Chanoq suyaklari singanda umurtqa pog‘onasi shikastlan- ganda shikastlangan odamning ahvoli nihoyatda mushkul bo‘ladi. Chunki uning nafaqat chanoq suyaklari, balki shu sohadagi ich- ki a’zolari, xususan yo‘g‘on va ingichka ichaklari siydik pufagi, jinsiy a’zolari va boshqalar ham shikastlanishi, qo‘l va oyoqlari ishlamasligi mumkin. Shikastlangan odam ehtiyotkorlik bilan biror qattiqroq narsa (faner, t axta, eshik) ustiga tizza bo‘g‘imlari bukilgan va kerilgan (qurbaqaga o‘xshash) holatda chalqancha yotqizilishi, oyoqlari ikki tomonga tizzalari ostiga biror kiyim- bosh yoki adyol, ko‘rpacha dumaloqlab qo‘yilishi shart. Aks holda shikastlangan odamning ahvoli yanada og‘irlashishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |