1 mavzu Kompyuter qismlari haqida ma‘lumot



Download 0,86 Mb.
bet1/39
Sana03.06.2022
Hajmi0,86 Mb.
#631241
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
shaxsiy komp va unda ishlash


1 mavzu
Kompyuter qismlari haqida ma‘lumot
Komyuter qismlari 
Agar Siz stolusti kompyuteridan foydalansangiz, unda Siz u yerdagi hech bir alohida qismni "kompyuter" deb atab bo‘lmasligini bilsangiz kerak. Haqiqattan ham, kompyuter – bu ko‘plab birga ishlaydigan qismlar tizimidir. Ko‘rish va ushlash mumkin bo‘lgan fizik qismlari texnik ta’minot deb ataladi. (Boshqa tomondan, Dasturiy ta’minot texnik ta’minotga nima qilish kerakligini aytadigan yo‘l-yo‘riqlar yoki dasturlarni o‘zida mujassam qiladi.) Quyida stolusti kompyuteri tizimining asosiy qurilmalari ko'rsatilgan. Sizning tizimingiz bir oz boshqacha bo'lishi mumkin, lekin unda ushbu qismlarning ko'pchiligi mavjud. 
Noutbuk kompyuterlari ham bir xil qismlarga ega, lekin ular kitob ko'rinishidagi kichkina qutiga joylashtirilgan. 


Stolusti kompyuteri tizimi 
Keling, uning har bir qismini ko‘rib chiqamiz. 
Tizimli blok
Tizimli blok- bu kompyuter tizimining asosi hisoblanadi. Odatda, bu to‘rtburchak korpus, stol ustiga yoki tagiga joylashtiriladi. Korpus ichida ko‘plab ma’lumotlarni qayta ishlovchi elektron qismlar joylashgan. Ushbu tarkibiy qismlarning eng asosiysi --kompyuterning "miyasi" vazifasini bajaruvchi Markaziy protsessor (CPU) yoki mikroprotsessor hisoblanadi. Keyingi tarkibiy qism operativ xotira (RAM) hisoblanadi va u kompyuter yoqilgan vaqtda protsessorda ishlatiladigan ma’lumotlarni vaqtincha saqlanadi. Kompyuter o‘chirilgandan so‘ng operativ xotirada saqlanilayotgan ma’lumotlar o‘chib ketadi. Kompyuterning deyarli boshqa barcha qismlari kabellar orqali tizimli blokka ulanadi. Kabellar, odatda tizimli blokning orqa tomonida joylashgan, maxsus portlar (yoriqlar)ga ulanadi. Tizimli blokning tarkibiga kirmaydigan qism, uskunani, ba’zan tashqi qurilma yoki qurilma deb ataladi. 
Saqlash ombori 
Kompyuterda bir yoki bir nechta disk jamlovchilarimavjud, ular ma'lumotlarni metal yoki plastmassa disklarda saqlaydigan qurilmalar. Xattoki, kompyuter o‘chirilganda ham disklardagi ma’lumotlar saqlanib qoladi. 
Qattiq disk 
Kompyuterning qattiq disk jamlovchisi ma'lumotlarni qattiq diskda saqlaydi—u mahkamlangan yoki magnit yuzaga ega platterlar majmuidan tashkil topadi. Qattiq disklar katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlay olishi tufayli, odatda ular barcha fayllar va dasturlarni o‘z ichiga oluvchi asosiy saqlash vositasi sifatida xizmat qiladi. Odatda qattiq disk tizim blokining ichida joylashgan bo‘ladi. 
DVD va CD diskovodlari
Hozirgi paytda deyarli barcha kompyuterlar, odatda tizim blokining old qismida joylashgan CD va DVD diskovodlari bilan jihozlangan. CD diskovodlar CD-disklardan ma'lumotlarni o'qish uchunlazerlardan foydalanadi; ko'pgina CD diskovodlar CDlarga ma'lumotlarni yozishi (qayd qilishi) mumkin. Agar diskovod yozuvchi bo‘lsa, u holda fayl nusxalarini toza kompakt-disklarga yozish mumkin. Kompyuterda diskovodni musiqa kompakt-disklarini qo‘yish uchun ishlatish ham mumkin. DVD diskovodlari CD diskovodlari qila oladigan hamma narsani bajaradi va qo‘shimcha tarzda DVD-disklarni ham o‘qiydi. DVD diskovodi yordamida kompyuterda filmlarni ko‘rish mumkin. DVD diskovodlarning ko‘pchiligi ma’lumotlarni bo‘sh DVD-disklarga yoza oladi. 
Maslahat 
● CD yoki DVD disklarning yozuvchi diskovodi borligidan foydalanib, vaqti-vaqti bilan muhim fayllarni CD yoki DVD diskka saqlab boring (nusxalang). Shunda agar qattiq disk ishdan chiqsa, ma’lumotlarni yo‘qotmaysiz. 
Egiluvchan disklar diskovodi 
Egiluvchan disklar diskovodi ma’lumotlarni Egiluvchan disklar (ba’zan floppilar yoki disketalar deb ataluvchi qurilma) da saqlaydi. Kompakt-disk va DVDlar bilan solishtirilganda, egiluvchan disklarda uncha katta bo‘lmagan hajmdagi ma’lumotlarnigina saqlash mumkin. Bundan tashqari, ma’lumotlar sekin o‘qiladi va buzilishga ko‘proq duch keladi. Shu sababli egiluvchan disklar diskovodi oldingidek ommabop emas, biroq ayrim kompyuterlarda ular hamon o‘rnatilgan. Nima uchun ular "egiluvchan" deb nomlanadi? Ularning tashqi korpusi qattiq plastmassadan yasalgan, lekin u faqatgina qoplama. Ichkaridagi disk yupqa egiluvchan vanil materialdan tayyorlangan.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish