Kosmik kartografiya alohida kurs sifatida o„rganilmoqda.
Hozirgi vaqtda karta tuzishda va uni nashr qilish jarayonida kompyuterdan keng foydalanilmoqda, natijada karta tuzish va nashr qilish tezlashib, sifati yaxshilanmoqda.
Keyingi paytlarda kartografiyada vujudga kelgan yangi tarmoq – Er tasvirining umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliyotda foydalanishni
o„rganuvchi Geoikonika fani tez sur‟atlar bilan rivojlanmoqda.
Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa, televidenieda, gazeta va jurnallarda kartadan keng foydalanilmoqda, bu esa ko„rsatuvlarning mazmuni, sifati va ko„rgazmaliligini oshishiga sabab bo„lmoqda. Natijada televezion
kartografiya shakllanmoqda.
Kartografiya fanining rivojlanishida Eratosfen, Ptolomey qatori O„rta
Osiyolik buyuk allomalar Beruniylarning xizmatlari
Muhammad Muso Xorazmiy va Abu Rayhon nihoyatda kattadir. Dunyo kartografiya fanining
shakllanishiga G„arbiy Evropa olimlari Merkator, Sanson, Snelluslar va rus olimlari F. N. Krasovskiy, A. Izotov, L. M. Preobrajenskiy, Saliщev K. A. Berlyant A. M.lar ham katta hissa qo„shganlar.
Globuslar– er, planetalar yoki samoviy sharsimon aylanib turuvchi jismlarning modelidir. Globuslar masshtab, meridian va parallellar tizimi, ma‟lum
bir shartli belgilardan iboratdir. Kartalarda mavjud proeksiyalardagi xatoliklar, masshtablarning o„zgarishi, kontur va yo„nalishlarnig to„la o„xshamasligi globuslarda bo„lmaydi. Kartalarga o„xshab, globuslar ham ob‟ektlar bo„yicha(er, planetalar, samoviy jismlar), mavzular bo„yicha (umumgeografik, geologik,
siyosiy va b.) hamda o„lchamlari bo„yicha (katta xonalar uchun, stol usti, kichik va ixcham(miniatura)li), qo„llanilish bo„yicha(o„quv, navigatsiya va b.) bo„linadi. Zamonaviy globuslar plastik materiallar va mexanizmlardan tayyorlanib, ichi
yoritiladigan, planetalarni aylanishini modellashtirilgan holda ishlab
chiqarilmoqda. Er globuslarining asosiy masshtablari 1:30 mlndan 1:80 mln gacha. Ba‟zida yig„iladigan globuslar ishlab chiqilmoqda, ularning yordamida erning ichki tuzilmasini ham o„rganish mumkin.
Atlaslar– yagona san‟at asari sifatida, maxsus dastur asosida kartalarning tizimli to„plamidir. Atlaslarda kartalar mavzulari bo„yicha bir biriga bog„langan holda, bir birini to„ldira oladigan maxsus mazmun va tahlil qilishga moil holda tuziladi. Atlaslar xududlar qamrovi, qo„llanilishi, o„lchamlari va boshqa ko„rinishiga qarab tasniflanadi. Ular kitob va albomlar shaklida, umumiy tikilgan yoki alohida varaqlardan iborat holda, karabka va papkalarga solingan holda nashr qilinadi. Kartalardan tashqari atlasda ma‟lumotlar matni, statistik materiallar, grafiklar va suratlardan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |