Darsning borishi;
I Tashkiliy qisim. Salomlashish, sinf davomatini aniqlash, psixologik muhit yaratish.
II O’tilgan mavzuni so`rash.
O’tilgan mavzuni sorashda foydalanishda interfaol usullar.
III Yangi mavzu bayoni.
O’zbekiston Respublikasi fuqaroligining huquqiy asoslari sifatida, avvalo, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 1992 yil 2 iyul kuni qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining pasport tizimiga oid bir qator farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 20 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to’g’risida”gi Farmoni shular jumlasidandir. Farmonga muvofiq butun respublikamizda 179 nafar fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga O’zbekiston Respublikasi fuqarosi maqomi berilib, davlatimiz fuqarolik pasporti topshirildi.
Davlat fuqarosi ana shu davlatning umumiy ishlarini hal qilishda ishtirok etish va umumiy ne’matlardan foydalanish bo‘yicha alohida huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan kishidir.
O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. 18- modda
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatiladi.
21- modda
«Fuqaro» so‘zi biz uchun yana bir ma’no kasb etadi— bu fikr-o‘ylari va sa’y-harakatlari Vatan ravnaqiga yo‘naltirilgan insondir.
“O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida”gi qonunning 1-moddasiga ko’ra “O’zbekiston Respublikasining fuqaroligi shaxs bilan davlatning doimiy siyosiy-huquqiy aloqasini belgilaydi, bu aloqa ularning o’zaro huquqlari va burchlarida ifodalanadi. O’zbekiston Respublikasida har bir kishi fuqaro bo’lish huquqiga egadir. Hech kim fuqarolikdan yoki fuqarolikni o’zgartirish huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas”, deb belgilangan. SHuningdek, qonunda O’zbekiston Respublikasi o’z hududida va uning tashqarisida o’z fuqarolarining huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilinishi qat’iy belgilab qo’yilgan.
Qonunning 4-moddasiga ko’ra quyidagilar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’ladilar:
1) Kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy holati, irqi va millati, jinsi, ma’lumoti, tili, siyosiy qarashlari, diniy e’tiqodi, mashg’ulotining turi va saviyasidan qat’iy nazar, mazkur Qonun kuchga kirgan vaqtda O’zbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan, boshqa davlatlarning fuqarolari bo’lmagan hamda O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslar;
2) Davlat yo’llanmasi bilan O’zbekiston Respublikasidan tashqarida ishlayotgan, harbiy xizmatni o’tayotgan yoki o’qiyotgan shaxslar, agar ular O’zbekiston Respublikasining hududida tug’ilgan bo’lsalar yoki doimiy yashaganliklarini isbot qilgan bo’lsalar, boshqa davlatlarning fuqarolari bo’lmasalar va ushbu Qonun kuchga kirgan vaqtdan boshlab kechi bilan bir yil ichida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lish istagini bildirgan shaxslar va Qonunga muvofiq O’zbekiston Respublikasi fuqaroligini olgan shaxslar, deya belgilab qo’yilgan.
SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga quyidagicha izoh beriladi: “O’zbekiston Respublikasi hududida yashab turgani holda O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmagan va chet davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlaydigan dalillari bo’lmagan shaxslar fuqaroligi bo’lmagan shaxslar deb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |