1-Mavzu: Jismoniy tarbiya diagnostikasi va korreksiyasi


- mavzu. PEDAGOGIK VOQELIKNI DIAGNOSTIK TADQIQ ETISHNING UMUMMILLIY TAMOYILLARI VA DARAJALARI



Download 243,71 Kb.
bet20/158
Sana16.01.2022
Hajmi243,71 Kb.
#379380
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158
Bog'liq
001.diagnostika va korreksiya majmua

4- mavzu. PEDAGOGIK VOQELIKNI DIAGNOSTIK TADQIQ ETISHNING UMUMMILLIY TAMOYILLARI VA DARAJALARI
Reja:

  1. Pedagogik diagnostika tamoyillari

  2. Diagnostik tadqiq etishning umummilliy tamoyillari

  3. Diagnostik tadqiq etishning tarbiyaviy ta’sirlari va uzluksizlik yo’nalishi


Pedagogik diagnostika tamoyillari. O'quvchi-yoshlaming aqliy, intellektual hamda tarbiyalanganlik darajasini uzviy va tizimli diagnostika qilish ko'p jihatdan ta'limiy-tarbiyaviy faoliyatning qo'p qirraligi va shaxsning ijtimoiy-individual xususiyatlarining xilma-hilligi bilan tavsiflanadi. Ma’lumki, o'quvchi-yoshlaming bilimlami idrok etishiga uning ilgarigi tajribasi, aqliy rivojlanish darajasi salmoqli ta'sir korsatadi. Agar yangi o'quv materialiga aniq bo'lmagan tasawurlar va tushunchalar qo'shilsa, bu tushunchalar yoshlar ongida noadekvat tarzda idrok etiladi. Natijada ularda xato bilimlar, noto'g'ri malakalar to'planadi. Buning oqibatida xato tarzda paydo bo'lgan tushunchalami korreksiyalash talab etiladi. Pedagogik diagnostika qo'yidagi tamoyillar asosida olib boriladi: maqsadga yo naltirilganlik; aniqlik va ishonarlilik; tizimlilik va uzviylik. Diagnostikaning maqsadga yo naltirilganligi awalambor, tashkiliy shakl, vosita va metodlaming oxirgi natijalar bilan mutanosibligi va pedagoglaming kasbiy talablari: o'quv-tarbiyaviy ishlaming samaradorligini oshirishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Maqsadga yo'naltirilganligi diagnostikaning ma’lum maqsadga qaratilgan bo'lishini talab qiladi. Tadqiqotchi kuzatuv davomida tekshirish uchun bir qator farazlami ilgari surishi kerak. Diagnostikaning ma'lum ob'ektga yo'naltirilganligi ta'lim berishda o'quvchiyoshlaming, tarbiyachi-o' qituvchilaming individual tafovutlarini hisobga olish, ulaming intellektual rivojlanishlari, jinsi, ijtimoiy nufiraga qarab belgilanadi. Diagnostikaning aniqlik va ishonarlilik muolajalari metod va vositalaming ilmiy asoslariga bog'liqligi bilan belgilanadi. Natijaning aniqligini, barchaga

xosligini tekshirish uchun shu muammo, ob’ekt, hodisa va h.k.ni boshqa muammo bilan taqqoslanishi yoki boshqa ob’ekt, predmet, sinf, guruh, jamoa yoki o’quv maskanida ham o’tkazilib ko’rilishi kerak.

Diagnostikaning konstantlik tamoyili muayym ob'ekt, voqea-hodisa va boshqalami tashxis qilish davomida yuzaki, dastlabki hisssiyotlar bilan cheklanmaslikni, tasodifiy, qisqa muddatli ayrim hodisalaming ahamiyatini oshirib yubormaslikni talab qiladi. Tashxis qilayotgan o'qituvchi turli vaziyatlarda o'sha hodisani tekshirib ko'rishi yokibir nechta ko'zatuvchi um nazoratga olishi lozim. Bu kuzatuvchilaming xulosalari yoki natijalari qanchalik bir-biriga to'g'ri kelishi kuzatuvning konstant yoki bunday emasligini ко' rsatadi. Diagnostikaning nazorat tamoyili kuzatuvchining bir necha bor ko'zatuvi yoki bir qator ko’zatuvchilaming ma’lum guruh yuzasidan chiqargan natijalari, xulosalari nazorat-ko'zatuvi davomida boshqa guruhlarda tekshirib ko'rilishini talab qiladi. Bu kuzatuv natijasida olingan ma'lumotlar faqat shu sinaluvchi guruhning o zigagina xos xususiyatlar emasligini aniqlash uchun lozim bo'ladi.

- birinchisi - shaxsni har tomonlama o'rganish, tashxis qilish yoki o'z-o'zini tashxislash;

- ikkinchisi - pedagoglar jamoasi tomonidan ta’limiy-tarbiyaviy jarayonning samaradorligiga erishishni ta’minlash.

Pedagogik diagnostika asosida o'quv-tarbiyaviy jarayon tadqiq qilinar ekan, uning metodlari ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlaridan farq qiladiki, ular alohida o'quvchiga yoki o'quvchi-yoshlar guruhiga dolzarb pedagogik tadbirlar majmuasini

qo'llashni ko'zda tutadi. Bugungi kunning jiddiy metodologik muammosi - bu zamonaviy ta’limni pedagogik diagnostikaga oid metodlardan kompetentli, oqilona va samarali foydalana olishdir.

Tashxislash aniq bo’lishi uchun qulay metodlami tanlash lozim. Pedagogik diagnostikada metodlar pedagogik hodasalaming ob’ektiv mohiyatini to’g’ri ifodalasa, o’rganilayotgan ob’ektning o’ziga xosligiga javob bersa, shubhasiz, ular ilmiy deb e’tirof etiladi.

Pedagogik diagnostika samaradorligi ko’p hollarda tashxis o’tkazuvchming metodologik madaniyatiga to’g’ri proporsionaldir. SHu boisdan bu tushuncha integral sifat ko’rsatkich hisoblanib, tashxis qiluvchidan o’zida xususiy ilmiy faoliyatni tahlil qilish ko’nikmasini, ma’lum konsepsiya (nazariya)ni llmiy asoslash va ijodiy qo’llash qobiliyatini egallashni talab etadi.

Pedagogik diagnostikada o ’rganilayotgan jarayon aniqlovchi metodlar joriy etilgunga qadar ilmiy asoslanishi shart: dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutilayotgan natijalar, ularga erishish metodlarini belgilash; iste’molchilar bilan hamkorlik o’matish; uni joriy etish shartlami ishlab chiqishga xizmat qiladi. Pedagogik diagnostika ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib, u ishonchli qo’llarda - metodologiyani chuqur o ’rgangan, ilmiy tadqiqot metodlari bilan qurollangan shaxs tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.



Olimning qiyofasi, ruhiyati va tiynati haqida maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan, ayniqsa, uning quyidagi sifatlari alohida qayd etiladi; haqiqatga, noma’lumm bilishga jiddiy intilish; kuzatilayotgan hodisa va jarayonlami tasniflash qobiliyati va kuzatuvchanlik; ilmiy tafakkuming analitik - sintetik jamlanmasi va ilmiy -tadkikot ishlarida ob’ktivlik, aniqlik, tanqidiylik, izchillik, tizimlilik bo’lishi shart.


Download 243,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish