1 mavzu Kompyuter qismlari haqida ma‘lumot


boshqarishning relyatsion tizimi



Download 0,86 Mb.
bet28/39
Sana03.06.2022
Hajmi0,86 Mb.
#631241
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
Bog'liq
shaxsiy komp va unda ishlash

boshqarishning relyatsion tizimi deyiladi. Ma‘lumotlarning jadval ko‘rinishida sakdanishiga 
ma’lumotlarning relyatsion modeli deyiladi. Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo‘qligi 
tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit sifatida foydalanish 
mumkin. Yahni ixtiyoriy tuzilishga ega ma‘lumotni ikki o‘lchamli jadval ko‘rinishiga keltirish mumkin. 
Relyatsion tizim sifatida telefon ma‘lumotnomasini tuzish masalasini ko‘rib chiqamiz. Masala, «har bir 
telefon nomeri ko‘rsatilgan abonentning manzili, uning kategoriyasi belgilangan ro‘yxatni tuzing» kabi 
o‘qiladi. Ma‘lumotnoma bir necha turdagi ob‘yektlardan tashkil topgan. Obyekt uchun quyidagi 
ma‘lumotlarni tanlab olamiz: 
Telefon raqami.
♦ Abonent ismi (ismi, sharifi va h.k.). 
♦ Abonent manzili. 
♦ Abonent kategoriyasi (umumiy, shaharlararo aloqasi tahqiqlangan, ...). 
Barcha ma‘lumotlarni matnli deb hisoblaymiz. Bu ma‘lumotlarga quyidagi nomlanish va uzunliklarni 
beramiz:

«Kategoriyalar» atamasi sifatida ikki harfli kodlardan foydalanamiz; UK — umumiy kategoriya, ShT 


— shaharlararo aloqa tahqiklangan kategoriya va hokazo. 
U holda ma‘lumotnomani quyidagi jadval ko‘rinishida tasvirlash mumkin:
Ushbu jadvalni biror fayl (masalan, Te1efon) ko‘rinishida kompyuter diskiga o‘tkazilsa, telefon 
ma‘lumotnomasi — telefonlar ma‘lumot omboriga ega bo‘lamiz (omborni qayta ishlashni avtomatlashtirish 
mumkin bo‘ladi). 
Jadvalda ma‘lumotlarni kodlash. Jadvalning bosh kaliti
Ma‘lumotlar ombori bilan ishlashning xususiyatlaridan yana biri shundaki, jadvaldagi ustunlar va 
satrlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ularni kompyuterga kiritish shuncha qiyinlashadi. Bu muammoni hal qilish 
maqsadida jadval elementlarini jumlalar sifatida emas, jumlalarni ifodalovchi kodlar sifatida kiritish 
mumkin. Masalan, ma‘lumotlar omborida Toshkent traktor zavodida ishlab chiqariladigan mahsulotlarga 
35 talab bor deylik. Bu talablar ma‘lumotlar omboriga turlicha kiritilgan bo‘lsin. Talablarni kiritishda 
zavod nomi turli ko‘rinishda ifodalanishi mumkin. Masalan: «Tosh.trakt.zavodi», «Toshkent trakt.zav.», 
«Tosh.trak.z-di» vahokazo. Ma‘lumotlar omboridan foydalanishda «Toshkent traktor zavodi» deb 
yozsangiz, talablardan birortasini ham topa olmasligingiz mumkin (chunki iboralar aynan bir xil emas).

Bunday hrllarda ma‘lumotlarni kiritish ustunlarida belgi yoki jumlalar o‘rniga kodlar kiritiladi va bir 


vaqtning o‘zida kodlarni ko‘rsatuvchi (izohli) lug‘atlar beriladi (lug‘atlarning ro‘yxati ma‘lumotlarni 
qog‘ozga chiqarishda ilova qilib beriladi). Lugatlar shaklan boshqa jadvallardan farq qilmaydi. Ularda 
nomlanishlarni, Ba‘zi doimiy ob‘yektlar — kattaliklarni berish mumkin (direktor ismi, familiyasi, manzil, 
bank rekvizitlari va boshqalar). Shuningdek, Toshkent traktor zavodini 608 kodi bilan belgilab, talab 
jadvalida bu zavodga tegishli bo‘lgan barcha ustunlarda 608 kodini ishlatishimiz mumkin va talablar 
lug‘ati jadvaliga quyidagi satrni kiritamiz: 
608 — Toshkent traktor zavodi. 
(Agar operator 608 o‘rniga 708 yoki 609 sonini kiritsa, u boshqa nomdagi manzilga tushadi yoki 
hech narsa topa olmasligi mumkin). 
Xuddi yuqoridagi singari «xodimlar» ahvoli va hokazolarni ham kodlash mumkin. Kodlangan 
jadvalni tuzishda «katta hisobchi»ni 08 kodi bilan belgilagan bo‘lsangiz, bu kod yagona bo‘lishi va 
kodlardagi raqamlar soni muayyan qilib belgilab olingan bo‘lishi asosiy shart hisoblanadi. 
Qanday ma‘lumotlar kodlanadi va ularni kodlash qanday bo‘ladi? 
Bu ma‘lumotlarning xususiyatlari ma‘lumotlar ombori yaratuvchisining oldiga qo‘ygan maqsadi va 
uning imkoniyatlariga bog‘liq. 
Juda ko‘p axborotlarda (tashkilotlar, maxsulot turlarini ishlab chiqarish, turli mutaxassisliklar va h.k.) 
davlat klassifikatorlari ishlatiladi va boshqa holatlarda kodlarni ishlatish yaratuvchining xohishiga ko‘ra 
amalga oshiriladi. 
Jadvalda har bir yozuv o‘zining bosh kalitiga ega bo‘lishi va uning qiymati yagona bo‘lishi kerak. 
Masalan, telefon ma‘lumotnomasida telefon nomeri bosh kalit bo‘lib xizmat qiladi. Bosh kalitni, ko‘pincha 
birlamchi kalit deb ham atashadi. 

62 
Bosh kalit ikkita xossaga ega bo‘lishi kerak: 


1. Ustundagi yozuvning yagonaligi. Kalitdagi qiymat o‘zgarmasligi lozim. 
2. Ko‘p ma‘nolikka yo‘l qo‘ymaslik. Ustundagi bkrorta belgini o‘zgartirish mumkin emas, aks holda 
bosh kalit o‘zgaradi, 
«Talabnoma» jadvalidagi talab nomeri bosh kalit bo‘lib xizmat qiladi. Jadvalda talab nomerini 
ko‘rsatadigan ikki va undan ortiq bir xil yozuv bo‘lishi mumkin emas, aks holda jadval ma‘noga ega 
bo‘lmaydi. 
«Xodimlar jadvali»ning bosh kaliti bo‘lib F.I.Sh. (familiyasi, ismi, sharifi) ustuni xizmat qila 
oladimi? Yo‘q, albatta. Chunki bir tashkilotda bir xil familiyali bir nechta kishi ishlashi mumkin. Shu bois, 
bosh kalit sifatida ularning Tabel nomerlarini olish o‘rinli bo‘ladi. Zero, bosh kalit birinchi talabga ko‘ra 
ma‘lumotni topish xarakteriga ega bo‘lishi lozim. Aksariyat hollarda, universal jadvallar bir-biridan bosh 
kalitlariga ko‘ra farq qiladi. 

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish