25- ma’ruza. YiRIKLASHTIRISHDAVA Briketlashda qo’llaniladigan asosiy dastgohlar
Briketlash, termokimyo, mustahkamlik, g’ovaklik, qovushtiruvchilar, chiqindi.
Ruda va boyitmalarni briketlash termokimyoviy jarayon bo’lib, eritishga beriladigan shixtani bo’laklashdan iboratdir. Odatda, bu ruda va shixta tarkibiga birikmalardan tashqari metallurgik korxonalar chiqindisi hamda flyuslar yig’indisi kiradi.
Briketlash – shixtani maxsus shaklga joylashtirib, uni presslash, hamda ma’lum darajada issiqlik berish natijasida amalga oshiriladi. Issiqlik berish natijasida hosil bo’lgan briketlar tarkibidagi unsur elementlar (S, P, As) dan tozalanadi. Olingan briketlarning fizik-kimyoviy xususiyatlariga quyidagi texnologik talablar qo’yiladi.
1-rasm. Ikki tomondan presslovchi briketlanish sxemasi
I-VI – sikldagi ketma-ketlik,
1- tepadan shtamp, 2- pastdan shtamp, 3- manba
Briketlar:
mustahkam bo’lishi kerak - mustahkamlik darajasi yuqori haroratda ham (500o - 800oC da ham) o’z mustahkamligini saqlay bilishi kerak;
suv, tashqari havo va qizdirilgan bug’ ta’siriga chidamli bo’lishi kerak;
yetarli darajada g’ovakli bo’lishi kerak.
Turli materiallarda g’ovaklik turlicha bo’ladi, g’ovaklik darajasi 5-15% gacha bo’lishi kerak.
Briketlash mayda zarrachalarni zichlash jarayoni bo’lib, u bir qator texnologik jarayonlardan iborat va o’z navbatida bir necha sinflarga bo’linadi.
Buni quyidagi sxemada ko’rsatish mumkin (10-rasm.).
BRIKETLASH
Qovushtiruvchi qo’shib
Qovushtiruvchi qo’shmasdan
Keyinchalik siqmasdan
Organik
qovushtiruvchilar
Presslash orqali
Noorganik
qovushtiruvchi
2-rasm. Briketlash sxemasi
Ruda va birikmalarni briketlashda ikkita usul qo’llanilib, bularga 1) qovushtiruvchilar qo’shmasdan 2) qovushtiruvchilar qo’shib briketlash kiradi.
Bu ikkala usul ham bitta hisoblanib, ya’ni shixtaga mayinlik xususiyatini berish va o’z navbatida berilgan shaklni saqlashdir.
Shaklning saqlanib qolishi ma’lum muddatli bo’lib, shixta tarkibidagi zarralarning bir-biri bilan mexanik jipslashishiga bog’liqdir. Shixtaning plastik xususiyatini tuproq, CaO va noruda elementlar belgilab beradi. Briketlashning asosida nam shixta komponentlarining, ma’lum shaklda ma’lum kuch ostida kuch berish natijasida zarralarning mexanik birikishi yotadi. Hosil bo’lgan briketlarning mustahkamlik darajasi quritilganda 98,7 -147,1 n/sm, kuydirilgandan keyingisi 147,4 n/sm.
Odatda, briketlashning kuydirish harorati turlicha bo’ladi. Bunga sabab, briketlanadigan material va uning xususiyatidir. Masalan: gematit va magnetit Fe rudalari uchun kuydirish jarayonining vaqti 40-60 min bo’lib, buning natijasida ruda tarkibidagi 98% oltingugurtdan tozalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |