Yahudiy marosimlari va bayramlari. Yahudiylar o’zlarining yahvega nisbatan sodiq ekanliklarini isbotlash uchun bir necha rasm-rusumlarni ijro etadilar. Ular yillik va kunlik ibodatlardan, bayramlardan, marosimlardan iborat. Ibodat uyda ham sinagagada ham olib boiradi. Yahudiylar sinagogasining sharqiy tomoida Toraning nusxalari saqlanadigan sandiq va ravvin uchun minbar qo’yilgan. Ayollar erkaklardan alohida ibodat qiladilar. Sinagogada ibodat xor shaklida olib boiradi.
Yangi tug’ilgan chaqaloq 8 kunida xatna qilinadi. Yahudiylikda bir necha xil oziq ovqatlar, asosan cho’chqa, quyon, qo’shoyoq, tuya, yaxlit tuyoqlilar, o’laksaxo’r qushlar va ba’zi xayvonlar go’shini yoyish ta’qiqlanadi.
Yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng e’tiborlisi Peysax (Pasxa) bayramidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan boshqacha, Yaxudiylarning Misrdagi qullikdan qutilib chiqqanlari muosabati bilan nishonlanadi. Qadimiy yahudiylar pasxa deb qo’zichoq go’shti va sharobdan iborat kechki ovqatga aytilgan. Xudo Misrdagi yahudiy bo’lmagan go’daklarni qirib tashlashga qaror qilganida, ular o’z uylarini peshtoqini qon bilan bo’yab, o’zlarining yahudiy ekanliklarini bildirganlar.
Yahudiylarning Pasxa bayramidan keyingi 7 kun davomida tuzsiz, xamrtirushsiz patir-matsa tanavul etadilar. Matsani tanavul qilish bilan har bir yahudiy mashaqqatini his etadilar.
Hindiston dinlari: qadimgi dinlar
Vedizm. Mil. Av. Ikkinchi mingyillik o’rtalarida Hindistonning shimoli-g’arbiy qismiga, hozirgi Panjob hududiga g’arbdan Xindikush dovoni orqali o’zlarini oriylar deb atagan jangari xalqlar bostirib kela boshladilar. Bu xalqlar hind-evropa tillarida gaplashar edilar. Harbiy jihatdan katta mahoratga ega bo’lishlari bilan birga she’riyatga ham usta edilar. SHu yo’l bilan ular bu mintaqada mavjud dunyoqarashni xohlagan tarafga o’zgartira olardilar. Ular o’zlari bilan muqaddas yozuvlari-Vedalar (sanskr.-muqaddas bilim)ni olib kelgan edilar.
Hind adabiyoti juda boy, uch yarim ming yildan ortiq tarixga ega. Vaqt o’tishi bilan undan anchagina qismi yo’qolib ketgan edi. Ammo bu adabiytning boshlanishi vedalardir. Bu boshlanish bo’sh, sayoz bo’lmay, aksincha, juda ham puxta va ajoyib edi. U keyinchalik o’z o’rnida katta daryolar paydo bo’lgan kichik irmoqni emas, balki ulkan dengizni eslatadi. U doimo asos manba bo’lib qolaveradi. Albatta, Rigvedadan oldin qandaydir boshlanish bo’lgan bo’lishi mumkin.
Vedalar tarkibiga turli davrlarda yozilgan bir necha kitoblar kirgan bo’lib, ular ichiga ibodat, marosimlar, falsafiy ta’limotlar, tarixiy xabarlarni olgan edi. Vedalar to’rt yirik to’plamdan iborat:
Rigveda “Madhiyalar vedasi”)
Samaveda (“Qo’shiqlar vedasi”)
Yajurveda (“ Qurbonliklar vedasi”)
Atxarvaveda (“ afsun va jodular vedasi”)
Do'stlaringiz bilan baham: |