1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja


-MAVZU: KASBLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI



Download 1,53 Mb.
bet32/101
Sana28.06.2022
Hajmi1,53 Mb.
#717204
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101
Bog'liq
1-mavzu kasb psixologiyasining predmeti reja

3-MAVZU: KASBLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI
Reja:
1. Kasb tushunchasi
2. Shaxs qiziqishlari va kasb
3. Kasblarni psixologik tizimlash


Tayanch tushunchalar: Shaxs kasbiy layoqati, kasb tushunchasi, kasblar turi, kasb tanlash, shaxs qiziqishlari.


Inson bolasi voyaga yetgach o‘z qiziqish va qobiliyatlariga ko‘ra biror kasb yoki hunarni tanlaydi.Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki, kasbiy faoliyat uzoq vaqt davomida inson hayotining ajralmas qismiga aylanib qoladi. Psixologik tadqiqotlarning natijasiga ko‘ra ham odamlarning salomatligi hamda o‘zini baxtli his etish darajasi uning tanlagan kasbi bilan uzviy bog‘liq ekan. O‘z kasbin ota – onalarning majburlashi orqali tanlagan insonlarda esa sog‘liqning yomonligi, ruhiy tushkinlik, o‘zini baxtsiz hi etish, kasbiy faoliyatida hech qanday o‘sish kuzatilmagan. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanoq uning kelajagi to‘g‘risida o‘ylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta’lim-tarbiya o‘quvchining turli fanlarga bo‘lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa qaysidir fanlarga bo‘lgan qiziqishi tez seziladi, ya’ni tasviriy, musiqaviy va hokazolar. O‘smirlik davriga kelib, muammo yanada kuchayadi. Ko‘pgina o‘quvchilar va ota-onalarga qanday kasbni tanlashlari oldindan ma’lum bo‘ladi: ular “Men shifokor bo‘laman”, “Bizning o‘g‘limiz, qizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi. Shunday bo‘lsada, kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo‘yicha xavotirlanish holatlari sezilib turadi. Omadsizlikka uchrasa-chi? Ayrim o‘quvchilar uchun to‘qqizinchi sinfni bitirgach, kasbiy yo‘nalishlarini tanlash – eng dolzarb masala bo‘lib qoladi.
Ko‘pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo‘lsam ekan yoki qaysi sohani mutaxassisi bo‘lsam ekan? – degan savolni o‘z oldilariga qo‘yib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi. Natijada o‘quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Hech qanday maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib yetmasdan maktab bitiruvchilarining bir qismi darhol ishga joylashadi. Bunda kasb dunyosida o‘z o‘rnini qidirish o‘zgacha ma’noga ega bo‘ladi. Kasb - hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to‘liq yechilmagan bo‘ladi. Ularning bir qismi tanlovning to‘g‘riligiga o‘qishning birinchi yilidayoq ikkilanib qolishadi, boshqalari – mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo‘yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo‘yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga qo‘shilib qoladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo‘lib qolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik bilan qarash mehnat olamida o‘zini topishida ma’lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan o‘quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo‘ladi. Kishilarning individual-psixologik xususiyat-larini kasb talablari bo‘yicha kasbiy tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy tanlov o‘tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi ya’ni unga ko‘ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim. Bo‘lajak mutaxassis shaxsida yangi a’zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo‘lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko‘nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O‘zgargan kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs psixologik tuzilishidagi keskin o‘zgarishlar kishining hayotini ham o‘zgartiradi. Oldingi – “maktab – oila –jamiyat” tizimi o‘rnida yangi ya’ni “kasb-oila ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar” vaziyati kelib chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida kasb-muhit omili muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Har bir kishining hayotida kasbiy rivojlanish bo‘yicha o‘zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo‘ladi. Masalan: kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo‘lgan layoqatini yo‘qotish, majburiy ishdan bo‘shash va boshqalar. Bunday voqealarining paydo bo‘lishi bexosdan yoki qandaydir sharoitlar tufayli, gohida esa mutaxassislik sababi natijasida bo‘ladi. Ko‘p hollarda normativ bo‘lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar hisoblanadi. O‘z kasbini ustasi bo‘lishga erishish variantlari ko‘p bo‘lib, bu borada talaygina muammolar paydo bo‘ladi. Shaxsning kasbiy rivojlanishi turli xilda namoyon bo‘lishini qanday tushuntirib bersa bo‘ladi? Nega bir kishi hayoti davomida ma’lum bir kasbga sodiq qoladi, boshqasi esa yillar davomida mehnat turlarini o‘zgartirib turadi? Kasbni o‘zgartirish sabablari (qanday) nimada? Kasbdan qoniqish, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi, lavozimlardan ko‘tarilishi qanday omillarga bog‘liq? Qanday qilib kasb ustasi bo‘lish mumkin? Insonning kasbiy hayotini o‘zgarishida shu savollarga javob berish kerak bo‘ladi.
Shu bois talaygina muammolar ishsizlikni keltirib chiqaradi. Bu esa ertangi kunga bo‘lgan ishonchsizlik psixologik zo‘riqishni kuchaytiradi. Bunda ko‘pgina ishsizlar uchun kasbini o‘zgartirish muammosi kelib chiqadi. Yangi kasbni shakllanishi jarayonida kasbiy qarashlar shaxs xususiyatlarining o‘zgarishini talab etadi. Har bir kishining kasbiy hayotida kasbiy rivojlanish inqirozlari uchrab turadi. Bir necha yil davomida ma’lum bir sohada faoliyat ko‘rsatish mutaxassisning kasbidan zerikish holatlarini keltirib chiqaradi. Kasbiy tiklanish shaxs faolligini susaytiradi, hordiq chiqarish imkoniyatlarini qidirishga olib keladi.
Hozirgi kunda sun’iy intellektli texnologiyani hamma joyda uchratish mumkin. U quyidagi maqsadlarda ishlatiladi: logistikani rejalashtirishda, moliyalashtirishda, ma’lumotlarni taxlil qilishda, ishlab chiqarishda, internetdagi izlash tizimsida, avtomobillarda, mobil telefonlarda va hokazolarda. Sun’iy intelektning psixik sog‘likni saqlashda ishlatilishi, shubhasiz, psixologik amaliyot va izlanishlar olib borilishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Tarixdan ma’lumki, psixologiya sun’iy intellekt sohasiga katta hissa ko‘shgan. Masalan, Frank Rozenblatt psixolog bo‘lgan va neyron turi konsepsiyasi asosida ishlaydigan, o‘zidan o‘zi bilim o‘rgana oladigan Mark 1 Perceptron mashinasini yaratgan. Devida Rumelxarta va uning xamkasblari ( Rumelhart, McClelland & PDP Research Group, 1986) neyron turi xotira modelini o‘rganib, mashina singari bilim olishni rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishdi. Bundan tashkari, 1960- yilda psixologiyada butun kognitiv revolyutsiya, ya’ni kompyuter modelining odamga xos anglash xususiyati qiziqishni uyg‘otdi. Sun’iy intellekt texnologiyasini malakali qo‘llanmalari mavjud va ular bemorlarga, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchilarga, avtomobil yullarida xizmat ko‘rsatishni yaxshilashda, samaradorlikni oshirishlarida foyda keltirishi mumkin. Ammo, bu texnologiyani qo‘llashda salbiy oqibatlarga olib kelishi xavfi bor. Bir xil kasbiy faoliyati jarayonida mutaxassisda muhim kasbiy fazilatlar rivojlana boshlaydi. Shaxsning o‘z kasbiy ustasi bo‘lishi faoliyat mahsuldorligiga ta’sir etadi. Qanday qilib mutaxassisning ishga bo‘lgan layoqatini saqlab qolish, gohida esa tiklash mumkin. Ma’lumki, mutaxassis muntazam ravishda kasbiy psixologik tomonidan yordamga muhtoj bo‘ladi. Jamiyatimiz uchun dolzarb psixologik muammolardan biri-bu ishchining nafaqaga chiqishi hisoblanadi. Ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o‘zgarishi yangi ijtimoiy vazifa – nafaqaxo‘rlar uchun psixologik qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, ular psixologik ko‘mak va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladilar. Shaxs va kasblarga moslashuvning ko‘p jihatli psixologik fundamentlari an’anaviy tarzda mehnat psixologiyasi tomonidan tadqiq etilgan. Ammo shaxsning to‘liq kasbiy shakllanish jarayoni aniqlanmagan. XX asr bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan mehnat psixologiyasi kasbiy faoliyat turlarini, faoliyatning insonga, uning psixofiziologik imkoniyatlariga bo‘lgan talablarini, kasbiy qobiliyat, ko‘nikmalarini o‘rganadi. Mehnat psixologiyasining muhim vazifalaridan biri, mehnat sharoitlari, vositalari va mazmunini tahlil qilishdan iborat. Ishlab chiqarishdagi turli nuqsonlarni, layoqat va charchoqni diagnostika qilish orqali optimal ish tajribasini aniqlashga katta e’tibor beriladi. Ammo tadqiqotchilar diqqat markazida asosan mehnatning ijrochilik operatsion jihatlari, uning psixofiziologik tavsiflari turadi. Mehnat psixologiyasining asosiy muammosi bu insonning mehnat qurollariga, vositalariga, jarayon va sharoitlarga ko‘nikishidir. Bunda kishining mehnat faoliyatiga moslashuvi psixologik va fiziologik usullar asosida o‘rganilgan.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, mehnat faoliyati borasidagi psixologik tadqiqotlar insonlarda kasbiy maqsad, kasbiy o‘zlikni anglash, kasbiy shakllanish, kasb tanlash va uni o‘zgartirish sabablari haqida, kasbiy rivojlanish bosqichlari haqida to‘liq tasavvurni bermaydi. Ular esa o‘z navbatida kasbiy psixologiyaning predmetini tashkil qiladi. Aynan kasb tanlash borasidagi ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ongli kasb tanlash, kasbiy inqiroz va qiyinchiliklarni yengib o‘tishda mazkur fanga doir bilimlarni bilish talab qilinadi. Shu bois, hozirgi kunda kasbiy psixologiyaga doir bilimlarga zarurat sezilmoqda.
Keng tarqalgan ta’riflarga ko‘ra psixologiya – psixik faktlar, ularning qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganadi. Shuningdek, psixologiya inson faoliyati va xulq-atvorida ob’ektiv reallikning aks etishi qonuniyatlari haqidagi fan. Psixologiya sohasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar va o‘rganilgan nazariy manbalar, shuningdek fanlararo o‘zaro integratsiya jarayonlari psixologiya tarmog‘ida ko‘pgina o‘z predmetiga ega bo‘lgan sohalarni ajralib chiqishiga turtki bo‘ldi. Ular jumlasiga kasbiy psixologiyani kiritishimiz mumkin. Maktab o‘quvchilarining mayllari, havaslari, intilishlari, xohishlari, motivlari, ezgu-niyatlari xususan kasbkorga bo‘lgan qiziqishlari, motivlari, ehtiyojlari tug‘ilishi psixologiya fanining shaxs muammosi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash demakdir. O‘quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish to‘g‘risidagi hujjatlarda o‘quvchilarni mustaqil kasb tanlashga (o‘z imkoniyatlarini o‘zi baholash orqali) o‘rgatish juda muhim va zarur vazifa ekanligi ta’kidlanadi. Shunga ko‘ra psixolog olimlar, metodistlar, tashxis Markazi xodimlari keng jamoatchilik bilan birgalikda kasbga doir bilimlarni keng tashviqot qilishlari, kasb-kor tanlashga oid yo‘l-yo‘riqlari va metodlar ishlab chiqishlari, kasb tanlash maslahatlari rasmiy shaxobchalari kengaytirilishi, professiogramma, professiografiya, psixogrammalar ko‘lami orttirilishi lozim. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha ta’lim oluvchilarni ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so‘ng kasbga yo‘llash kerak. Hozirgi davrda xalq ta’limi bo‘limlarida, ishlab chiqarishda, aholini ish bilan ta’minlash muassasalarida, kollejlar va Oliy ta’lim muassasalarida yoshlarga kasb tanlash yo‘liniko‘rsataditan maxsus kasb-hunar xonalari tashkil etilgan. Bu borada Respublika tashxis markazining, hamda joylardagi uning bo‘limlarining faoliyati ibratlidir. Bundan tashqari malakali psixologlar va pedagoglar (shu jumladan mahalla tarbiyachisi), murabbiylar, muxandislar va texniklar har bir kasb-hunarning o‘ziga xos tomonlari haqida malakaviy maslahatlar tashkil qilishadi. Lekin yoshlarning kasb-hunar tanlashi asosan o‘rta maktabdan boshlanadi, shunga ko‘ra o‘quvchilar kichik jamoasi bilan psixologlar oldida turli yoshdagi jinsdagi ta’lim oluvchilarni kasbga qiziqtirish, mehnat qobiliyatlarini rivojlantirish, ichki imkoniyatlarini ishga solish (o‘zini-o‘zi namoyon etish) kabi muhim vazifa turibdi. Psixologlar bundan tashqari, o‘quvchilarning aql idroki, qobiliyatlarini hamda muayyan kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash metodlari, usullari, texnologiyasi, akllari mezonlari va tarkibiy qismlarini ishlab chiqishlari shuningdek, bu sohada ilmiy- tadqiqot ishlari olib borishlari zarur.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki psixologiya fani o‘quvchilarning kasb-hunar tanlashiga yordam beradigan, yo‘l-yo‘riqlar va tavsiyalar, mukammal qo‘llanmalar, aksariyat kasb-hunarning professiogrammasini hali to‘liq ishlab chiqqan emas. Lekin shaxs psixologiyasiga oid amaliy va nazariy materiallar yetarli miqdorda yaratilgan. Shaxs psixologiyasi masalalarini yoritish, ya’ni shaxsning bilish qobiliyatlari, aql-idroki, aql-zakovati, individual tipologik xususiyatlari, ruhiy holatlarini aniqlash yo‘li bilan uning nimalarga qodir, qanday kasb-hunarga yaroqligi to‘g‘risida aniq fikr bildirish muayyan tavsiyalar berish mumkin. Ilk o‘spirinlar va katta o‘smirlarning kasb tanlashi katta hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan ham shaxsiy, ham ijtimoiy muammo bo‘lganligidan bu jarayonda ota-onalar, jamoatchilik va turli kasb ustalari ham faol qatnashishlari kerak, chunki yoshlar ko‘p hollarda kattalarning maslahatlari va tavisiyalarini hisobga olgan holda qat’iy bir fikrga, qarorga kelishlari mumkin. Shuni ham aytib o‘tish o‘rinliki, ta’lim oluvchilar kasb tanlash borasidagi o‘z qarorlarini, ko‘pincha, har tomonlama dalillab bera olmaydilar, biroq ularning ko‘pchiligi bu masalaga ongli ravishda yondashishga intiladilar. Maktabdagi kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarining samarali bo‘lishini maktabning kasb - hunarga yo‘naltirish xonasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Maktabning kasb-hunarga yo‘naltirish xonasi “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish xonasi to‘g‘risidagi Nizom” asosida tashkil etiladi va jihozlanadi. Mazkur nizomda maktab kasb-hunarga yo‘naltirish xonasining vazifalari, unda o‘tkaziladigan tadbirlar, stend va ma’lumotlar bo‘lishligi haqida aytib o‘tilgan. Maktab kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassisining asosiy vazifasi o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishni ta’minlovchi barcha ma’lumotlar bankini yaratishdan iborat. Bu maqsadda kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassis tuman (shahar) tashxis Markazidan olgan kasbiy axborotlar, kasblar ro‘yxati, tasnifi, hududiy kasblar ro‘yxati, kasblarga bo‘lgan ehtiyoj va boshqa kasbiy tashxis metodikalari, tavsiya yo‘riqnomalardan foydalaniladi. Maktab kasb-hunarga yo‘naltiruvchi mutaxassisi tomonidan o‘quvchilarni kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish, kasblar haqidagi ma’lumotlarni to‘liqroq anglab yetishi shuningdek, ularning kasb tanlashdagi reallikni vujudga keltirish maqsadida maktabda ilg‘or kasb egalari, kasb faxriylari, kasb sulolalari bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, kechalar va ma’ruzalar tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu tadbirlar o‘quvchining shu kasbga bo‘lgan qiziqishini yanada qat’iylashishini vujudga keltiradi.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish