Nafasning to‘xtashi. Nafas tovush boylamlarining spazmi, nafas yo‘llariga begona narsalarning tiqilib qolishi, tilning halqumga ketib qolishi va shu kabilar oqibatida o‘pkaga havo tushishi qiyinlashuvdan to‘xtashi mumkin.
Sun’iy nafas berish usuli xona sharoiti va nafas olishning to‘xtashi sababiga ko‘ra tanlanadi. Bunda bir necha usullar mavjud.
Silvestr usuli. Bemor chalqancha yotqiziladi. Bemorning bilagidan ushlab qo‘llari kuch bilan yuqoriga ko‘tariladi, so‘ngra ko‘krak qafasiga tushiriladi va u qattiq bosiladi (nafas chiqariladi). Minutiga 14-16 marta shunday harakat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |