1-mavzu. Kirish. Chorvachilik mahsulotlarini texnokimyoviy nazorati fanining ahamiyati va vazifalari



Download 249,54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/13
Sana12.08.2021
Hajmi249,54 Kb.
#145549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-марузаТХН лот

Mavzu bo'yicha mashg'ulotlar: 

 Korxonalarda texnokimyoviy nazoratni tashkil etishning umumiy qoidalari 

1. Ishlab chiqarish sharoitida texnokimyoviy nazoratni tashkil etish. Texnologik 

sxemalar, boshqaruv kartalari. 

Mavzu bo'yicha mashg'ulotlar: Chorvachilik mahsulotlarini texnokimyoviy nazorat 

1. Go’sht xom ashesi texnokimyoviy nazoratni tashkil etish. 

2. Kolbasa sexida texnokimyoviy nazoratni tashkil etish. 

3. Sut va sut mahsulotlari sifati ko'rsatkichlarini aniqlash. 



2. Oziq – ovqat maxsulotlari xavfsizligini axamiyati 

 

Axoli  sog’ligini  ta’minlash  davlat  axamiyatidagi  vazifalardan  hisoblanadi. 

Millatning  sog’ligi  va  ish  qobiliyatini  belgilovchi  muxim  omillardan  biri 

ovqatlanish  hisoblanadi.  Ma’lumki,  odamni  ovqatlanish  xususiyati  va  oziqaviy 

o’zini  tutishi  evolyusiya  jarayonida  va  ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar  natijasida 

o’zgaradi.  

Oziq – ovqat mahsulotlarini xavfsizligi – qimmatli va daxlsiz ne’matdir. Xar 

birimiz xar kuni oziq – ovqat mahsulotlari iste’mol qilamiz va mazkur mahsulotlar 

sog’liqga zararsiz ekanligi xaqida ishonch xosil qilishimiz kerak.    



Oziq 

ovqat 


maxsulotlarini 

yuqori 


xavfsizlik 

darajasi 

xavflarni 

kamaytirishning  takomillashgan  tizimini  yaratilishi  natijasida  ta’minlanishi 

mumkin.  O’zini faoliyat xususiyatlarini xisobga olgan xolda ushbu tizimni mas’ul 

tomonlari qishloq xo’jaligi, oziq ovqat va qayta ishlash sanoati, savdo korxonalari, 

nazorat  organlari,  fan  va  siyosat  xisoblanadi.    Shu  bilan  bir  qatorda,  xayotni 

ko’pgina  boshqa  soxalari    kabi,  amaliy  nuqtai  nazardan  yuz  foizlik  xavfsizlik 

kafolatini  ta’minlash        mumkin  emas,  chunki  oziq  ovqat  maxsulotlarini  ishlab  

chiqarish dinamik rivojlanib bormoqda.  

Oziq-ovqat  mahsulotlarini  xavfsizligi  to’g’risidagi  qonunlarni  birinchi 

avlodi  (XX  asr  boshlari)  uni  buyruq  va  nazorat  shakllarida  tartibga  solgan. 

Xavfsizlikni  ta’minlash  siyosati  aniq  mamlakatdagi  vaziyatga  yo’naltirilgan  edi. 

Siyosat  asosi  ishlab chiqarish  liniyasini uzluksiz nazorat qilish,  mahsulotni vizual 

nazorat  qilish  va  gigiyenik  amaliyotni puxta  amalga oshirishni tashkil qilish  yo’li 

bilan sanoat boshqaruvi amaliyoti hisoblanar edi.  

Oziq-ovqat  mahsulotlarini  xavfsizligi  to’g’risidagi  qonunlar  ikkinchi 

avlodining  (XX  asr  oxiri  XXI  asr  boshlari)  asosida  jamoat  sog’ligiga 

yo’naltirilgan,  ogohlantiruvchi  (preventiv)  siyosatni  qabul  qilinishi  zaruriyatini 

o’sib  borayotgan  global  tushunilishi  yotadiki,  u  fermadan  boshlab  yakuniy 

iste’molchigacha bo’lgan oziqaviy xavflarni kompleks boshqarilishini ta’minlashi 

lozim.  


Xavfsizlik  siyosati  zamonaviy  bosqichini  o’ziga  xos  xususiyati,  oziq  ovqat 

maxsulotlari  xavfsizligini  ta’minlashning  muxim  omillari    ekologik  vaziyatni 

yomonlashuvi  bilan  bir  qatorda  oziq  ovqat  maxsulotlarini  qayta  ishlash 

texnologiyasidagi  o’zgarishlar,  xalqaro  savdo  va  tarmoqlangan  logistika  tizimi 

xisoblanishi  bilan  belgilanmoqda.  Global  bozorlar,  xalqaro  tovar  oqimlari, 

shuningdek  ishlab  chiqarish  texnologiyasi  va  iste’mol  odatlaridagi  tez  o’zgarib 

borayotgan  tendensiyalar  yangi  xavflarni  yuzaga  keltirmoqda  va  oziq-ovqat 

mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashning yangi strategiyalarini talab qiladi.   

Xavfsizlikni  ta’minlash  strategiyasini  aniqlashtirishda  kam  axamiyatli 

bo’lmagan omillardan biri oziq ovqat maxsulotlari uchun bo’lgan ekologik xavflar 

xisoblanadi. Yaqin vaqtlargacha sanoatni muvaffaqiyatli rivojlanishi atrof muhitga 

ko’p miqdordagi ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlanishi bilan bog’liq edi. 

Mamlakatlar  bo’yicha  statistika  buni  tasdiqlaydi.  Sanoat  ishlab  chiqarishi  xajmi 

bo’yicha  lider  -  mamlakatlar    atmosfera,  suv  xavzalari  va  to’proqga  chiqarib 

tashlanadigan  ifloslantiruvchi  moddalar  xajmi  bo’yicha  ham  birinchi  o’rinlarni 

egallab turishmoqda. Ular o’rtasida Xitoy, AQSh, Germaniya, Yaponiya, Rossiya, 

Xindiston va Braziliya. 

Ta’kidlash  lozimki,    ko’pgina  mamlakatlarda  oziq  ovqat  maxsulotlari 

xavfsizligini  oshirish  borasida  sezilarli  yutuqlarga  erishilgan  bo’lsada  alimentar 



kasalliklarni    ko’payishi  yuqori  bo’lib  qolmoqda.  Har  yili  millionlab  odamlar 

xavfsiz  bo’lmagan,  jumladan  tashqi  muhitdan  kontaminantlar  bilan  ifloslangan  

oziq-ovqatni  qabul  qilinishi  natijasida  kasallanishadi.  Bundan  tashqari,  oxirgi 

yillarda  kuzatilayotgan  u  yoki  bu  kasalliklarni  chaqiradigan  bakteriyalarni 

antimikrobli preparatlarga rezistentligini oshishi vaziyatni yanada chigallashtiradi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                    

Jamoatchilik  iste’mol  qilinayotgan  oziq  ovqat  maxsulotlarida  mavjud 

bo’lgan  patogen  va  kimyoviy  moddalar  bilan  bog’liq  bo’lgan  xavflarni  yanada 

teranroq  anglab  yetmoqda.  Oziq  ovqat  maxsulotlarini  xavfsizligi  bo’yicha 

tashvishlar  oshib  borayotgan  zamonaviy  sharoitlarda  yangi  texnologiyalarni, 

jumladan  gen  muxandisligi  va  nanotexnologiyalarni  tadbiq  etilishi      o’ziga  xos 

vazifalarni  yechish  zarurligini  belgilaydi.  Ozuqaviy  xavfsizlik  siyosatini  xozirgi 

davr  xususiyati    shu  xam  xisoblanadiki,  uni  rivojlanishi  jamoaviy  ishtirok  etish, 

transparentlik  va  xalqaro  miqyosda  kelishilgan  usullardan  foydalangan  xolda 

kechishi kerak. Oxirgi yillarda kelib chiqishi oziqaviy bo’lgan kasalliklar va ularni 

sabablari  to’g’risidagi  aniq  ilmiy  bilimlar  asosida  xavflarni  taxlil  etishga 

o’tilmoqda.  Bu  esa  xam  milliy  va  xam  xalqaro  darajada  oziq  ovqat  maxsulotlari 

xavfsizligini belgilaydigan profilaktik choralarni ko’rish uchun asos yaratadi.  

Mazkur  fanda  oziq-ovqat  maxsulotlarini  milliy  va  xavfsizlik  jixatlari, 

O’zbekiston  Respublikasi  va  Bojxona  Ittifoqida  oziq-ovqat  maxsulotlari 

xavfsizligini ta’minlashning me’yoriy-qonuniy asoslari, ovqatlanish maxsulotlarini 

tashqi  muxitdagi  birikmalar  va  kelib  chiqishi  tabiiy  bo’lgan  toksinlar 

ifloslanishining  asosiy  ko’rinishlari  va  yo’llari,  ovqatlanish  maxsulotlarini  ishlab 

chiqarishda  genmodifikasiyalangan  organizmlar  va  nanotexnologiyalardan 

foydalanishning  potensial  xavflari,  oziq-ovqat  maxsulotlarini  oziqaviy  moddalar 

bilan  boyitish  xavflari,  sut  va  sut  maxsulotlari,  go’sht  va  go’sht  maxsulotlarini 

xavfsizligi masalalari tizimli ravishda yoritiladi.  




Download 249,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish