1-mavzu. Kirish. Din madaniyat fenomeni



Download 129,9 Kb.
bet19/19
Sana21.06.2022
Hajmi129,9 Kb.
#688945
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
din 1-mavzu

Hinduiylik murakkab din bo’lib, u ijtimoiy tashkilot , turli dinlar qorishmasidir . U kastachilik asosiga qurilgan. Miloddan avvalgi 18 asrda Hindistonda buddaviylik dini vujudga kelgan. Braxmanlik bilan buddaviylik o’rtasida kasta ta’limoti bo’yicha kurashni ifodalovchi hinduiylik dini shakllandi. Bu dinga Hindiston aholisining 83%i e’tiqod qilib uning asosiy sharti Hindistondagi kasta tuzumini qabul qilishdir. Hinduiylikda besh qoida va aqida tan olingan.

  1. vedalarning muqaddasligi;

  2. guru (pir, ustoz) ning tan olinishi;

  3. muqaddas joylarga ziyoratga borish;

  4. sanskrit muqaddas til ekanligi;

  5. sigirning muqaddas ekanligi tan olingan.

Hinduiylikda braxmanlar asosiy o’rin egallab, kengroq «Maxobxarat» muqaddas yozuvlar qatoriga qo’shilgan. Braxmanlar eski aqidalar zamon talabiga javob bermasligini ko’rgach, yangi qonun -qoidalarga xos turli oqimlarni yuzaga keltirib,buddaviylikka qarshi kurash olib bordilar. Hinduiylik braxmanlikdan farq qilib unda «Maxobxarata» va boshqa she’riy matnlar sanskrit tilidan zamonaviy hind tiliga tarjima qilinib, asl matni bilan bir xil hisoblangan. Hinduiylikda braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan yoki ayollardan bo’lishi mumkin.
Hinduiylikda trimurta (uchlik) –brahma, Vishnu, SHiva xudolari asosiy bo’lib Brahma ularning eng kattasi, dunyoni yaratgan xudosi sanalib, hinduiylikda esa, Vishnu va SHivagagina sig’inadilar. Hinduiylik ikki asosiy oqimga bo’linadi:

  1. SHivaga sig’inuvchilar oqimi

  2. Vishnuga sig’inuvchilar oqimi.

SHiva –kamballar xudosidir. U Rigvedaning birinchi nusxalarida Pudra nomi bilan zikr etilgan. U Ishana, SHivara, Maxadeva (buyu xudo) nomlari bilan ham ataladi. SHivaizm Hindistonda 13 ga yaqin asosiy oqimlari mavjud. Bu oqimlar trindandina , smart dandi lingachilar , yoglar maktra , shakta va boshqa oqimlar bo’lib, xalq orasida SHivaning bir ming sakkizta nomi mavjud.
Vishnu. Hozir Hindistonda birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi ilohdir. Rigvedada u quyosh xudosi –birinchi darajali xudo hisoblanib, ibodat paytida uni Savitar Roxita , Surya , Audita nomlari bilan ataydilar. U «Krishna bilan qo’shilib yarim inson, yarim xudo shaklidagi qahramon deb tan olinadi».
Maxobxaratda va Ramayana dostonlarida Avatara –insonning Vishnuga qo’shilib ketishi haqida so’z yuritiladi. Vishnu ba’zida to’rtqo’lli qilib tasvirlanadi. Vishnu hech qachon inson va hayvonni qurbonlik qilishlarini talab qilmagan.
Krishna (qora) murakkab obraz bo’lib u haqda olov , chaqmoq , momaqaldiroq, osmon, quyosh, bilan bog’liq afsonalar mavjud. Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi.
Vishnuizm bayramlari turli-tuman bo’lib, ular bir necha kunlarga cho’zilib ketadi. Ular duolar o’qish , ta’zim bajo keltirish , ommaviy diniy marosimlarda qatnashish , hadya, qurbonliklar atash , ibodatxona yaqinidagi yoki ichidagi hovuzlarda cho’milish kabilar bo’lgan. Bu marosimlar faqat ruhoniylar boshchiligida bajariladi. Sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar qatorida e’zozlanadi. U keyinchalik «tirik but»ga aylanib, SHivaning ma’budlik o’rinini to’ldirdi. Vishnuizmda muqaddas hayvon maymun bo’lib Rigvedada «Vrishakani (erkak maymun) timsolida Xanumanning timsolini ko’rishimiz mumkin»,-degan rivoyat keltirilgan. Maymun Ram (Ramayana dostonidagi odam-xudo) ning ittifoqchisi maymun –xudo Xanumanning vakili sifatida ulug’lanadi.
Hinduiylikda Hindistonning har bir hayvoni xudo yoki xudoning hamrohi deb e’tiqod qilinadi. Hinduiylikning aqidaviy , marosimiy , ramziy sohalaridagi tizimi murakkablashib ketadi. Xalq ommasi doirasida hozirda ham sodda, but va ruhlarga sig’inish davom etmoqda.



1 Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустащкам иродасига ишонаман. (Президент И.Каримовнинг «Фидокор» газетасининг мухбири саволларига жавоблари). Тошкент 2000 11-бет.

2 Каримов И.А. Ўша асар 12-бет.

3 Каримов И.А. Ўша асар. 11-бет.

11 Фалсафа қомусий луғат. “Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти” 2004, 112-б.

22 +аралсин: И.Каримов. Бизнинг бош ма=садимиз- жамиятни демократлаштириш ва янгилаш, мамлакатни модернизация ва ислощ этишдир. Т, «Ызбекистон», 2005, 43-бет.

11 Жумаев Р.З. Убайдуллаев У.А. Жўжанов Б.А. Конфликтология асослари. Т.: Академия, 2000, 79-б.

11 +аралсин: И.Каримов. Щал= сызи. Донишманд щал=имизнинг мустащкам иродасига ишонаман. 2000 й, 10 июн.

4 Қуръони Карим, Аъроф сураси, 143-оят.

5 Қуръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири Абдулазиз Мансурники. Тошкент ислом университети, 2007, 167 б.

Download 129,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish