Kartografik menejment kartografiyada nisbatan yangi soha bo„lib, kartografik korxonalarni tashkil qilish, karta ishlab chiqarishni rejalashtirish va tayyor mahsulotni egalariga etkazib berish va sarf-xarajatlarni, hisob-kitob ishlarini
amalga oshirishning yangi usullarini qidirib topish yo„llarini o„rganadi.
Geoinformasion kartografiya kartografiyadagi yangi tarmoq bo„lib, kartadan informasiya manbai sifatida foydalanish yo„llarini o„rgatadi.
Kartografiyadan juda ko„p fanlarni o„rganishda foydalanilib, ba‟zi bir sohalar uchun maxsus kartografiya tarmoqlari yaratilgan. Masalan, geologik kartografiya, geomorfologik kartografiya, geobotanik kartografiya, tuproqlar kartografiyasi,
ijtimoiy-iqtisodiy kartografiya, geoekologik kartografiya, demografik kartografiya va hokazolar.
So„nggi yillarda kosmosdan olingan suratlar asosida yangi mavzuli mukammal va aniq kartalar yaratilib, eskirgan kartalar yangilanmoqda, natijada
Do'stlaringiz bilan baham: |