Mutaxassislik-kasb ichidagi kasbiy faoliyat ko‘rinishlaridan biridir. Biroq birmuncha qisman, oraliq natijalarni erishishga yo‘nalgan (muhandis-tadqiqotchi, muhandis-o‘qituvchi, muhandis-konstrkutor).
Professionallik - ahamiyatli kasbiy natijalarga erishish va faoliyatini yuqori darajada amalga oshirish imkonini beruvchi, psixik sifatlarni zarur me’yoriy to‘plamiga ega bo‘lgan shaxsning ichki tavsifnomasidir.
Har qanday holatda xam shaxs kasb tanlash jarayonida 2 ta savolga to‘qnash keladi va unga javob berishga harakat qiladi. Xususan, tanlayotgan kasbim menga qay darajada to‘g‘ri keladi yoki men tanlagan kasbimga mosmanmi? Boshqacha qilib aytganda, menga tanlagan kasbim qay darajada yoqadi? Menda ushbu kasbga nisbatan layoqat, qobiliyat, imkoniyatlarim yyetarlimi? Yuqoridagi savollarga javob berish shaxs kasbiy ta’limining samaradorligini bildiradi va kelgusidagi muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlaydi.
|