1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati



Download 0,58 Mb.
bet40/106
Sana04.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#636385
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
Bog'liq
маъруза матни ХММ

9.3. Jahon banki guruhi va unga kiruvchi tashkilotlar faoliyati

Jahon banki – 190dan ortiq rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko’rsatuvchi xalqaro moliya tashkilotidir.


Jahon bankining bosh maqsadi – iqtisodiy o’sish davrini boshdan kechirayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni kreditlash yo’li bilan kambag’allik darajasini pasaytirish hisoblanadi. Kreditlar ushbu davlatdagi iqtisodiy o’sishni jadallashtirishga hamda fuqarolarning hayot darajasini yaxshilanishiga imkon tug’diradi.
Hozirgi davrda Jahon banki ming yillik Deklaratsiyasiga muvofiq o’z faoliyatining asosiy vazifalarini belgilab olgan. Ming yillikdagi rivojlanish maqsadlariga 2015 yilgacha erishish lozim bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni olgan:

  • kambag’allik va ochlikga barham berish;

  • umumiy boshlang’ich ta’limni ta’minlash;

  • bolalar o’limini qisqartirish;

  • onalik muhofazasini yaxshilash;

  • VICh/SPID, malariya (bezgak) va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish;

  • atrof-muhitning barqaror rivojlanishini ta’minlash;

  • rivojlanish maqsadlarida global xamkorlikni shakllantirish.

Jahon bankining Xalqaro valyuta fondidan farqi shundaki, Jahon banki faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarga uzoq muddatli yordam ko’rsatadi, XVF faoliyati esa mamlakatdagi vaqtinchalik moliyaviy inqirozni bartaraf qilishga yo’naltirilgan.
Jahon banki BMTning ixtisoslashtirilgan moliya instituti sifatida strategik vazifalarni bajarish uchun eng qulay vositachi sifatida xizmat qilishga mo’ljallangandir, ya’ni barcha a’zo mamlakatlarning iqtisodiyotini jahon xo’jaligi tizimi asosiy markazlari bilan integratsiya qilishdir.
“Jahon banki” atamasi tarkiban Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (International Bank for Reconstruction and Development) va Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasini (International Development Association) qamrab oladi. “Jahon banki guruhi” atamasi esa, 5 ta tashkilotni, xususan, XTTB, XRA, Xalqaro moliya korporatsiyasi (International Financial Corporation), Investitsiyalarni kafolatlash bo’yicha ko’p tomonlama agentlik (Multilateral Investment Guarantee Agency), Xalqaro investitsion bahslarni tartibga solish markazini (International Center for Settlement of Investment Disputes) o’z ichiga oladi2.
Jahon bankining asosiy funktsiyalari quyidagilardan iborat:

  • rivojlanayotgan mamlakatlarga investitsiya faoliyati;

  • iqtisodiy masalalar bo’yicha maslahat va tahliliy faoliyat;

  • amalga oshiriladigan dasturlar va ko’rsatiladigan xizmatlar tarkibi va tuzilmasini muntazam to’g’irlab borish;

  • boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasida resurslarni taqsimlashda vositachilik qilish.

Har uch yilda Jahon banki guruhi tomonidan “Jahon banki guruhi faoliyatining strategiyasi” nomli hujjat ishlab chiqiladi, ushbu hujjatdan mamlakatlar bilan bo’ladigan xamkorlikda foydalaniladi. Strategiyaga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlari va kambag’allik muammolarini hal qilish bo’yicha dastur hamda loyihalar kiritiladi.
O’zining faoliyati bo’yicha Jahon banki ma’lum tamoyillarga amal qiladi, jumladan:

  • rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o’sishiga yordam beruvchi samarali kapital qo’yilmalar uchun resurslar ajratish;

  • resurslar qaytishi ehtimolligi darajasini hisobga olgan holda iqtisodiy mulohazalardan kelib chiqib investitsion qarorlar qabul qilish;

  • bitta ishtirokchi mamlakat doirasida berilgan resurslarni ishlatishga cheklovlarning mavjud emasligi;

  • xodimlar faoliyatining boshqa sub’ektlarga, jumladan, mamlakatlar xukumatiga emas balki faqatgina bank manfaatlariga yo’naltirilganligi.

Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Jahon banki tashkilotlari guruhi dunyodagi yirik moliyaviy mablag’lar manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
U o’zining moliyaviy resurlarini kambag’al mamlakatlardagi kambag’allik darajasini pasaytirish hamda iqtisodiy o’sishni jadallashtirish, shuningdek, xayot sifatini yaxshilashga sarflaydi.
Yuqorida qayd etilgan tashkilotlarning faoliyatini quyidagi ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish