1-MAVZU. Kirish. Oziq – ovqat xavfsizligi muammosini asosiy yo‘nalishlari
Mavzu rejasi:
Oziq – ovqat maxsulotlari xavfsizligini axamiyati
Begona moddalar tasnifi
Oziq – ovqat maxsulotlari xavfsizligini baxolash texnologiyasi
Oziq – ovqat maxsulotlari xavfsizligini ta’minlash muammosini asosiy yo‘nalishlari
1. Oziq – ovqat maxsulotlari xavfsizligini axamiyati
Axoli sog‘ligini ta’minlash davlat axamiyatidagi vazifalardan hisoblanadi. Millatning sog‘ligi va ish qobiliyatini belgilovchi muxim omillardan biri ovqatlanish hisoblanadi. Ma’lumki, odamni ovqatlanish xususiyati va oziqaviy o‘zini tutishi evolyutsiya jarayonida va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida o‘zgaradi.
Oziq – ovqat mahsulotlarini xavfsizligi – qimmatli va daxlsiz ne’matdir. Xar birimiz xar kuni oziq – ovqat mahsulotlari iste’mol qilamiz va mazkur mahsulotlar sog‘liqga zararsiz ekanligi xaqida ishonch xosil qilishimiz kerak.
Oziq ovqat maxsulotlarini yuqori xavfsizlik darajasi xavflarni kamaytirishning takomillashgan tizimini yaratilishi natijasida ta’minlanishi mumkin. O‘zini faoliyat xususiyatlarini xisobga olgan xolda ushbu tizimni mas’ul tomonlari qishloq xo‘jaligi, oziq ovqat va qayta ishlash sanoati, savdo korxonalari, nazorat organlari, fan va siyosat xisoblanadi. Shu bilan bir qatorda, xayotni ko‘pgina boshqa soxalari kabi, amaliy nuqtai nazardan yuz foizlik xavfsizlik kafolatini ta’minlash mumkin emas, chunki oziq ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarish dinamik rivojlanib bormoqda.
Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunlarni birinchi avlodi (XX asr boshlari) uni buyruq va nazorat shakllarida tartibga solgan. Xavfsizlikni ta’minlash siyosati aniq mamlakatdagi vaziyatga yo‘naltirilgan edi. Siyosat asosi ishlab chiqarish liniyasini uzluksiz nazorat qilish, mahsulotni vizual nazorat qilish va gigiyenik amaliyotni puxta amalga oshirishni tashkil qilish yo‘li bilan sanoat boshqaruvi amaliyoti hisoblanar edi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunlar ikkinchi avlodining (XX asr oxiri XXI asr boshlari) asosida jamoat sog‘ligiga yo‘naltirilgan, ogohlantiruvchi (preventiv) siyosatni qabul qilinishi zaruriyatini o‘sib borayotgan global tushunilishi yotadiki, u fermadan boshlab yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan oziqaviy xavflarni kompleks boshqarilishini ta’minlashi lozim.
Xavfsizlik siyosati zamonaviy bosqichini o‘ziga xos xususiyati, oziq ovqat maxsulotlari xavfsizligini ta’minlashning muxim omillari ekologik vaziyatni yomonlashuvi bilan bir qatorda oziq ovqat maxsulotlarini qayta ishlash texnologiyasidagi o‘zgarishlar, xalqaro savdo va tarmoqlangan logistika tizimi xisoblanishi bilan belgilanmoqda. Global bozorlar, xalqaro tovar oqimlari, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasi va iste’mol odatlaridagi tez o‘zgarib borayotgan tendentsiyalar yangi xavflarni yuzaga keltirmoqda va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashning yangi strategiyalarini talab qiladi.
Xavfsizlikni ta’minlash strategiyasini aniqlashtirishda kam axamiyatli bo‘lmagan omillardan biri oziq ovqat maxsulotlari uchun bo‘lgan ekologik xavflar xisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha sanoatni muvaffaqiyatli rivojlanishi atrof muhitga ko‘p miqdordagi ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlanishi bilan bog‘liq edi. Mamlakatlar bo‘yicha statistika buni tasdiqlaydi. Sanoat ishlab chiqarishi xajmi bo‘yicha lider - mamlakatlar atmosfera, suv xavzalari va to‘proqga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar xajmi bo‘yicha ham birinchi o‘rinlarni egallab turishmoqda. Ular o‘rtasida Xitoy, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Rossiya, Xindiston va Braziliya.
Ta’kidlash lozimki, ko‘pgina mamlakatlarda oziq ovqat maxsulotlari xavfsizligini oshirish borasida sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsada alimentar kasalliklarni ko‘payishi yuqori bo‘lib qolmoqda. Har yili millionlab odamlar xavfsiz bo‘lmagan, jumladan tashqi muhitdan kontaminantlar bilan ifloslangan oziq-ovqatni qabul qilinishi natijasida kasallanishadi. Bundan tashqari, oxirgi yillarda kuzatilayotgan u yoki bu kasalliklarni chaqiradigan bakteriyalarni antimikrobli preparatlarga rezistentligini oshishi vaziyatni yanada chigallashtiradi.
Jamoatchilik iste’mol qilinayotgan oziq ovqat maxsulotlarida mavjud bo‘lgan patogen va kimyoviy moddalar bilan bog‘liq bo‘lgan xavflarni yanada teranroq anglab yetmoqda. Oziq ovqat maxsulotlarini xavfsizligi bo‘yicha tashvishlar oshib borayotgan zamonaviy sharoitlarda yangi texnologiyalarni, jumladan gen muxandisligi va nanotexnologiyalarni tadbiq etilishi o‘ziga xos vazifalarni yechish zarurligini belgilaydi. Ozuqaviy xavfsizlik siyosatini xozirgi davr xususiyati shu xam xisoblanadiki, uni rivojlanishi jamoaviy ishtirok etish, transparentlik va xalqaro miqyosda kelishilgan usullardan foydalangan xolda kechishi kerak. Oxirgi yillarda kelib chiqishi oziqaviy bo‘lgan kasalliklar va ularni sabablari to‘g‘risidagi aniq ilmiy bilimlar asosida xavflarni taxlil etishga o‘tilmoqda. Bu esa xam milliy va xam xalqaro darajada oziq ovqat maxsulotlari xavfsizligini belgilaydigan profilaktik choralarni ko‘rish uchun asos yaratadi.
Mazkur fanda oziq-ovqat maxsulotlarini milliy va xavfsizlik jixatlari, O‘zbekiston Respublikasi va Bojxona Ittifoqida oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy-qonuniy asoslari, ovqatlanish maxsulotlarini tashqi muxitdagi birikmalar va kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan toksinlar ifloslanishining asosiy ko‘rinishlari va yo‘llari, ovqatlanish maxsulotlarini ishlab chiqarishda genmodifikatsiyalangan organizmlar va nanotexnologiyalardan foydalanishning potentsial xavflari, oziq-ovqat maxsulotlarini oziqaviy moddalar bilan boyitish xavflari, sut va sut maxsulotlari, go‘sht va go‘sht maxsulotlarini xavfsizligi masalalari tizimli ravishda yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |