Biologik usulda urug’larning unuvchanligi, ulardagi zaharli
moddalar, mikroorganizmlar, kasallik hamda zararkunandalar bilan
zararlanishi aniqlanadi.
Fiziologik usulda oziq, moddalarning oziqaviylik qimmati, kaloriyasi
va biologik qimmati aniqlanadi.
Paxta, zig’ir va kanop tolasining pishiqligini, ulardagi ayrim zararli
mikroorganizmlar va mahsulotning zararlanish darajasini mikroskopik
usulda aniqlanadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining texnologik xossalari va qimmati
texnologik usulda aniqlanadi. Mahsulotning texnologik xossalari uning
sifati bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’langan.
Do'stlaringiz bilan baham: |