1. Singanda, bo’gimlar chiqanda, paylar cho’zilganda birinchi yordam ko‘rsatish.
Jarohat deb, kishi tanasi a’zolarini va to‘qimalarining kutilmagan tashqi ta’sir ostida shikastlanishiga aytiladi. Bu ta’sir inson a’zolari, to‘qimalarining anatomik butunlik, fiziologik funksiyalaming buzilishiga sabab bo‘ladi. Buning natijasida kishi organizmida mahalliy hamda umumiy reaksiyalar bo‘lib o‘tadi. Shikastlar besh turga bo‘linadi:
Shikastga sabab bo‘lgan sharoitga ko‘ra (ishlab chiqarish, transport, sport maishiy va x.k.z.).
Shikastlovchi omil bo‘yicha (mexanik, termik, kimyoviy, nur, elektr, aralash va h.k.).
Shikastlanish xarakteri bo‘yicha (yopiq, ochiq, oddiy, murakkab, va h.k.) .
Shikast ta’sir qilgan joy bo‘yicha (bevosita, bilvosita).
Ta’sir vaqti bo‘yicha (o‘tkir, surunkali).
Aksariyat hollarda shikastlanishlar to‘satdan yuz beradi. Shuning uchun shikastlanganga zudlik bilan dastlabki yordam ko‘rsatish juda muhimdir. Buning uchun dastlabki yordamni ko‘rsatayotgan kishi harakatlari tez, aniq, to‘g‘ri o‘ylab amalga oshirilmog‘i lozim.
Shikastlanganlarga dastlabki yordam quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Shikastlanish manbasini, omilini aniqlab, uning ta’sirini to‘xtatish.
Jarohatlangan kishini noqulay xavfli sharoitdan ajratish, uning ahvolini aniqlash.
Darhol dastlabki yordam ko‘rsatish.
Eng yaqin davolash maskaniga olib borishni tashkil qilish.
Ishni bajarish tartibi
Baxtsiz hodisalar yuz berganda shikastlanganlarga dastlabki yordam berish usullarini o‘rganish.
Berilgan vazifa (variant) bo‘yicha shikastlanganga dastlabki yordamni ko‘rsatishni aniqlash va amalga oshirish.
Dastlabki yordam ko‘rsatilgani haqida hisobot varaqasini to‘ldirish.
Baxtsiz hodisa, shikastlanishlarda shoshilinch yordam ko‘rsatish.
Sun’iy nafas oldirish va yurak massaji.
Yuqorida keltirilgandek, shikastlanishlar asoratida inson organizmi eng og‘ir ahvolga tushib qolishi mumkin. Bunday holatda nafasning va ba’zan yurak faoliyatining ham to‘xtashi kuzatiladi (klinik o‘lim).
Bu holatda hayot hali so‘nmagan va hayotiy faoliyatni to‘la tiklash imkoniyati bo‘ladi. Bir muddatdan keyinroq (5-6 minut) klinik o‘lim biologik o‘limga o‘tishi mumkin. Ana shu muddatda shikastlangan kishiga zudlik bilan yordam berish (tiriltirish) shu ish- ni amalga oshiruvchi odamdan tajriba, tez va puxta ishlashni talab qiladigan murakkab va hal qiluvchi jarayondir. Birinchi navbatda bu jarayonda nafas va yurakning to‘xtagan yoki to‘xtamaganligi aniqlanadi.
So‘ngra nafas oldirish va yurak faoliyatini tiklash ishlari amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |