1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri. Reja


-mavzu. O’zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston



Download 181,33 Kb.
bet15/16
Sana05.04.2023
Hajmi181,33 Kb.
#924925
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsi

14-mavzu. O’zbekiston tarkibidagi suveren Qoraqalpog‘iston


Reja:
1. O’zbekiston Respublikasining tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat Suvereniteti haqqida Deklaratsiyaning qabo’l qilinishi.
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat ramzlarining qabo’l qilinishi.
3. Mustaqillik yillari Qoraqalpog‘istonda xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’zgarishlar.
Аdabiyotlar:
1.Қарақалпақстан Республикасының Конституциясы Н. 2014
2.Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. Т. «Ўзбекистон», 2017.
3.Джумашев А., Нуржанов С., Уразова Л., Таджиева Р. Қарақалпақстан тарийхы (1991-2015-жыллар) Н. 2018.
4.Қарақалпақстанның жаңа тарийхы Н. 2003
5.Камалов С. Қарақалпақлардың халық болып қәлиплесиўи ҳәм оның мәмлекетлигиниң тарийхынан Н. 2001
6.Кощанов Б.А.,Аметов Т.А. Очерки новейшей истории Республики Каракалпакстан Н. 2015
7.Кощанов Б.А., Аметов Т.А., Генжемуратов Я.Б., Кощанова С.Б. Очерки зарубежной историографии новейшей истории республики Каракалпакстан. Н. 2016
8.Ниетуллаев С.Д. Государственное строительство в республике Каракалпакстан Н. 1993
9.Ниетуллаев С.Д. Қарақалпақстан республикасы жана конституциясының хуқықый тийкарлары ҳәм оның мәмлекетлик қурылысының айырым мәселелери Н. 1994
10.Юсупбаев К. Қорақалпоғистоннинг аграр секторида иқтисодий ислоҳотларни амалга ошириш хусусиятлари Т. 2001
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari tarixida yangi davrni boshlab berdi. Suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi mustaqil O‘zbekistonning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Uning ma’muriy markazi Nukus shahri hisoblanadi.
XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillarning boshlarida yuzaga kelgan og‘ir iqtisodiy vaziyat, uzoq yillar davomida yig‘ilib qolgan siyosiy va ijtimoiy-madaniy xarakterdagi muammolar qoraqalpoq jamiyatining rivojlanishida ham salbiy iz qoldirdi. Uzoq davom etgan bahslashuvlar natijasida respublika jamoatchiligi tomonidan O‘zbekiston tarkibidagi Qoraqalpog‘istonning davlat suverenitetiga intilishi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar bayon qilindi. 1990 yil 14 dekabrda Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan QQASSR Jo‘qorg‘i Sovetining IV sessiyasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat suvereniteti to‘g‘risidagi Deklaratsiya» qabo’l qilindi.
Juda muhim hisoblangan ushbu qonunchilik tamoyili 1992 yil 8 dekabrda qabo’l qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (70-75-moddalar) qonuniy mustahkamlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun boshqa bir qancha imtiyozlar belgilab qo‘yilgan. Misol uchun, Oliy Majlis va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan bir qatorda Qonunchilik tashabbusi huquqi o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasiga ham berilgan (83-modda); Oliy Majlis Senati Raisining o‘rinbosarlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakili bo‘ladi (86-modda); Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi (98-modda); O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi (115-modda);
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilab qo‘yilganidek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Sovetining XII sessiyasida qabo’l qilingan o‘z Konstitutsiyasiga egadir (71-modda).
Oliy davlat vakillik organi Respublika Jo‘qorg‘i Kengesi bo‘lib, u qonuniy hokimiyatni amalga oshiradi. Oliy ijroiya – taqsimlovchi davlat hokimiyati organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Respublikada sud hokimiyati – qonunchilik va ijroiya hokimiyati, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil tarzda faoliyat yuritadi.
Mustaqillik davrining yana bir farqli jihati Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat ramzlari: bayroq, gerb va madhiyaning qabo’l qilinishidir. 1992 yil 14 dekabrda bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Sovetining XI sessiyasida davlat bayrog‘i tasdiqlandi. 1993 yil 9 aprelda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Sovetining XII sessiyasida davlat gerbi va 1993 yil 24 dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Sovetining XIV sessiyasida I.Yusupov so‘zi hamda N.Muxameddinov musiqasiga bastalangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyasi qabo’l kilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Sovetining 1993 yili qabo’l qilingan «Qoraqalpog‘iston Respublikasini 1993-2000 yillarda hamda 2005 yilgacha bo‘lgan davrlarda iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari» to‘g‘risidagi qarori respublikani nafaqat ijtimoiy jabhada balki sanoat tarkibini o‘zgartirish borasida, Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning oldingi qatorga chiqishda asosiy dastur vazifasini o‘tadi.
«Asosiy yo‘nalishlarga...» muvofiq, asosiy e’tibor eksportga yo‘naltirilgan tovar va mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yuksak texnologiyali korxonalarni tashkil qilishga qaratish belgilangan. Bu yo‘nalishda amalga oshirilgan ilk tajribalardan biri Nukus shahridagi to‘qimachilik kombinatining qurilishi bo‘ldi. Loyihaga ko‘ra, majmua ishlab chiqarishning yopiq sikli va butun texnologik zanjirni, ya’ni xom ashyoni ishlab chiqarishdan to tayyor mahsulotni ishlab chiqarishni o‘zida namoyon qilardi. Ob’ektning qurilishi 12,5 mln. AQSh dollariga baholangan edi. Nukus shahridagi to‘qimachilik majmuasining qurilishi qisqa muddatlarda amalga oshirildi va 1993 yilning 15 may kuni uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu korxona «Paxta dalasi – jahon standartlariga mos tayyor mahsulot» prinsipiga asosan ishlovchi nafaqat Qoraqalpog‘istondagi, balki O‘zbekistondagi ilk to‘qimachilik majmuasi bo‘ldi. Biroq, kelgusida kredit qarzlarining oshishi oqibatida «Kateks» AJ 2005 yilning noyabr oyidan e’tiboran ishlab chiqarishni to‘xtatishga majbur bo‘ldi. 2008 y. «Kateks»ni asosiy kreditorga – O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy Bankining Qoraqalpog‘iston Bo‘limiga o‘tkazilib, bugungi kunda yangi «Nukus tekstile» JChJ shaklida faoliyat yuritmoqda.
Qoraqalpog‘iston to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning navbatdagi bosqichi 1994 yilning 21 noyabrida Bo‘ston shahrida qurilgan «Elteks» majmuasining ochilishi bo‘ldi. 1993-1994 yillarda Nukus shahridagi «Kateks» va Bo‘ston shahridagi «Elteks» to‘qimachilik majmualarining ishga tushirilishi Qoraqalpog‘istonning industrial yangilash tarixida burilish davri bo‘ldi.
Respublika sanoatini tarkibiy qayta qurish davlat dasturiga ko‘ra, o‘sha davrda yangi mahsulot ishlab chiqarish shakllantira borildi. Masalan, quvvati sutkasiga 130 tonna ishlab chiqaruvchi Qo‘ng‘irot un kombinati, non ishlab chiqarish punkti va texnik tuzni ishlab chiqarish sexi shular jumlasidandir. To‘rtko‘lda sabzavot mahsulotlarini konserva qilish zavodi ishga tushirildi. 1994 yili, bugungi kungacha ishlab chiqarish hajmi va assortimentini kengaytirgan «Kabel» aksionerlik jamiyati tuzildi. Uning mahsulot ishlab chiqarishi nemis firmasi «SKET Shvermashinenbau» (g. Magdeburg) uskunalari asosida amalga oshirilgan.
Qurilish industriyasi jadal kengaydiki, uning yutuqlarini respublikaning butun iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy o‘lchovlari muvofiqlashgan markazi – Nukus shahrining rivojlanishiga qarab baholashimiz mumkin. Mustaqil rivojlanishning ilk yillarida Berdaq nomidagi muzey, I.V.Saviskiy nomidagi muzeyning yangi binosi, tennis korti, Nukus birlashgan aeroportining yangi ma’muriy binosi va «Xotira maydoni» qurildi. Respublika olimlari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpoq bo‘limining asosiy korpusi o‘z tasarrufiga oldilar. Asosiy korpus oldida Markaziy osiyolik buyuk olim Mirzo Ulug‘bekning haykali o‘rnatildi, yuzlab boshqa tashkilotlarning yangi binolari qurildi.
Poytaxt markazidagi Amfiteatrning qurilishi va rekonstruksiyasi quruvchilarning katta yutug‘i hisoblanadi. Ushbu maskanda «Mustaqillik», «Navro‘z» va boshqa bayramlar nishonlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yangi binosi, Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali, olimpiya zahiralari kolleji, o‘nlagan umumta’lim va maktabgacha ta’lim maktablari, litsey va kollejlar, bolalar sport majmualari, bolalar musiqa va san’at maktablari – bo’larning bari Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlarning mahsulidir.
Milliy avtomagistral qurilishi sohasidagi asosiy voqealardan biri Nukus yo‘lidagi chorraha va ko‘prikning qurilishi, Qo‘ng‘irot avtomobil trassasi, Amudaryo orqali Nukusni Xo‘jayli bilan bog‘laydigan ko‘prik shular jumlasidandir. Natijada aholining vaqti, yoqilg‘i moylash materiallari iqtisod qilindi, yo‘l masofasi qisqardi. Mustaqil O‘zbekistonning transport qurilishidagi yana bir yirik yutug‘i bu O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrigacha bo‘lgan yo‘lni ancha qisqartirgan Buxoro – Miskin – Nukus oralig‘idagi yangi temir yo‘l liniyasining ishga tushirilishi bo‘ldi. Temir yo‘lining qurilishi respublika ichkarisi transport tizimi va qo‘shni davlatlarga chiqish zarurati bilan amalga oshirilgan edi.
«Zarubejneftegaz»ning ilk investitsiya loyihasi Ustyurtda joylashgan «Shaxpaxti» konining qayta ishlanishi bo‘ldi. Loyihada «O‘zbekneftegaz» Milliy xolding kompaniyasi va Yopiq aksiyadorlik jamiyati (ZAO) tarkibida konsorsium namoyish qiladigan investor «Zarubejneftegaz» (Rossiya) va «Gas project development Central Asia» (Shveysariya) ishtirok etdilar.
Respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilishning boshqa shakli sifatida Chimboy shahrida tashkil qilingan «Lanextrakt» qo‘shma korxonasini keltirish mumkin. U Xitoyning «Luoyang Landing» va O‘zbekistonning «Maksmart» kompaniyalari tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, uning quvvati yiliga 1000 tonna lakritsa ishlab chiqishga mo‘ljallangan.
Birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qiluvchi asosiy horijiy hamkorlar Rossiya, Litva, AQSh, Irlandiya, Germaniya, Turkiya, Italiya, Luksemburg, Eron, Bangladesh, Avstriya, Lixtenshteyn davlati va boshqal’ar hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi atrof muhitni himoya qilish Davlat qo‘mitasi tashabbusi va respublika Vazirlar Kengashi qo‘llab quvvatlashi natijasida 2005-2012 yillarda muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar tizimini mustahkamlash va himoya qilish loyihasi amalga oshirildi. Ushbu loyiha asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Quyi Amudaryo biosferasi rezervatini tashkil qilish to‘g‘risida»gi qarori qabo’l qilindi. Mazkur davlat biosfera rezervati Beruniy va Amudaryo tumanlari hududida umumiy 68717,8 ga maydonda tashkil qilindi. U Amudaryo deltasidagi to‘qay o‘rmonlari tabiiy resurslaridan samarali foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlashga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlari hududida mamlakatda ilk bora umumiy maydoni 628300 ga bo‘lgan kompleks (landshaftli) «Sayg‘oqli» qo‘riqxonasi tashkil qilindi. Ushbu choralar sayg‘oq, boshqa noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonot hamda nabobot turlarining sonini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Orolbo‘yi ekologik xavfsizligi masalasi O‘zbekiston hukumati kun tartibidan tushmay kelayotir. 1992 yil 11 aprelda bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari VIII sessiyasi «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududini ekologik faloqat zonasi deb tan olish to‘g‘risida»gi qarorni qabo’l qildi. Bunda qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga «O‘zbekiston Respublikasining Orolbo‘yi hududida ekologik faloqat zonasi maqomi to‘g‘risida»gi va «Janubiy Orolbo‘yida ekologik faloqat ta’siriga uchragan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun loyihalari ilgari surildi.
2015 yilning avgust oyida mamlakat hukumati qarori bilan Orol fojeasi oqibatlarini yengillatish, Orolbo‘yi mintaqasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks dastur choralari qabo’l qilindi. Hukumat dasturi doirasida 53056 ga maydonga Orol dengizining qurigan yuzasidan atmosfera havosiga chiqayotgan tuzli va changli zarralarni qisqartirishga imkon beruvchi o‘rmonzorlar barpo qilindi.
Bir paytlari odamlar ongida og‘ir ekologik zona deya tasavvur uyg‘otadigan Qoraqalpog‘iston hududi mana endi yirik sanoat korxonalari joylashgan, dunyoga boy madaniy, tarixiy meroslari bilan tanilayotgan hudud sifatida e’tirof etilmoqda.
Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida oxirgi yillarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlariga erishilmoqda.
Xususan, so‘nggi yillarda yalpi hududiy mahsulotning o‘sish sur’atlari o‘rta hisobda 10% ni tashkil qilib, 2018 yil yakuni bo‘yicha 1991 yilga nisbatan 4,5 marotaba ortdi. Shu jumladan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 7,5 marta, iste’mol tovarlari 10,1 marta, investitsiyalar hajmi 4,7 marta, qurilish ishlari 7,8 marta, ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 28,5 marta ortdi.
Sanoat sohasida 1991-2018 yillarda yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 12,7 foizdan - 31,3 foizgacha o‘sdi.
Sanoat sohasida erishilgan yutuqlar misolida Mustaqillik yillarida yurtimizda, bepoyon Ustyurt kengliklarida ishga tushirilgan yiliga 100 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan «Qo‘ng‘irot soda zavodi» unitar korxonasini ko‘rish mumkin. Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan ushbu korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat mamlakatimiz kimyo va neft sanoati korxonalariga yetkazib berilmoqda, balki Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlariga, jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston hamda Turkmanistonga eksport qilinmoqda.
Shuningdek, dunyodagi neft va gaz sanoatidagi eng yirik korxonalardan biri Qoraqalpog‘istonda «Ustyurt gaz-kimyo majmuasi»ning («UZ-KOR GAZ CHEMICAL» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi) faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qoraqalpog‘istonda yengil sanoat sohasini isloh qilish borasida bir nechta yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi. Misol uchun, Amudaryo tumanidagi «Amudaryo tekstil» korxonasi yiliga 8,0 ming tonna ip-qal’ava, Beruniy tumanidagi "Astera tekstil" korxonasi yiliga 5,2 ming tonna ip-qal’ava, Ellikqal’a tumanidagi «Bo‘ston mega tekstil» korxonasi yiliga 5 ming tonna ip-qal’ava, 10 mln. kv jinsi matosi, Xo‘jayli tumanidagi «Elit star tekstil» korxonasi yiliga 5,0 ming tonna ip-qal’ava, Nukus shahridagi «Nukus tekstil» korxonasi yiliga 2,1 ming tonna ip-qal’ava, Qonliko‘l tumanida «Kanteks invest» korxonasi yiliga 8 ming tonna ip-qal’ava ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonalar ishga tushirildi. 2019 yili yana bir zamonaviy sanoat korxonasi – 350 xotin-qizni ish bilan ta’minlagan «Mo‘ynoq tekstil» OAJ o‘z faoliyatini boshladi.
2017 yili davlat rahbari Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun nihoyatda muhim bo‘lgan dastur qabo’l qilindi. O‘zbekiston respublikasi Prezidenti o‘zining Qoraqalpog‘istonga qilgan ilk tashrifini 2017 yilning 20-21 yanvar kunlari amalga oshirdi. Mintaqada bo‘lar ekan, Sh.Mirziyoev agrosanoat kompleksini borib ko‘rdi. Bu yerda u paxta dalalarini qisqartirishni va qoramolchilikni rivojlantirishga ko‘rsatma berdi. «Biz har bir tuman va shaharni, hatto olis qishloq va ovullarni ham borib ko‘ramiz», – dedi Prezident, mintaqadagi qiyin ekologik vaziyatni baholab. Shu bilan bir qatorda, Orolbo‘yi aholisiga har tomonlama yordam ko‘rsatish, jumladan, ichimlik suvi va sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
2017 yilning 17 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi turmush darajasini yanada yuksaltirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori qabo’l qilindi. Ushbu dastur respublikani oddiy agrar mintaqadan zamonaviy ishlab chiqarishga ega, ijtimoiy va iqtisodiy infrastrukturali, transport va kommunikatsiya aloqal’ariga ega hamda yuksak malakali personalga ega kuchli mintaqaga aylantirishni ko‘zda tutadi.
Orol fojiasi nafaqat Qoraqalpog‘iston aholisi uchun balki Markaziy Osiyo hududida yashovchi barcha xalqlar uchun katta muammoligicha qolmoqda. 2017 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zga chiqib, aytdiki: «O‘zbekiston BMT hududiy markazining preventiv diplomatiyasiga ko‘ra, ishlab chiqilgan Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzasidagi suv zaxiralaridan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiyani qo‘llab-quvvatlaydi... Sizning diqqatingizni zamonamizdagi eng o‘tkir ekologik muammolardan biri hisoblangan – Orol fojeasiga yana bir bor qaratmoqchiman. Dengiz qurishining oqibatlarini bartaraf qilish bugungi kunda xalqaro hamjihatlikni talab qilmoqda. Biz bu yili BMT maxsus Dasturi doirasida «Orol inqirozidan jabrlangan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish dasturi»ni to‘liq hajmda amalga oshirishga chaqiramiz».
2018 yilning noyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi M.Yerniyazov Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan BMT konferensiyasida oliy minbarda turib, donor davlatlar va tashkilotlar rahbarlarining e’tiborini Orol muammosiga qaratdi.
Orol ekologik fojeasi epitsentrida joylashgan eng shimoliy tuman hisoblangan Mo‘ynoqqa alohida e’tibor beriladi. Bu yo‘nalishdagi muhim dasturiy xujjat bo‘lib davlatimizning rahbari tomonidan 2017 yil 28 fevralda qabo’l qilingan «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va 2017-2018 yillarda aholi bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori hisoblanadi. Mazkur xujjat asosida tumanda to‘qimachilik sanoati, tayyor trikotaj mahsulotlari, tomchilab sug‘orish uskunalarini, suv nasoslari, plastmassa quvurlari, elektrotexnika va farmasevtika mahsulotlari, baliqchilikni rivojlantirish va baliq mahsulotlarini yetishtirish, farmasevtika uchun polufabrikat ishlab chiqarishni kengaytirish, xom ashyo bazasini mustahkamlash, turizmni rivojlantirish kabi loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Davlatimiz boshlig‘i rahbarligida Mo‘ynoq O‘zbekistonning eng yirik sanoat shaharlaridan biri bo‘lish imkoniyati mavjud. Tumanda katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Prezident Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq 2019 yil 16 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasining «Mo‘ynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 37-sonli qarori qabo’l qilindi.
Qarorga ko‘ra, Mo‘ynoq tumanida 2019-2021 yillarda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida keng investitsion loyihalar amalga oshiriladi. O‘tgan qisqa vaqt ichida bir nechta ob’ektlar foydalanishga topshirildi. Misol uchun, 800 o‘rinlik Amfiteatr (5,0 mlrd. so‘m), Davlat xizmatlari markazi yangidan qurildi (1,8 mlrd. so‘m), tuman sport stadioni (5,1 mlrd. so‘m), Madaniyat markazi rekonstruksiyasi (4,8 mlrd. so‘m), 7-sonli maktabning kutubxona va faollar zali qurilishi (1,7 mlrd. so‘m), yopiq suzish havzasi (5,7 mlrd. so‘m) va Yoshlar markazi (7,0 mlrd. so‘m) shular jumlasidandir.
Shuningdek, «Mo‘ynoq» aeroportida rekonstruksiya ishlari (300 mlrd. so‘m), bolalar uchun zamonaviy dam olish oromgohi, musiqa maktabi (4,0 mlrd. so‘m), 480 ta xonadonga mo‘ljallangan 20 ta ko‘p qavatli uy-joylarning qurilishi jadal sur’atlarda olib borilmoqda.
Mo‘ynoq timani aholisi uchun uzunligi 101 km bo‘lgan vodoprovod liniyasi qurib topshirildi. 2019-2021 yillar Harakatlar dasturiga ko‘ra, tumanda sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun qariyb 27 trln. so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu yerda qisqa muddatlarda ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi, 100 o‘ringa mo‘ljallangan davolash-reabilitatsiya markazi, hamda Madaniyat saroyi, «Orol» nomli yangi o‘yingoh, yopiq suv havzasi va boshqa ijtimoiy ob’ektlar qurib bitkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Madaniyat Mo‘ynoqdan boshlanadi» - degan so‘zlari bugun qoraqalpog‘istonliklarni mardona jasoratga undab, ruhlantirmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdek tashabbuslari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining resurs va ishlab chiqarish potensialidan kompleks va samarali foydalanish hamda horijiy va mahalliy investitsiyalarni respublikaning farmasevtika sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan investitsion loyihalarni realizatsiyasiga faol jalb qilish uchun qulay sharoitlarni yaratish, mahalliy dori vositalari bozorini noyob sharoitlarda parvarishlangan dorivor giyohlar xom ashyosidan olingan yuqori sifatli mahalliy dori-darmonlar bilan ta’minlash, farmasevtik mahsulotni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish va yuqori qo‘shimcha narxlarda sotish maqsadida 2017 yil 4 may sanasida «Nukus-farm» erkin iqtisodiy zonasini barpo etish to‘g‘risidagi qarori qabo’l qilindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida faqat 2017 yilning o‘zida Qorao‘zak tumanida «Qoraqalpoq sement» va «Titan sement», Nukus shahrida «Nukus-polimer», «Nukus elektroapparat», «Nukus-Samsung» singari yangi ishlab chiqarish korxonalari foydalanishga topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevralda qabo’l qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt neft-gaz mintaqasidagi geologiya-razvedka ishlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush tarzini yuksaltirishga bo‘lgan alohida e’tibor namunasidir. Unga ko‘ra, geologiya-razvedka tadqiqotlarining samaradorligi va faolligi oshdi.
Bu yerda qisqa muddatlarda Arslon, Inom, Sayxun, Qizil-sholi, Besqal’a kabi konlar topildi. 2018 yilda 3500 metr chuqurlikdan xom ashyo olinadigan Quyi Surgil strukturasi ochildi.
2018 yilda Qoraqalpog‘iston iqtisodiyoti yanada rivojlanib bordi. Savdo-sotiq aylanmasi 360 mln. dollarni tashkil etdi. Rossiya, Xitoy Janubiy Koreya, Germaniya, Latviya, Shveysariya va boshqa davlatlar bilan savdo hamkorligi o‘rnatildi. Qorao‘zak tumanida «Tebinbo’laq» yirik ruda-metallurgiya majmuasi qurilishi boshlandi. U yiliga bir million tonna cho‘yan ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, 2024 yil ishga tushirilishi rejalashtirilgan. To‘rtko‘l tumanida qiymati 6,5 mlrd. so‘mlik «Sho‘rbo’loq» suv ombori qurilishi boshlandi. Hududlarni rivojlantirish dasturiga muvofiq Chimboy, Qo‘ng‘irot, Taxiatosh, Xo‘jayli, Amudaryo, Beruniy industrial zonalari tashkil qilindi, ijtimoiy rivojlanishda ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirildi: «Obod mahalla» dasturi doirasida Nukus shahridan 450 km uzoqlikda joylashgan Qoraqalpog‘iston posyolkasida ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. «Obod qishloq» dasturi doirasida 234 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi. Faqat 2018 yilning birinchi yarim yilligida Nukus, Taxiatosh va Beruniyda 676 xonadonga mo‘ljallangan 15 ta ko‘p qavatli uylar, kam ta’minlangan oilalar uchun yuzdan ortiq uylar qurilib, foydalanishga topshirildi. Yoshlar uchun imtiyozli kreditlar ajratilib, unga ko‘ra, 370 ta loyiha amalga oshirildi hamda yuzlab yangi ish o‘rinlari yaratildi.
1991 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30 turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilga kelib hududda 180 turdagi (6,0 barobar o‘sgan) sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu amalga oshirilayotgan ishlar natijasida o‘tgan 3 yilning o‘zida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2 barobarga oshganligi - Qoraqalpog‘iston Respublikasining sanoat salohiyati izchil mustahkamlanib borayotganligidan dalolat beradi.
Mazkur loyihalarni amalga oshirishda iqtisodiyotga horijiy investitsiyalarni jalb etish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuning natijasida 2001 yilda horijiy investitsiyalar ishtirokida 28 ta korxona faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 145 tani tashkil qildi (ya’ni 5,2 barobar oshgan).
2019 yilning o‘zida hududiy korxonalar tomonidan Tunis, Gonkong, Bolgariya, Gruziya, Misr, Latviya, BAA, Polsha, Ruminiya, Singapur va Estoniya kabi 11 ta yangi chet el bozorlariga eksport amalga oshirildi.
2019 yil 20-21 avgust kunlari mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev Qoraqalpog‘istonga amalga oshirgan safari davomida mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi:

  • Investitsiyalarni jalb qilgan holda sanoatni rivojlantirishni kuchaytirish, sanoatning barcha sohalarida yangi yirik va kichik eksportga yo‘naltirilgan va raqobatbardosh korxonalarni barpo etish;

  • Tadbirkorlik va kichik biznesni qo‘llab quvvatlash, shuning hisobiga aholining bandligini ta’minlash va daromad darajasini oshirish;

  • Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishiga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va hosildorlikni oshirish;

  • Zamonaviy injener-kommunikatsiya, yo‘l-transport va ijtimoiy infrastrukturani barpo qilish evaziga aholiga va tadbirkorlik sub’ektlariga sharoit yaratish;

  • Orolbo‘yi aholisi uchun turmush sharoitini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirish.

Hozirgi paytga kelib respublikamizni iqtisodiy rivojlantirishga oid qator amaliy ishlar qilindi. Masalan, lak-bo‘yoq mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yangi sanoat korxonasi ishga tushirildi. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va don yetishtirishni birlashtirgan xolding klasterlar barpo qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2017 yil 09 avgustdagi taklifiga binoan Taxiatosh tumani, 2019 yilda esa Bo‘zatov tumanlari tashkil qilindi. Taxiatosh tumani yirik sanoat va qishloq xo‘jalik tumani, Bo‘zatov tumani esa, asosan chorvachilikka yo‘naltirilgan tuman sifatida shakllanadi. Hozirning o‘zida ushbu tumanlarda ijtimoiy infrotuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va sanoat ishlab chiqarishini ko‘paytirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan. Yaqinda Bo‘zatov tumanini 2019-2021 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha dastur qabo’l qilindi va unga ko‘ra, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar ko‘rsatish sohasida yuzlab yangi ish o‘rinlarini yaratish nazarda tutilgan. Ushbu davr mobaynida qiymati 118 mlrd so‘mga teng bo‘lgan qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish rejalashtirilgan. 17 ta irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, 28 ta ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini qurish belgilangan.
Horij investitsiyalarini jalb qilish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilgan, natijada respublika iqtisodiga kiritilgan investitsiya 914 mln. 735 ming AQSh dollarini hosil qilgan. 2019-2022 yillarda esa, umumiy qiymati 14 trln. 684 mln. so‘mlik 679 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.
2019 yili Investitsion dasturni amalga oshirish doirasida 24 ob’ektda 55,4 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari, «Obod qishloq» dasturiga ko‘ra qilingan ishlarning hajmi 13 ta tibbiyot birlashmasida 4,1 milliard so‘mni va nihoyat 17 tashkilotda olib borilgan ishlar mahalliy budjet hisobidan amalga oshirilgan.

Download 181,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish