II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni sorashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.
Har qanday mustaqil davlatning belgilari jumlasiga uning timsoliy ramzlari ham kiradi.
Ramzlar- shartli belgilar bo`lib, ular qadim zamonlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini ifodalagan. Ramzlar bevosita xalq, millat hayoti, an'analari, ruhiyati, folklori, tarixi bilan chambarchas bog`liqdir.
O`zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i
O `zbekiston Respublikasining davlat bayrog`i O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o`tkazilgan VII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni tasdiqlangan. Bayroq - davlat suverenitetining ramzlaridan biridir.
Bayroq to`rtta rangdan, 12 yulduz va yarim oydan iborat. Xalq idrokida bu timsollar quyidagicha tushuniladi:
k
Bundan 2500 yil muqaddam Erondan Oltoyga qadar cho`zilgan sarhadlarda hukm surgan qadimgi turk hoqoni O`g`izxon davrida ham turkcha «tamg`a» suzi aynan shu ma'noni bildirar edi.
o`k rang - doim moviy osmonni, oq rang - xalqimizning oq ko`ngilini va uning oq paxtasini, yashil rang - cheksiz yashil dalalarimiz va tabiatimizni, 12 yulduz - O`zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyatlarni bildiradi, yarim oy - yurtimiz Islom Sharqi mamlakati ekanligini bildiradi, bayroqdagi ikki qizil yo`l - mavjud birlik va buzilmas do`stlikka erishish uchun yurtimiz farzandlari qon to`kkanlariga ishora qiladi.
Gerb termini «erbo» so`zidan olingan bo`lib, shohlar va hukmdorlarga davlat, sarhad, hudud va boshqa nasldan naslga meros qoluvchi mulk belgisini anglatadi.
Gerb – bu tamg`a, emblema, meros bo`lib qolgan, bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan belgisi, tamg`asi, nishoni – timsolidir.
O`zbekiston Respublikasining davlat gerbi
O `zbekiston Respublikasining davlat gerbi 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat gerbi dumaloq ko`rinishga ega bo`lib, bu shaklning so`l tomoni rizq-ro`zimiz timsoli - bug`doy boshoqlaridan, o`ng tomoni esa o`zbekning dong`ini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz - chanoqlari ochilgan g`o`za shoxlaridan iborat chambarga o`ralgan, uzoqdagi tog`lar va daryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu O`zbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi. Gerbning yuqori qismida esa O`zbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz, markazida - baxt va erksevarlik ramzi - qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O`zbekiston Respublikasi davlat bayrog`ini ifoda etuvchi chambar tasmasiga “O`zbekiston” deb yozib qo`yilgan.
Madhiya – grekcha “gamn” so`zidan olingan bo`lib, u dasturiy harakterdagi she'rni tantanali qo`shiq qilib tarannum etilishi ma'nosida qo`llaniladi. Madhiyalarning bir necha turlari mavjud. Masalan, davlat, inqilob, harbiy, diniy va hokazo madhiyalar bor. Bularning ichida eng asosiysi davlat madhiyasi hisoblanadi.
Davlat madhiyalari hozirga zamon barcha mustaqil davlatlarida mavjud bo`lib, u davlat bayroq va davlat gerbi bilan bir qatorda davlatning rasmiy tantanavor ramzi bo`lib hisoblanadi.
O`zbekistonning o`z davlat madhiyasi uzoq ijodiy izlanishlar natijasida atoqli shoir Abdulla Oripov tomonidan yozilib, sa'nat arbobi Mutal Burxonov tomonidan kuy bastalandi va 1992 yil 10 dekabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Madhiyamizda o`zbek xalqining shodiyona fikr-o`ylari va his-tuyg`ulari bekamu ko`st o`z ifodasini topgan. 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan «O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to`g`risida»gi qonunga binoan, O`zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi O`zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ko`pchilik huzurida ijro etilgan taqdirda hozir bo`lgan kishilar madhiyani tik turib tinglaydilar.
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan. O`zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi - davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
Davlat madhiyasi musiqasini kompozitor - Mutavakkil Burhonov.
So`zini shoir - Abdulla Oripov
Serquyosh hur o`lkam, elga baxt, najot,
Sen o`zing do`stlarga yo`ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu-fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag`ri keng o`zbekning o`chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo`r qanot!
Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo`l obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar - jon O`zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug` xalq qudrati jo`sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Do'stlaringiz bilan baham: |