1-mavzu: kasb psixologiyasining predmeti reja


Matematik ishlov berish metodlari guruhi



Download 1,53 Mb.
bet30/101
Sana28.06.2022
Hajmi1,53 Mb.
#717204
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101
Bog'liq
1-mavzu kasb psixologiyasining predmeti reja

Matematik ishlov berish metodlari guruhi. Miqdoriy ma’lumotlarga ishlov berish usullariga tadqiqot xulosalarini chiqarishning statistik usullari hamda ular o‘rtasidagi ma’lum aloqalarini aniqlash, ilgari suralgan gipotezaning haqqoniyligini tekshirish kabilar hisoblanadi. Natijalarga matematik ishlov berish, tadqiqotlarning isbotlanganligini (reprezantliligi) tanlab beradi. Sifat ko‘rsatkichlarining miqdoriy ishlov berilganlik bilan bir qatorda psixologik tadqiqotning ob’ektligi sezilarli darajada oshiriladi. Tadqiqot usullarining to‘g‘riligi nafaqat qo‘llanilgan matematik apparatning takomillashganligiga balki, o‘rganayotgan hodisa va ob’ektlarni real miqdoriy tavsiflarini qay darajada aks etishiga bog‘liq. Bu talablarga rioya etmaslik, matematik o‘lchovni oddiy formulalar o‘yiniga aylantiradi. Ta’lim yoki tarbiyaning u yoki bu amallarini yoki tomonlarini baholash uchun miqdoriy belgilarni topish – matematik muammo hisoblanmaydi. Bu vazifani tadqiqotchi psixologlar hal etishi kerak. Ammo bu masalani hal etish uchun o‘lchov usullarining qo‘llash chegaralari va sharoitlarini hisobga olib, psixologik hodisalarni to‘g‘ri o‘lchash kerak bo‘ladi.
O‘lchov – ma’lum qoidalarga muvofiq voqealar va ob’ektlarga raqamlarni qo‘yib, yozish raqamli tavsiflarni, narsa – buyum va hodisalarga qo‘shilib yozilishining eng oddiy metod – ularni qayd etishdir. Qayd etishning mohiyati shundaki – qandaydir belgini ajratib kuzatish va eksperimentda shu belgisi bo‘lgan predmet yoki hodisa paydo bo‘lsa shu holat muntazam qayd etib boriladi. Masalan, o‘qish sabablarini o‘rganishda so‘rovnoma asosida javobning u yoki bu variantini tanlangan talabalar sonini aniqlashadi qayd etish natijalariga statistik ishlov berish o‘rganilayotgan hodisalarga nisbatan ayrim muhim umumlashgan va xulosalarni qilish imkonini beradi. Qayd etishning muhim xususiyati shundaki, u psixologik – pedagogik tadqiqotlarda ko‘p uchraydigan hol bo‘lib, ya’ni o‘rganilayotgan xodisalarning belgilarini aniqlash, imkoni bo‘lmagan hollarda ham miqdoriy jihatlarini tahlil qiladi.
Masalan talabalarning bilim va malakalari darajasini, u yoki bu ma’naviy sifatlarining rivojlanishi bu ta’lim metodining samarali darajasini to‘g‘ri o‘lchash qiyin. Ammo shunga tegishli voqealarni – xatolar, o‘zini tutishi va hokazolarni qayd etib, bu sifatlarning ma’lum miqdoriy tavsifini olish mumkin. Demak, ular paydo bo‘lishining qonuniyatlarini o‘rganish mumkin. Ma’lumotlarga miqdoriy tavsif berishning keyingi metodi – tartibga solish operatsiyasidir. Uning mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan hodisalar ma’lum belgi hajmining o‘sish yoki pasayish tartibida joylashadi. Keyin ob’ektlarning har qaysi guruhiga o‘sish yoki pasayish qatoridagi bir guruh o‘rniga tegishli bo‘lgan son bo‘ladi. Bu ob’ektlarda o‘rganilayotgan sifatning tartibini ko‘rsatib beruvchi sondir. Ma’lumotlarni tartibga solgandan keyin ularni guruhlashadi. Buning uchun o‘rganilayotgan sifat ma’nosini ma’lum intervali o‘lchov belgisi deb qabul qilinadi. O‘rganilayotgan hodisalarda belgi ma’nosi necha marta shu o‘lchov birligi kuzatilayotgan ob’ektda namoyon etilishi son bilan belgilanadi. Ma’lum sabablarga ko‘ra, matematik apparatni qo‘llashda va o‘lchovda qiyinchiliklar kelib chiqadi.
O‘lchov natijasida olingan miqdoriy sifatlar matematik statistika usullari yordamida ishlab chiqiladi va bu empirik natijalarni umumlashtirishga “Tasodifiy” natijalar sababini tushuntirishga unga ma’lum ishonarli izoh berishga imkon beradi. Amaliy psixologiyada miqdoriy ma’lumotlarga ishlov berishning eng keng tarqalgan usullari – dispersion, korrelyatsion va omilli tahlil usullaridir.

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish