Gapning bosh bo’laklari uslubiyati Gapda kesim bilan bog’lanib, shu kesimdagi qo’shimchalar ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladigan bosh bo’lak ega deb ataladi. Odam (kim?) ko’p, ish (nima?) kam. Atrof (qayer?) jimjit. Gapda kesim bilan bog’lanib, shu kesimdagi qo’shimchalar ifodalagan shaxs-sonni bildiruvchi va kim? nima? qayer? so’roqlariga javob bo’ladigan bosh bo’lak ega deb ataladi. Odam (kim?) ko’p, ish (nima?) kam. Atrof (qayer?) jimjit. Ega bosh kelishikda bo’lib, odatda, quyidagicha ifodalanadi: Ega bosh kelishikda bo’lib, odatda, quyidagicha ifodalanadi: 1. Ot bilan: Shamol gullar hidini atrofga taratdi. 2. Olmosh bilan: Ular to’garak mashg’ulotlariga muntazam qatnashadilar. 3. Harakat nomi bilan: O’qish tugadi. 4. Otlashgan so’zlar bilan: a) sifat bilan: Oqlar yurishni boshladi. b) son bilan: Uchovimiz dala aylandik. d) sifatdosh bilan: Qimirlagan qir oshar. e) ravish bilan: Ko’plar qatnashdi. f) taqlid so’z bilan: To’plarning gumbur- gumburi eshitildi. g) modal so’zlar bilan: Bor boricha, yo’q holicha. 5. Ibora bilan: Hafsalasi pir bo’lgani sezilib turardi. 5. Ibora bilan: Hafsalasi pir bo’lgani sezilib turardi. 6. Sintaktik birliklar (so’z birikmasi) bilan: Otlarning otxonaga olib o’tilmagani Ziyodullani taajjublantirdi. Ayrim paytlarda teng aloqadagi bir necha so’z ham butunicha yoki bo’lak-bo’lak ravishda ega bo’lib kelishi mumkin: Otam bilan akam bozorga ketishdi. KESIM VA UNING IFODALANISHI Gapning markazini tashkil etib, boshqa bo’laklarni o’z atrofiga birlashtiruvchi, tasdiq-inkor, shaxs-son, zamon va mayl ma’nolarini ifodalovchi bosh bo’lak kesim deb ataladi. Kesim nima qildi? nima qiladi? singari so’roqlarga javob bo’ladi. Safarov aytgan gaplarni hammamiz tushundik. Havo mayin osmon tip-tiniq. Gapning markazini tashkil etib, boshqa bo’laklarni o’z atrofiga birlashtiruvchi, tasdiq-inkor, shaxs-son, zamon va mayl ma’nolarini ifodalovchi bosh bo’lak kesim deb ataladi. Kesim nima qildi? nima qiladi? singari so’roqlarga javob bo’ladi. Safarov aytgan gaplarni hammamiz tushundik. Havo mayin osmon tip-tiniq. Kesim gapning mazmuniy markazini tashkil etganligi uchun boshqa bo’laklar qatnashmasdan ham kesim orqali gap hosil qilish mumkin: Kelyapti. Boramiz.
Kesimlar qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga qarab 2 xil bo’ladi:
1. Fe’l-kesim quyidagicha ifodalanadi:
1) sof fe’l bilan: Karimjon maktabdan keldi.
2) ravishdosh bilan: Bolta tushguncha, to’nka dam oladi.
2. Ot-kesim quyidagicha ifodalanadi:
1) bosh, jo’nalish, o’rin-payt, chiqish kelishigidagi otlar bilan: O’zbekistonning poytaxti – Toshkent. Bu sovg’a ukamga. Uyning kaliti onamda. Bularning hammasi sevinchdan.
2) sifat bilan: Shahar go’zal.
3) olmosh bilan: Bu narsa o’z-o’zimniki.
4) otlashgan son bilan: O’nning yarmi besh.
5) ravish bilan: Dangasaning vaji ko’p.
6) undov so’z bilan: Buyruqni bajarmaganning holi voy.
7) modal so’z bilan: Uning ezgu niyatlari bor.
8) sifatdosh bilan: Yigit kishining uyalgani – singani
9) harakat nomi bilan: Vazifamiz –a’lo o’qish
KESIMLAR TUZILISHIGA KO’RA 2 TURGA BO’LINADI:
1. SODDA KESIM bir so’zdan iborat bo’ladi:
1) sodda fe’l-kesim: Men keldim.
2) murakkab ot-kesim: Uyat o’limdan qattiq.
2. MURAKKAB KESIM:
1) murakkab fe’l-kesim: Odamlar tarqala boshladi. U kelgan edi.
2) murakkab ot-kesim: Uzoqda ko’ringan sharpa bir zumda yo’q bo’ldi. Yangi uyga ko’chish kerak.
Berilgan matndagi ega va kesimlarni aniqlang.
O'G'LIM, SENGA AYTAMAN
O'g'lonim, baxt va baxtiyorlikning soni ming bitta. Uning tusi ham turfa va sonsizdir. Darvoqe, baxtiyorlikning o'zi nima? Uning eng sodda ta'rifi-qoniqish. Senga taalluqli bo'lgan insonlar, muhit va ishlaringdan ko'ngling to'lishidir, ammo bu dunyoning hisob-kitobi juda qattiq; bermaguningcha, ololmaysan! Har bir inson— iqlim yaratuvchi manba, nur uzatsang, atrofing chaman bo'ladi, muzlab tursang, bahorni ham qishga aylantirasan. Demakki, baxtiyor bo'lish uchun, avvalo, o'zingni unga munosib ayla. Boshqacha qilib aytganda, baxt senga tuhfa qilib berilmaydi, sen yo'l topib uning qoshiga o'zing borasan. O'g'lon bolam, biz senga shu yo'lingda ko'makchi bo'laylik.
(T. Sodiqova)
Do'stlaringiz bilan baham: |