ONG PSIXOLOGIYASI
Ong—voqelikni aks ettirishning yuqori darajasi bo‘lib, u shaxsning tevarak- atrofdagi narsalarni, xozirgi va o‘tmish davrni yaxshi bilishi, qarorlar qabul qilish va vaziyatga qarab o‘z xatti-xarakatini boshqarish qobiliyati bilan namoyon bo‘ladi.
Inson ongi faqat ob’ektiv olamni aks ettiribgina qolmay, shu bilan birga uni yaratadi, o‘zgartiradi ham, mabodo tevarak-atrofdagi sharoit kishilar extiyojini qondirmasa, kishilar bu sharoitni o‘zgartiradilar. Ong bilishning barcha shakllari va insonning kechinmalari xamda o‘zi aks etgirgan narsaga bo‘lgan munosabatlarning yig‘indisidan iboratdir. Inson tug‘ilganda ongi bo‘lmaydi, ammo u o‘z psixikasining individual xususiyatlariga ega bo‘ladi. Boshqa odamlar bilan aloqa va faoliyat jarayonida uning psixikasi taraqqiy topadi va ongi shakllanadi. Insondagi barcha ruxiy xodisalar onglidir, zotan uni ong namoyon etadi, lekin ularning xammasi ham bir xil darajada ongli bo‘lolmaydi. Ongning taraqqiy etishida mehnat xal qiluvchi rolь o‘ynaydi. Mehnat inson va tabiat orasidagi ta’sirning aloxida ko‘rinishi bo‘lib, undan inson ongli ravishda qo‘ygan maksadini amalga oshiradi.
Mehnat faoliyati - insonning xayvonlarga xos tabiatga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. Ongning turli xususiyatlari ichida uning mo‘ljal olish (joyda, vaktda, tevarak-atrofdagi sharoitda) xususiyati muxim rolь uynaydi.
Odam o‘zini o‘rab olgan olamni ham, o‘zini xam anglash qobiliyatiga egadir. Bu o‘z-o‘zini anglash, odamning o‘z tanasini, fikrlarini, xarakterini, xis- tuyg‘ularini, ijtimoiy ishlab chiqarish soxasidagi o‘z mavqeini anglash deyiladi.
Ongning fiziologik mexanizmi xaqida gapirib I. P. Pavlov shunday degan edi: ong bosh miya katga yarim sharlari muayyan sohasining ma’lum optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismining xozirgi paytdagi va xozirgi sharoitdagi nerv faoliyatidir.
SHartli reflekslardan farqli o‘laroq, shartsiz reflekslar tug‘ma reflekslardir. Ular faqat maxsus faoliyatga taalluqli bo‘lgan ta’sirlar sababli paydo bo‘ladi. Masalan, og‘riq, harorat, taktil va boshqa ta’sirlarga javob reaksiyalari. SHartsiz reflekslar hayotiy muhim biologik ehtiyojlarga bog‘liq bo‘lib, doimiy reflektor yoylar orqali amalga oshiriladi. Ular tashqi muhitning organizmga bo‘lgan ta’sir mexanizmlarini muvofiqlashtirib turadi.
Oliy nerv tizimi bosh miya katta yarim sharlarining shartli reflektor faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, organizmning tashqi muhitga bo‘lgan munosabatini belgilab beradi va xulq-atvorning asosini tashkil qiladi.
Oddiy (quyi) nerv esa miya ustuni va orqa miyaga bilan bog‘liq bo‘lib, shartsiz reflektor faoliyatiga asoslangan. SHunday qilib, sezgi, idrok, fikr, xotira, tafakkur - ruhiy jarayonlar bo‘lib, bosh miya faoliyati bilan chambarchas bog‘liq, Ruhiy jarayon markaziy asab tizimining barcha a’zolari vositasida amalga oshiriladi Bu jarayon ichki va tashqi ta’sirlarni qabul qilib, signallarga aylantirish, signallarni analiz qilish va javob reaksiyasini tayyorlashdan iborat.
Eksperimental tadqiqotlar natijasida miyada qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonining buzilishi nevrozga olib kelishi isbotlandi. Bu psixologiya fani uchun o‘ta muhim bo‘lgan ta’limotdir. Vaholanki, hissiy zo‘riqishlarda paydo bo‘ladigan miyadagi kuchli qo‘zg‘alish yoki keragidan ortiqcha tormozlanish jarayonlari nevrozga olib kelishi keyinchalik ham olimlar ishida o‘z aksini topdi.
P.K. Anoxin (1898-1974) oliy nerv sistemasida shartli reflektor faoliyatida birin-ketin keladigan 4 bosqichdan iboratligini ko‘rsatib berdi. Buni u teskari afferentatsiya deb atadi, ya’ni refleks bajarilganidan so‘ng markazga uning bajarilganligi yoki ushlanib qolinganligi haqida ma’lumot kelib tushadi va u xotirada saqlanib qoladi. Bu mexanizm quyidagicha amalga oshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |