1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsiya markazlaridan biri. Reja


- Mavzu. XVI – XVII asrlarda qoraqalpoqlarning siyosi



Download 181,33 Kb.
bet8/16
Sana05.04.2023
Hajmi181,33 Kb.
#924925
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
1-mavzu. Kirish. Qoraqalpog’iston hududidagi qadimgi sivilizatsi

7 - Mavzu. XVI – XVII asrlarda qoraqalpoqlarning siyosi,
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy turmushi


Reja:
1. XVI –XVIII asrlarda qoraqalpoqlarning yashagan erlari va qusni xaliqlar bilan aloqal’ari.
2. Sirdaryo bo’yidagi qoraqolpoqlarning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy turmushi.
3. XVIII asrdagi qoraqalpoq-rus aloqal’ari, jung’arlarning tuplishi va uning oqibatlari.


Adabiyotlar:
1.Алламбергенов К. Ер Едиге, «Едиге» дәстаны, Алтын Орда ҳәм Маўараўннаҳр дәўири тарийхының гейпара мәселелери. Н. 2017.
2.Әлеўов Ө., Әлеўова Г. Сасық бийдиң сиясий-ҳуқықый көзқарасларыН 2015
3.Бердақ Амангелди. Н. 1993.
4.Камалов С. Қарақалпақлардың халық болып қәлиплесиўи ҳәм оның мәмлекетлигиниң тарийхынан Н. 2001
5.Қарақалпақстанның жаңа тарийхы. Н. 2003.
6.Нажимов Т. Өзбекстандағы қарақалпақлар ҳаққында.// Әмиўдәрья журналы 1994 2-4
7.Нызанов М. Қарақалпақлар. Н. 2020.
8.Нурмухамедов М.К. Рус-қарақалпақ мәдений байланыслары тарийхынан Н. 1977
9.Пайзуллаева Ш. Аз емесдур қарақалпақ көп Н. 1995
10.Толстова Л.С. Жоқарғы қарақалпақлар Н. 1975
11.Тлеўмуратов М. Қарақалпақлардың туўысқан халықлар менен мәдений байланыслары. Н.1989
12.Тлеумуратов М. Исторические и культурные связи каракалпаков с Россией и Башкирией в XVIII-начале XX вв. Н.1993
13.Турғанов Б.Қ. Қарақалпақстан тарийхынан дереклер. Т. 2019
14.Юсупов О.Ж. Жәнибек батыр, Маман батыр, Мурат шейх Әзийз баба, Қоразбек бий аталық. Н.1993
15.Өзбекстан ҳәм Қарақалпақстан халықлары тарийхы бойынша дереклер Н.1995.

Arxeologlar XIV-XVI asrlarga tegishli yodgorliklarni topa olmadi. XII-XIV asrlarda qoraqalpoqlarning katta bo’limi Orol dengizining janubiy tomoniga ko’chib ketgan. Boshqa bo’limi Qashkadarya va Surxandarya tomonga ko’chib o’tgan. Uchinchi bo’limi Xorazmning shimoliy bo’limiga Ustyurt, Sarkamısh, Uzboy bo’ylariga ko’chib ketgan. Yana bir bo’limi Volga bo’ylariga ketgan. X1V asrda Oltin Urda xoni O’zbekxon davrida qoraqalpoqlar siyosiy voqealarda katta o’rin egallagan. Berdaq shoyir “Shejire” asarida


“Saxra xalqı koship, gezbek,
Kentli jerden O’tan tuzmek.
Qalpaqtın uglıdur o’zbek,
O’zbek yekke bolgan eken” dep yozgan.
Bu malumotdan O’zbek xonning onasi qoraqalpoq bo’lgan degen xulosa chiqadi.1468-yildan keyin O’zbek xonligi inqirozga uchradi. Qozok xonligi vujudga keldi. XV asr oxirida o’zbek xonligidan qoraqalpoqlar bilan mangitlar bo’linip chiqadi. Berdak “Shejirede” oytib utadi:
“Muyten, qonırat, qıtay, qıpshaq,
Keneges, mangıt, jup teke taq,
Bari altı urıq - qaraqalpaq,
O’zbekten ayrılgan eken”.
Derlik yuz yil qoraqalpoqlar Nogay xonligi tarkibida bo’lib, ularni Edige, Orısbiy, Ormanbet biy kabi yurtbosshilar boshqargan.
XVI asr ikkinchi yarmida Nog’ay xonligi katta inkirozga uchraydi. 1556-yili Rossiya Astraxan xonligini bosib oladi. Edil va Jayık bo’ylaridagi qoraqalpoqlar 1578-yillari Sirdaryo quyiga ko’chib keladi. XIV-XVI asrlarda Amudaryo va Sirdaryo quyi xududlarin ota-bobolarimiz “Turkiston” deb otagan.
Berdaq “Shejire” asarida:
Qaraqalpaq xem xalıq insan,
Xer neshik dini musılman,
Ata jurtıdur Turkistan,
Turkistanga bargan eken deb yozadi.
Qoraqalpoqlar XVI asr ikkinchi yarmidan bo’yon qozoklarning Kichik yuz, O’rta yuz xonlarina siyosiy tomondan bog’ingan. Lekin ular o’z davlatchiligina ega bo’lgan. Masalan, 1694-yili Tauke xonning o’gli Taburchak sulton qoraqalpoqlarning xoni bo’lgan. Tauke xon davrida qoraqalpoqlarning qıpshaq maylı bolta urug’idan Sasık biy 18 yil davomida xon kengashin boshkargan, 1680-1684 yillari qoraqalpoq, O’zbek, qırgız, turkman xalqlari uchun “Jeti jargı” (Ota qonuni) ning bosh muallifi bo’lgan.
1709 yili Taburchak sultonning o’gli Gayıp sulton qoraqalpoqlarga xon bo’lgan. 1720 yillari İshmuxammed xon saylangan. Qoraqalpoqlarning poytaxti Sirdaryo buyidagi Jankent qalasi bo’lgan. 1721 yili İshmuxammed Rossiyaga ming tuyadan iborat karavan tashkil etib, Petr I ga diplomatik aloqa o’rnatish taklifini aytadi.
Lekin, 1723 yili jungar xonligi Qozoq xonligiga bosib kirib, qoraqalpoqlar “yukorgi” va “kuyi” qoraqalpoqlar bo’lib ikkiga bulinadi. “Yukorgi” qoraqalpoqlar jungarlarga bog’inadi, “kuyi” qoraqalpoqlar qozoqlarning kichik yuzi qo’l ostida qoladi. Bu vokea tarixda “aktaban shubırındı” nomi bilan belgili.
Bu davrda qoraqalpoqlar xoni Gayıp sulton Rossiya puk Oroligiga o’tmaqchi bo’ladi. Natijada 1730-yili Rossiya imperator xonimi Anna Petrovna qozoqlar va qoraqalpoqlarni o’z tarkibiga oladi. Lekin qoraqalpoqlar qozoq xoni Abulxayır xon qo’l ostida qola beradi.
1743-yili avgustida qoraqalpoqlarning elchilari Maman batır Orazak o’gli, Abdulla Murat sheyx ugli, Polat esaul, Sagındık biy, Babanazar batır, Maman sheyx va Aydar biy tarkibida Rossiyaning yangi imperator xonimi Elizaveta Petrovna xuzurida bo’lib, tikkeley Rossiya pukOroligiga utishni suraydi. Ularga pukOrolik haqida gramota beriladi.
Lekin, 1743 yili kish oyida Abulxayır xon qoraqalpoq eliga bosib kiradi, elchilarni tutkin kiladi, gramotani tortib oladi. 1746-1747 yillari Urta yuz xoni Abılay sulton ham qoraqalpoqlarga bosib kirib, vayrona kiladi.
Endi qoraqalpoqlar Janadaryo buyiga kuchib ketadi.
Ush juz qırıq yıl Turkistandı jayladı,
Ne batırlar xalıqtı shıgıp korgadı,
Aqırında ol da jaylau bolmadı,
Xorezmge kosher boldı qaraqalpaq.
Sarıkamısh, Uzboy va Ustyurt tomondagi qoraqalpoqlar XVI asrda avvali yashagan xududlariga kuchib kelib, Xiva xonligi shimolida orolli o’zbeklar bilan Orol davlatchiligini tashkil etgan edi. S.P.Tolstov Xorazmning shimoliy O’zbeklari bilan qoraqalpoqlarning genetik alokalari bor ekanligini tasdikladi va bu aloka sak-massaget kavmlari davridan ayniksa oguz-pecheneg ittifoki davridan saklanganligini ezib ketdi. T.A.Jdanko va K.L.Zadıxinalar etnografik ekspeditsiya vaktida orolli O’zbeklar bilan qoraqalpoqlardagi urug-kavmlar kungrad, muyten, jaungır. kıtay, kipshak, keneges, mangıt, jalair nomlari birday ekanligini tasdikladi. Orolli o’zbeklar Amudaryo kuyiga 1505 yili Sheybani xon boskinidan keyin kelgan. Xalk afsonalarida “Orolli o’zbeklar Turkistondan qoraqalpoqlardan yuj yil avval kelgan deyiladi. Xokim ota, Vazir, Urganch xududlari uzlashtirila boshlagan. Bu davrda Xorazm Amudaryo kuyi bilan kuplagan kullar orkali ajralib turgan. O’zbeklar orollarda yasagan, shuning uchun ularni orollilar dep atagan. Orolli O’zbeklar Kungrad, Xujayli, Kipchak, Kunya-Urganch, Mangıt tomonlarda yashagan.Orollilar davlatining poytaxti Qungrad qalasi bo’ldi . Qoraqalpoqlarning Shaxtemir xon boshqargan davrida Maman biy, Orınbay biy, Esengeldi biy, Aydos biy kabi davlat arboblari bo’lgan.
Maman biy Orınbay biyge qozoqlar bilan urushmang degan .
Orınbayı qurısın,
Kunde salar urısın,
Maman pakır ne qılsın,
Aytıp atır durısın.
Shimoliy Xorazmda asosiy dexkonchilik tumanlari Quvandaryo (Vadak) va Kukuzyak (Bagdad) zonasida vujudga kelgan. Arab Muxammed xon (1602-1623 yillari xukmdorlik qilgan davrda Tok qo’rg’ani yukorisida kanal qazdirgan. Ushbu kanal Xojaylidan quyida Amudaryodan suv olgan, Kunya Urgench va Mizdaxkan orqali Utyurtka qarab yo’l olgan.
XVI asr 40 yillarida Abulga’zi xon Xorazm o’zbeklarin to’rt bo’limga bo’lgan: 1) uygur va naymanlar, 2) kungrad va kıyatlar, 3) nukuz va mangıtlar, 4) kanglı va kıpchaklar. Kanallar bo’yi yerlar ushbu to’rt bo’lim axolisi orosida kesib berilgan. XVI asrda shimoliy va janubiy o’zbeklar xudulari chegarasi Gurlen tomonda o’tgan. Janubiy o’zbeklar o’troqchi axoli orosiga kelib, urug’larini umutgan, shimoliy o’zbeklar hozirgacha yodnomasida biladi. Gurlan Turkistondan kelgan axoli tomonidan kurilgan, enida Turt-Toksan-yab kanali qazilgan.
Gurlan 1shimolidan Amudaryo buyida o’zbeklarning xitay va kıpchak qavmlari o’rnalashgan. Ularni “poskonchi” deb atagan. Kıpchak-kanjigalilar Kalle-uzyak arnasi bo’yida, Qıpchaq shunqarlılar Gazachadjaygan arnasi, qıpchaq tuyaklılar Tagaraslan yab bo’yida o’rnalashgan.
Kuk-uzyak arnasi yukorisida xodjaeli kavmlari o’rnalashganXojayli qurgani tez oroda iqtisodiy axamiyatga ega bo’lib, Xorazmning katta diniy markaziga oylangan. A.L.Kun Xiva xonligida bo’lganida Xojayli qalasi hakida kuyidagi afsonani ezib olgan. Turkistondan kelgan Alamin xodja ishan Xujayliga asos solgan. Uning O’zbek myuridlari ko’p bo’lgan. İkkinchi avlod davrida bu makon Xodja eli deb nom olgan. Yassavi sufilariga tegishli xodjalar Xujayli kalasiga asos solgan.
O’zbeklarning katta qavmlar birlashmasi kungradlilar Amudaryoning shimoliy va shimoliy-shakriy xudularini egallagan. Qoraqalpoqlar bilan kungradli o’zbeklar bir vaktlari “kokpar” uyinida musoboka utkargan. Qoraqalpoqlar engib chikkan. O’zbeklar ukpalab, Kukuzyak buyidan Kungrad tomon kuchib ketgan. XVI-XVII asrlarda kungradli o’zbeklardan Umbay, Nazar xodja, İshmuxamedbiy kabi davlat arboblari Xiva saroyida vazir darajasiga kutarilgan. XVII-XVIII asrlarda xozirgi Kungrad xududlariga urnalashgan. Kungrad kalasi Amudaryo buyida Rossiyaga boradigan Karaumbet yulida kurilib, axamiyatli savdo markazi bo’lgan.
XVI asr 80 yillari mangıt o’zbeklar hozirgi Mangıt xududida urnalashgan. Mangıtli Adina-Muxamed biy Xiva xonidan atalık nomini olgan va kanal kazdirgan, kurgan kurgan.
İkkinchi savdo markazi Shaxtemir kalasi Kegeyli kanali xozirgi Chimboy kalasi urnida bo’lgan. Shaxtemir orkali Xorezm sırdaryoli qoraqalpoqlar va Kichik yuz kozoklari bilan savdo alokalarini urnatgan.
1728 yili Shaxtemir va Shirali biy uldirilgannan sung orolli o’zbeklar va qoraqalpoqlar Xiva xoni Elbarsxonning xukmdorligini tan olgan.
Ya.Gulyamov qoraqalpoqlar, kozoklar va turkmanlarning kuzgi ekin jarayoni haqida kuyidagi afsonani ezib olgan. Kanallar ez oylari zuraat olib bulingan vaktda ochiladi ekan. Sentyabr oyida kanallar epiladi va bozorlarda (glashatay) “Kulning suvin bogladilar” deb oytadilar. Odamlar donni ılayga tashlaydilar. Ez kunlari zuraatni yıgıshka keledilar. Otiz boshlarida karaual minOrolar kurilar edi.
XVI-XVII asrlarda qoraqalpoqlar orollik o’zbeklar bilan birgalikda Orol erlarida uz davlatini tuzgan edi. Bu davlat birlashmasining axolisi - qoraqalpoqlar va o’zbeklar kushni xalklar bilan yakin alokada bo’lgan. XVIII asrdagi qoraqalpoqlar ijtimoiy haetiga urug-kabilalarga bulinish ananasi xos bo’lgan. Butun xalk ikki katta kavm (orisga) -un turt urug va kungirot qavmlariga bulingan. Un turt urug kavmlarining asosiy guruxini Xitoy, Qipchok, Kenagas, Mangit uruglari tashkil etgan, kungirot kavmiga esa Shulluk va Javungir urug birlashmalari kirgan. Barcha guruxlarni urug tabakalari - biylar va botirlar boshkargan.
XVII asrda jungar va qozoq xonlarining boskinchilik xujumlari natijasida Sirdaryo buylarida yashaetgan qoraqalpoqlarning bir kismi Yangidaryo buylariga va Orol erlariga kuchishga majbur bo’lgan. Yangidaryo erlarida urnashgan qoraqalpoqlar uchun yuz yillar karovsiz kolgan bepoen maydoklarni uzlashtirish qozoq xonlari va sultonlari bilan doimiy tuknashuvlar natijasida juda ogir kechdi. Shuning uchun xam arxeologlar Yangidaryodagi sugorish inshootlari qoldiklarini “qoraqalpoq ajdodlari mehnat jasoratining buyuk edgorliklari” deb xisoblaydilar.
Qoraqalpoq (Orol) erlari XVI-XVIII asr boshida Kuvondaryo va Yangidaryo xavzasini tulik kamrab. Amudaryo etaklarigacha chuzilgan edi.
Qoraqalpoqlarning Xiva xonligi bilan alokalari haqida “Firdausu-al-ikbal” asarida kuyidagi malumotlar berilgan. 1714-yili orolli o’zbeklar Xiva xoni Yadgarxonga karshi urushda qoraqalpoqlar bilan ittifok tuzgan. Xiva xoni Shirgazi davrida u qoraqalpoqlarga karshi 5 ming lashkar tortib, qoraqalpoqlarni Sirdaryo va Yangisuv buyiga kuchib ketishga majbur kiladi.
Rossiya imperatori Petr 1 ning Buxorodagi elchisi Florio Beneveni qoraqalpoqlar orolli o’zbeklar xokimi Shaxtemir sulton bilan karindosh edilar deb tasdiklaydi. Ushbu malumotlardan kurinadiki, orolli o’zbeklar va qoraqalpoqlar XVIII asrda Xiva xonligi bilan tuxnashuv sharayatida bulgan ekan.
Nodirshoxning saroy tarixchisi Muxammad Kozim 1740-yili eronlilar Xivani bosib olgonida qoraqalpoqlar Xiva xoni Elbarsxonga erdam berib lashkari tarkibida bulganligini tasdiklaydi. Shunin uchun Nodirshox Xivaga Toxirxonni noib kilib, unga qoraqalpoqlarni buysundirish vazifasini topshiradi. Tuxnashuvda engilgan orollilar va qoraqalpoqlar Nodirshoxga xar biri 12 ming lashkar berishga majbur bo’ladi. Nodirshox davri xaqida qoraqalpoqlarning “Qirq-qiz” dastani malumot beradi.
1740-1741-yillari Abulxoyirxon huzurida bulgan Rossiya poruchigi Gladıshev qoraqalpoqlar xududlari Orollilar xududi bilan kushni turadi deb tasdiklaydi.
“Firdausu-al-ikbal” asarida Muxammad Amin inok (1770-1790 yillar hukmronlik qilgan) Turkistondan kuchib kelgan qoraqalpoqlarga er va yaylov berdilar, ulardan turkmanlarga karshi yurishlarda lashkar sifatida foydalandilar deb ezilgan. Muxammad Amin inok davrida qoraqalpoqlar Janadaryo va Kuvandaryo tomonlarida yashashni davom etgan.
Xalq turmushi. mexnat faoliyati, dasturlari, urf-odatlari bilan chambarchas boglik bo’lgan to’y kushiklari, yigi ashulalari (yuklash, marsiya, xayrlashish), bolalar va “davolash” (badik) qo’shiqlari va boshqalar qoraqalpoqlarning sheriy va musiqiy ijodiyotining tarkibiy qismini tashkil etgan.
Makol-matallar xalk donishmandligining yigindisi, xalq istedodining yorkin namunasi bo’lib kelgan. Qoraqalpoqlarda jumboklar, zukkolik musobaqalari (javob aytish) va xalk ijodining boshqa ko’pgina turlari ken tarqalgan.
Asosiy qoraqalpoq musika asboblari: kobız - kamoncha bilan chalinadigan qadimiy musika asbobi bo’lib, u bilan jirovlar qaxramonlik dostonlarni ijro etgan; dutor - baxshilar chaladigan ikki torli m usika asbobi; boshqalardan aloxida ajralib turadigan chanqobız - fakat ayollar chaladigan, takrorlanmas ovozga ega asbobdir. Bulardan boshka surnay va gijjak xam qo’llanilgan.
Amaliy sanat (yogoch uymakorligi, kashtaduzlik, gilam to’qish, zargarlik, kunga bosib naksh solish, applikatsiya va x.k.) qoraqalpoq xalki ijodiyotining ko’proq rivojlangan serkirra soxasidir. Ayniqsa kashtachilarning rang-barang bo’lib tovlangan kashtalari xotin-qizlarning bayram kiyimlarini bezagan.
Qoraqalpog’istonda zargarlik buyumlari (isirga, bilaguzuk, uzuk, kukrak takinchoklari), mexnat qurollari, uy-ro’zg’or anjomlari, shuningdek, qurol-yarog (kilich, sovut, kamar va x.k.) xam keng tarqalgan.
Mustamlaka siyosati qoraqalpoq xalqining nafosat tuygusini so’ndira olmadi. Uning mexnati va istedodi asrlar o’sha yashab kelayotgan xalq ijodiyoti namunalarida o’z aksini topdi.



Download 181,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish