4. Oziq – ovqat maxsulotlari xavfsizligini ta’minlash muammosini asosiy yo‘nalishlari
Davlat siyosatining sog‘lom ovqatlanish sohasidagi maqsadi axoli sog‘ligini saqlash va mustaxkamlash, to‘laqonsiz va ballanslanmagan ovqatlanish tufayli kelib chiqqan kasalliklarni profilaktika qilish hisoblanadi.
Qo‘yilgan maqsadga muvofiq jamiyat uchun muhim bo‘lgan ushbu muammoni asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Rasm 1.1. Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini baholash texnologiyasi
- ovqatlanish mahsulotlariga tegishli bo‘lgan texnik reglamentlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
- ishlab chiqaruvchini belgilangan talablarga javob bermaydigan va qalbakilashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarganligi uchun javobgarligini kuchaytirishning qonuniy mustaxkamlash;
- oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat hom ashyosiga tegishli bo‘lgan texnik reglamentlarga rioya qilinishini ta’minlaydigan milliy standartlarni ishlab chiqish;
- mamlakatimiz xududida ishlab chiqariladigan va chet eldan olib kelinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va oziq-ovqat hom ashyosi sifatini nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirish;
- ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarning tarqalishini kamaytirishga yo‘naltirilgan tadbirlar kompleksini ishlab chiqish;
- oziq-ovqat sanoati uchun vitaminlar, ferment preparatlari, probiotiklar va boshqa oziqaviy ingrediyentlar, vitaminlar va mineral moddalar bilan boyitilgan ommaviy iste’mol mahsulotlari, funktsional mo‘ljallanishli mahsulotlar, parxez (davolovchi va profilaktik) mahsulotlar, sog‘lom va kasal bolalar ovqatlanishi uchun mahsulotlar ishlab chiqarishga investitsiyalar uchun sharoitlarni qonuniy ta’minlash;
- yangi oziqa manba’larini olishning zamonaviy biotexnologik va nanotexnologik usullari va ular sifati va xavfsizligini mediko-biologik baxolash soxasidagi fundamental tadqiqotlarni ustivor rivojlanishini ta’minlash;
- ovqatlanishni buzilishi, jumladan anemiya, ovqat yetishmovchiligi, semirish, ovqat xazm qilish organlarini kasalliklari, shuningdek bolalarni ko‘krak orqali oziqlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar to‘g‘risidagi davlat statistik xisobotni yagona shaklini ishlab chiqish va tadbiq etish;
- individual ovqatlanishni, jumladan xavf guruxlarini (bir yoshga to‘lmagan bolalar, xomilador va ko‘krak bilan oziqlantiruvchi ayollar, kam ta’minlangan axoli), alimentar-bog‘liqlik xolatlarini xavfsizligi va rivojlanishi masalalarini qamragan holda, maxsus tadqiqotlashning amalga oshirish asosida axolini ovqatlanishi va sog‘ligini davlat monitoringi dasturlarini ishlab chiqish va tadbiq etish;
- axolini sog‘lom ovqatlanishini, jumladan ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda targ‘ibot etishni kuchaytirish.
Sog‘lom ovqatlanish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishdan kutiladigan natijalar quyidagilar hisoblanadi:
- ichki bozordagi asosiy oziq – ovqat xom ashyosi va oziq – ovqat mahsulotlari resurslarini 80-95 %ni maxalliy mahsulotlar hisobidan ta’minlash;
- vitaminlar va mineral moddalar bilan boyitilgan ommaviy iste’mol mahsulotlarini, non-bulka mahsulotlarini ommaviy navlari, shuningdek sut mahsulotlarini ham qamragan holda, ishlab chiqarish ulushini umumiy ishlab chiqarish xajmida 40-50%gacha oshirish;
- yog‘ miqdori pasaytirilgan sut va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish ulushini umumiy ishlab chiqarish xajmida 20-30 %gacha oshirish;
- maxalliy go‘sht xom ashyosi va uni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish ulushini umumiy ishlab chiqarish xajmida 45-50 %gacha (jumladan, parranda go‘shtini - ikki marotaba) oshirish;
- maxalliy meva va sabzavotlarni, shuningdek uni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish ulushini umumiy ishlab chiqarish xajmida 40-50%gacha (jumladan, organik ishlab chiqarishni ham) oshirish;
- ixtisoslashgan bolalar ovqatlanishi, jumladan parxez (davolash va profilaktik) mahsulotlari bozorining 80 %ni maxalliy mahsulotlar hisobidan ta’minlash;
- ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi kasalliklarni (anemiya, ovqat yetishmovchiligi, semirish, ovqat xazm qilish organlarini kasalliklari) 10 % gacha kamaytirish;
- bolalar va katta yoshdagilarni vitaminlar bilan adekvat ta’minlanganligini 70 dan kam bo‘lmagan foizga oshirish;
- axoli o‘rtasida semirish va gipertonik kasalliklar tarqalishini 30% ga, qandli diabetni esa 7 %ga kamaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |