1-mavzu. Kirish. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining
predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
Reja
1.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsad va
vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
2.
Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash,
komil insonni voyaga yetkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan
o‘rni.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning ma’naviy
yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o‘rni va saboqlari
to‘g‘risidagi fikrlari.
4.
XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o‘qitishdagi
nazariy-kontseptual yondashuv va ilg‘or innovatsiyalar.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti,
maqsad va vazifalari. Fanni o‘rganishning nazariy-uslubiy
asoslari.
Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, dini,
madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari tarixini bilishga, o‘zligini anglashga qiziqishi
ortib bormoqda. Har qaysi mamlakat, har bir xalqning o‘ziga xos bo‘lgan uzoq va
betakror tarixi boigani kabi ona Vatanimiz O‘zbekistonning ham, o‘zbek xalqining
ham boy va sermazmun tarixi mavjuddir. qadim o‘tmishda Turon, Turkiston,
Movarounnahr deb atalgan ona zaminimiz turli tarixiy yozma va arxeologik
manbalarga ko‘ra Xitoy, Hindiston, Eron, Misr, Rim kabi qadimiy va buyuk
mamlakatlar qatori dunyoga mashhurdir. Vatanimiz jahon tarixining turli xalqlar,
tsivilizatsiyalar tutashgan eng to‘lqinli, shiddatli chorrahalardan biri bo‘lib, bu
zaminda mahalliy aholining fors, hind, xitoy, yunon, arab, rus xalqlari bilan
ma’lum darajada aralashuvi sodir bo‘lib, ularning madaniyati, tili, dini, fani,
san’ati, turmush tarzi bir-biri bilan uyg‘unlashib ketgan.
Bugungi kunga kelib Vatanimiz O‘zbekiston nafaqat
shar
q, balki umumjahon
tsvilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganligini butun jahon tan olmoqda. Tariximiz
ildizlari necha-necha ming yilliklarga borib taqaladi. O‘zbek xalqining boy va
qadimiy davlatchilik tajribasi bo‘lib, hozirgi O‘zbekiston hududida ilk mustaqil
davlat tuzilmalari, miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo
bo‘lib, qariyb 3 ming yil mobaynida takomillashib borgan va dunyo davlatchiligi
ravnaqiga eng yuksak darajaga ko‘tarilganligi butun dunyoga ma’lumdir. Bundan
qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fuzalolar, olimu-ulamolar,
siyosatchilar, sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari
mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan.
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid har xil voqea-hodisalarning
izchil rivojlanishi, ularning qachon, qaerda, qanday holatda yuz berganligi,
insoniyatning paydo bo‘lishi va uning tadrijiy-evolyutsion rivojlanish jarayoni va
boshqalarni o‘rganadi. SHuning
dek
O‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat
tarixining ajralmas qismi hisoblanib, u olamshumul voqeliklarga juda boy.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani yaqin tarixni, so‘nggi yarim asrdan kamroq
vaqtni xolisona va haqqoniy o‘rganadi.
Tarixiy haqiqat to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix
fanining predmeti va ob’ektini to‘g‘ri belgilanishi o‘ta muhim ahamiyatga ega.
CHunki, O‘zbekistonning eng tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori
predmet va ob’ekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fan uning
o‘rganish predmeti va ob’ekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib,
maqsadga erishish mushkul bo‘ladi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan,
o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, undan saboq
beradi, xulosa chiqaradi, yosh mustaqil davlatning hayot yo‘lini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani o‘z xususiyatiga ko‘ra, birinchidan,
o‘zining butun diqqat e’tiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, undan saboq
beradi, xulosa chiqaradi, yosh mustaqil davlatning hayot yo‘lini ko‘rsatadi.
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga
nisbatan aniq fan. U matematika usulidan keng foydalanadi. Voqea va hodisalar
qat’iy aniqlikda, davriy ketma-ketlik-xronologik asosda o‘rganiladi.
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-
xillik xususiyatiga ega. Uning o‘rganish predmetiga esa, mana shu makondagi
jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik
hamda qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning
yaratuvchanlik faoliyati kiradi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish
makoni-ob’ekti O‘zbekistonning mustaqillik davri tarixidir.
Ob’ekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar,
ma’lum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, shular doirasidagi
voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. Predmet esa mana
shu bir butun ob’ekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlardan iboratdir.
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlari bilan mustahkam va
uzviy aloqa birligida rivojlanadi. SHuning uchun ham, tarixchilar falsafani,
adabiyot va tilni, dinshunoslikni va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni
to‘la yoritib bera olmaydilar.
SHuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlarning
o‘rganish ob’ekti bitta ya’ni jamiyatdir. Predmeti esa inson va tabiat. SHuning
uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga
chiqishiga bevosita yordam beradi. SHuning
dek
tarix fani ham boshqa soha fanlari
rivojiga katta ta’sir etadi. Ammo, shuni ham ta’kidlash joizki, tarix boshqa
fanlarni, shuningdek ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. CHunki boshqa
fanlarning hammasi ham, tarix mahsulidir.
Xulosa shuki, tarix fani ya’ni, O‘zbekiston tarixi millat va Vatan taqdirini
ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati shundaki,
birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix fanining
naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. CHunki ular tarix bilan bevosita bog‘liq.
Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon yuzaga chiqsa, boshqa
ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda ta’sirchanligi ham
shuncha yuksak darajada bo‘ladi.
Tarix falsafasi deganda, tarix ya’ni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri
xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha aytganda, o‘tmish-tarixga qarab,
kelajakni to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini anglashni bildiradi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum
mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz
tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari
zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori
ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish
kabi vazifalarni yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik
kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi
kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi
ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini
tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va
o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va
rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda
ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish
lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi
yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo,
mamlakatimizning 1991 yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va
mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini,
mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday
muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi
davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa
shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud
edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funktsiyalar
bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi
davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan
vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining
kontseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya
jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini
xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy
davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini
o‘rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodiq ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash
va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda
O‘zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “Yangi va eng
yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik”
bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni o‘rganishda tarix,
xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa,
iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo
yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati, institutning olti
nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir.
Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning
eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va
uslublar”, “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”,
“O‘zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida
iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996 yillar)” kabi qator to‘plam va
monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga
oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.
Bizda, afsuski, O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish
bilan
shug‘ullanayotgan
mutaxassislarning
(tarixchilar,
sotsiologlar,
siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular
faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda.
Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda
sarflanadigan kuch-g‘ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish
murakkabligi barchaga ayon.
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha
jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va
tarixchilarga muhim yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va
kengashning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan
tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal
etmoq talabini qo‘ymoqda.
Mazkur qarorda belgilanganidek institut va kengash a’zolari qator rejalar,
amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat,
iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan
voqealar asosida O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks
yondashuvni ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi
va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik
arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga
oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy
yo‘nalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bog‘liqdir.
1.
O‘zbekiston tarixi fanining metodologik (uslubiy) ilmiy-usul va tamoyillari
quyidagilardan iborat:
-
Ilmiy xolislik (ob’ektivlik);
-
Tarixiy – tahliliylik;
-
Mantiqiy – uzviylik;
-
Vorislik va izchillik;
-
Xronologik izchillik;
-
G‘oyaviylik va vatanparvarlik;
-
Halol va xolislik;
-
Qiyoslash va kuzatish;
-
Kuzatish va umumiylashtirish;
-
Baxslashish, munozara yuritish va isbotlash;
-
Ayrimlikdan
umumiylikka
(induktsiya)
va
umumiylikdan
ayrim
(juz’iy)likka (deduktsiya);
Bugungi kunda oshkoraliq shaffoflik kabi tamoyillar ilgari surilayotgan bir
vaqtda tarix qanday bo‘lsa, uni shundayligicha o‘rganish ustivor bo‘lmog‘i kerak.
CHunki yaqin tarix ko‘pchilik o‘z ko‘z o‘ngidan o‘tkazgan voqeliklardir. Uni
oshirmay, yashirmay, boricha o‘rganish zarurdir.
Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni
o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini
chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini
tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol
muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin
o‘tmishini tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom
etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga,
uni to‘laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy
vazifani amalga oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir.
Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy
siljishlar bilan birga, tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi
hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb yetdi.
Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy,
huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan
keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi,
zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat,
intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega.
Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum iskanjasidan
chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash kabi
g‘oyatda tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |