Geografik kartaning elementlari
Geografik karta tuzish va undan to„la foydalanish uchun uning xususiyatlarini bilish zarur. SHuning uchun ham karta tuzishda va undan foydalanishda tahliliy yo„ldan foydalaniladi. Kartaning har bir elementi alohida o„rganilishi, bu elementlarning vazifasi, ahamiyati va ular orasidagi o„zaro bog„liqlikni bilish kerak. Kartografik tasvir geografik kartaning negizidir, unda tabiiy va ijtimoiy- iqtisodiy voqea va hodisalar to„g„risida etarli darajada ma‟lumot berilib, ularning tarqalishi, holati, o„zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma‟lumotlar geografik kartaning asosini tashkil qiladi.
1-rasm. Umumgeografik karta elementlari.
Kartaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topadi. Masalan, umumgeografik kartaning mazmunini quyidagi elementlar tashkil qiladi: suv ob‟ektlari, er yuzasining relefi, o„simliklar qoplami va tuproq, aholi yashaydigan joylar, aloqa yo„llari va aloqa vositalari, sanoat, qishloq xo„jaligi, madaniy ob‟ektlar va ma‟muriy chegaralar.
Geografik elementlar (1-rasm) hamma kartalarda bir xilda mukammal tasvirlanmaydi. Masalan, biron mavzuga bag„ishlangan kartada uning mazmuniga mos hududdagi georgafik elementlar tanlanadi. Misol uchun tuproqlar kartasida aloqa yo„llari va aholi vositalari, relef kartalarida aloqa yo„llari va aholi
yashaydigan joylarning hammasi tasvirlanishi shart emas. Lekin kartaning mazmuni va maqsadiga, tasvirlanayotgan elementlarning ahamiyatiga qarab ba‟zi bir geografik elementlar hamma mavzuli kartalarda bo„lishi shart. Masalan, O„rta Osiyoga tegishli mavzuli kartalarda suv (gidrografik) ob‟ektlarning ahamiyati katta bo„lgani uchun imkoni boricha to„laroq ko„rsatiladi. CHunki suv ob‟ektlari
(gidrografiya) mavzuli kartalarning boshqa elementlarini bir-biriga bog„lovchi zarur elementdir.
Kartaning geometrik jihatdan aniq va tasvirlarning to„g„ri bo„lishi kartaning matematik asosiga bog„liq. Matematik asos, o„z navbatida, bir qancha elementlardan tashkil topgan. Masalan, proeksiya va koordinata turi, masshtab hamda geodezik asos (triangulasiya, poligonometrik va nivelirlash shoxobchalari) va komponovka. Hamma kartalar kartografik proeksiyalar asosida tuziladi va Er ellipsoidini tekis yuzaga yoki qog„ozga tushirish yo„llarini ko„rsatib beradi.
Kartografik to„r (geografik kenglik va geografik uzoqlik) esa geografik elementlarning er yuzasidagi o„rnini tasvirlaydi. Lekin ba‟zi bir kartalarda kartografik to„r berilmasligi ham mumkin. Masalan, geografik atlasdagi faqat siyosiy-ma‟muriy va tabiiy kartalarda ko„rsatilsa bo„ladi. CHunki ba‟zi bir tasvirlangan hududlar maydon jihatdan kichkina bo„lsa-yu, kartografik to„r ko„rsatilsa, kartaning o„quvchanligi qiyinlashadi, yoki kartada va larni
Картанинг математик асоси
Геодезик асос
Масштаб
Картографик хатолик
Таянч пунктлари
Тузилиши бўйи- ча бўлиниши
Дав. Геодез. Шохоб.
Картографик хатолик
Узунлик масштаби
Сонли
Географик координаталар
Кенглик
60 зона
Тўғри цилиндрик
Кўндаланг цилиндрик
Тўғри азимутал
|
Кўндаланг азимутал
|
Қийшиқ азимутал
|
Тенг бурчакли конусли проекция
Ихтиёрий конусли
проекция
Тенг оралиқли проекция
Тўғри бурчакли координаталар
Узоқлик
Абсисса
Ордината
Сўзли
Чизиқл
Бош Хусуси
Хатолиги бўйи- ча бўлиниши
Хатолик турлари
Хатолик чизиқлари
Хатолик курсаткичлари
Цилиндрик
Азимутал Конусли Кўп конусли
Тенг оралиқ
|
Тенг бурчак
|
Ихтиёрий
|
Узунлик
|
Шакл
|
Бурчак
|
Майдон
|
Элипс хатолиги
|
2-rasm. Kartaning matematik asoslari.
aniqlash ishlari ko„zda tutilmagan bo„lishi mumkin. Ba‟zan kartaning maxfiyligi
ham e‟tiborga olinadi. Karta elementlaridan biri – legenda (shartli belgilar sistemasi) bo„lib, karta mazmunini o„qish uchun asosiy qurol bo„lib hisoblanadi. Legenda kartada tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning hammasini o„z ichiga olishi kerak. Kartaning legendasi sodda, aniq, mantiqli hamda qisqa bo„lishi zarur. To„g„ri tuzilgan legenda kartadan to„g„ri va oson foydalanish imkoniyatini tug„diradi. Kartaning nomi, muallif va muharrirlarning familiyalari, nashr qilingan vaqti, qaysi manbalar asosida tuzilganligi, nashriyot nomi va manzili, chop qilingan joy nomi va boshqalar ham kartaning yordamchi elementlariga kiradi (2- rasm).
Kartalardagi ochiq joylardan (ramkaning ichidagi va tashqarisidagi) mukammal foydalanish maqsadida asosiy kartaga qo„shimcha ravishda, qirqim kartalar (vrezka), grafiklar, profillar, diagrammalar, blokdiagrammalar va jadvallar beriladi, bu esa kartani yanada mukammallashtiradi. Bularning hammasi kartaning
qo„shimcha elementlarini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |