Kislorodning aylanishi. Kislorodning aylanishi juda ham murakkab jarayon. Kislorod fotosintez jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bunda karbonat angidrid va suvning quyosh nuri ta’sirida reaktsiyaga kirishib, organik modda, kislorod va suv bug‘i hosil bo‘ladi. Kislorodnito‘la bir marta aylanishiga 2000 yil kerak. Kislorodning asosiy manbai azon (O3) hisoblanadi.
Azotning aylanishi. Atmosferaning 78 % ini azot tashkil etadi. Azot inert gazidan iborat bo‘lganligi sababli, uni birikma holda havoda uchratish qiyin. Tirik organizmlarda azot aminokislotalar va oqsilning muhim komponenti hisoblanadi. Havodagi erkin azot azotobakteriyalar vositasida o‘zlashtiriladi va birikma holda ajratib chiqariladi. Bakteriyalar faoliyati natijasida 1 ga maydonda 2-3 kg dan 5-6 kg gacha azot birikma holga o‘tkaziladi. Erkin yashovchi azot o‘zlashtiruvchilar vositasida har gektar yerga bir yilda 10 kg azot o‘zlashtiriladi, dukkakli ekinlar vositasida esa 400 kg/ga o‘zlashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |