1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari



Download 72,76 Kb.
bet1/11
Sana18.01.2022
Hajmi72,76 Kb.
#384517
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
5DQ3nWXWdBQi7KXR882


1-mavzu. Kartografiya ta’rifi va uning tarmoqlari. Geografik kartaning elementlari

Kartografiya – tabiat va jamiyatdagi voqea va hodisalarning joylashishini va ular o„rtasidagi o„zaro bog„liqlikni hamda ularning xususiyatlarini, vaqt o„tishi bilan o„zgarishini, maxsus tasvir – obrazli belgi – modellar vositasida matematik yo„l bilan tekislikda kichraytirib, generalizasiya qilib tasvirlashni va undan tadqiqot usuli sifatida foydalanishni o„rgatuvchi fandir.

Kartografiya qadimiy fanlardan biri bo„lib, u to„g„risidagi dastlabki ta‟rif miloddan oldin II asr ilgari yashagan ulug„ olim Ptolomey tomonidan berilgan desa

bo„ladi. U “geografiya fanining vazifasi Er yuzasini kartografik jihatdan tasvirlashdan iboratdir” - degan edi.

Vaqt o„tishi bilan kartografiya fanining ta‟rifi ham o„zgarib, takomillasha bordi va yaqin vaqtlargacha kartografiya – geografik kartalar to„g„risidagi fan,

uning asosiy vazifasi geografik kartalarni tuzish va undan foydalanish yo„llarini o„rgatishdan iborat deb kelingan.

«Karta» atamasi o„rta asrlardan buyon qo„llanib kelinmoqda. Bu atama lotincha “chares” so„zidan olingan bo„lib, papirus qog‘oz varag‘i degan tushunchani bildiradi.

Hozirgi vaqtda “karta” atamasi dunyoning turli davlatlari tillarida ishlatiladi. Masalan, fransuzcha carte, nemischa karte, italyancha va portugalcha – carta, gollandcha kaart va h. k. lar. SHu bilan birga bir qancha mamlakatlarda bu atama o„rniga boshqa atama, ya‟ni “mappa” so„zi ishlatiladi, inglizlar–map deb ataydilar. Bu so„z polotnoning bir bo„lagi degan ma‟noni bildiradi. Ba‟zi mamlakatlarda ikkala atama ham qo„llaniladi. Masalan, inglizlar “chart” so„zini dengiz va aeronavigasiya kartalarida ishlatsalar, ispanlar “carta” atamasini dengiz kartalarida qo„llaydilar.

Ba‟zi manbalarda karta – Er yuzasining tekislikdagi kichraytirilgan tasviri deb ham yuritiladi

Haqiqatan ham geografik kartalar matematik yo„l bilan hisoblash natijasida Er ellipsoidining tekislikda kichraytirilib tasvirlanishi natijasida vujudga keladi.

YUqorida aytilganidek, kartalarda voqea va hodisalar maxsus belgi-modellar yordamida tasvirlanadi. Tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning miqdorini, sifatini, joylashgan o„rnini va boshqa xususiyatlarini kartaga qarab bilish mumkin. Lekin kartaning maqsadi, masshtabi va ishlatilishiga ko„ra tasvirlanayotgan tafsilotlar saralanib, umumlashtirilib, ya‟ni generalizasiya qilingan holda tasvirlanadi.

Kartografik tasvir geografik kartaning asosiy qismi bo„lib, tasvirlanayotgan hududning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarini, voqea va hodisalarning geografik joylashish xususiyatlarini, ularning o„zaro bog„liqligi va hatto o„zgarishini bashorat

qilish imkoniyatiga ham egadir.

Karta okean va dengizda suzishda, havoda uchishda, er usti va osti xarakatlarida, turistik sayohatlarda va harbiy sohada asosiy yo„l ko„rsatkich bo„lib xizmat qiladi.

Karta xalq xo„jaligini rejalashtirishda, geologik qidiruv ishlarida, qurilishlarni loyihalashda, mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarini to„g„ri taqsimlashda va hududlarni har taraflama rivojlantirishda foydalaniladigan asosiy manbalardan biridir. Nihoyat, geografik karta maktabda o„quvchilarga geografiya, tarix va boshqa fanlarini o„rganishda asosiy ko„rgazmali bilim manbaidir.

Kartografiya fani ko„pgina fanlar bilan, chunonchi geografiya, geodeziya, topografiya, matematika, geoinformatika, statistika fanlari bilan uzviy bog„langandir.

Kartografiya, o„z navbatida, bir necha mustaqil qismlarga: kartashunoslik,

kartometriya, matematik kartografiya, kartalarni tuzish va tahrir qilish hamda jihozlash, kartalarni nashr qilish, ulardan foydalanish, kartografik menejment, geoinformasion kartografiya va boshqalarga bo„linadi.




Download 72,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish