Uglerodning aylanishi. Uglerodning aylanishi eng tez sodir bo‘ladigan biogeokimyoviy jarayon hisoblanadi. Uglerod almashinuvi ko‘proq CO2 orqali bo‘ladi. Havoda karbonat angidrid gazi 0,03% bo‘ladi. CO2 o‘simlikkao‘zlashtirilib, fotosintez mahsuldorligini hosil qiladi. O‘simlik va hayvon qoldiqlaridagi organik moddalarningparchalanishi karbonat angidridning manbaidir. Masaan, organikmoddalarning parchalanishi natijasida hayvon siydigida ham karbonatangidrid ajralib chiqadi. Okean bilan atmosfera o‘rtasida shamol va havoning harakati tufayli karbonat angidridning almashinishi kuzatiladi. Dunyo bo‘yicha, jami quruqlikdagi o‘simliklar tomonidan bir yilda 600 mln. tonna CO2 o‘zlashtirilib, 400 mln. tonna O2 chiqariladi va bunda 450 mln. tonna organik moddalar hosil bo‘ladi. Yeryuzida barcha CO2ning bir marta to‘liq aylanishi 300 yilda sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |