Kartalarni loyihalash, tuzish va tahrir qilish kartografiyaning asosiy qismlaridan biri bo„lib, kartaning dastlabki nusxasini (originalini) tuzish va uni tahrir qilish usullarini tushuntiradi.
Kartani nashr qilish sohasi, asosan, kartani nashrga tayyorlash va nashr qilish hamda uni yig„ib, kerak bo„lsa muqovalash ishlarini o„rgatadi.
Tadqiqotning kartografik usuli o„ziga xos soha bo„lib, kartada tasvirlangan voqea-hodisalarni tadqiq qilish uchun kartadan foydalanish masalalarini o„rganish, ya‟ni kartadan tadqiqot manbai sifatida foydalanish masalalari bilan shug„ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |