnida chuqur chandiq paydo bo'ladi. Kuydorgining teri shakli og'ir kechganda kasallikning ikkilamchi septik xili rivojlanishi mumkin.
Kasallikning o'pka turi infeksiya nafas yo'li orqali yuqqanida rivojlanadi. Bunda bemor eti junjikab tana harorati ko'tariladi, tumov, ko'krak va qafas qisilishi, yo'tal va hansirash singari alomatlar avj oladi. Yo'tal kuchli bo'lib, ko'p miqdorda qon aralash, ko'pikli balg'am ajraladi. Tekshirib ko'rilganda pnevmoniya va ekssudativ plevrit aniqlanadi.
Kuydirgining bu turi ham juda og'ir intoksikatsiya, infeksion-toksik shok va yurak-tomir faoliyatining keskin buzilishi bilan kechadi va ko'pincha 2-3 kun ichida bemorning o'limi bilan yakunlanadi.Kasallikning septik turini o'tkazayotgan bemorlar atrofdagilar uchun juda katta xavf tug'diradilar. Chunki ularning chiqindilarida (balg'am, nafas, qusuqlari) va qonida kuydirgi mikrobi juda ko'p miqdorda bo'ladi.
Uy xayvonlari va ularning mahsulotlari bilan ishlovchi shaxslar (zootexnik va veterinariya xodimlari, ferma, qushxona, teri, jun zavodlari, mo'yna fabrikalari ishchilari) maxsus kuydirgiga qarshi vaksina bilan emlanadi. Infeksiya o'chog'ida bo'lgan shaxslar, shuningdek kasal xayvon, yoki ularning xom ashyosi bilan bevosita kontaktda bo'lgan kishilarga nisbatan ko'riladigan shoshilinch profilaktika choralari sifatida ularga kuydirgi gammaglobulini (20-25 ml) bilan penitsillin yuboriladi. Bu muolajalar 7-10 kun davomida o'tkazilganidan keyin vaksina bilan emlanadi. Gammaglobulinni infeksiya og'iz yoki nafas yo'li orqali yuqqanida 5 kundan ortiq, teri orqli yuqanida — 10 kundan ortiq vaqt o'tkandan keyin yuborish maqsadga muvofiq emas.
Bemor kasalxonaga yotqizilgandan keyin, uning uyida dezinfeksiya qilinadi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan kishilar 8 kun davomida nazorat ostida bo'ladilar va ularga shoshilinch profilaktika choralari o'tkaziladi.Keng omma, ayniqsa qishloq axolisi va tegishli qorxonalarning ishchilari orasida sanitariya maorifi ishlarini keng yo'lga qo'yish, kuydirgi kasalligi tarqalishini oldini olishda katta axamiyatga ega.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Zoonoz infeksiyalar deganda nimani tushunasiz?
2. Zoonoz kasalliklarga qaysilar kiradi?
3. Bunday kasalliklardan yiroq bo‘lish uchun insonlar oldiga qo‘yiladigan talablar qanday?
4. Kuydirgi kasalligining belgilari qanday?



Download 245 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish