1-mavzu. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishida xalqaro moliya munosabatlarining roli Reja


Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish shakllari



Download 0,58 Mb.
bet86/106
Sana04.06.2022
Hajmi0,58 Mb.
#636385
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106
Bog'liq
маъруза матни ХММ

16.4. Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish shakllari

“Uzoq muddatli kredit” atamasi amaliyotda kredit muassasalarining ssudalariga aloqador bo’lib, u odatda, davlat va xususiy korxonalar, banklar tomonidan o’z qarz majburiyatlarini chiqarish orqali milliy hamda jahon ssuda kapitallari bozorlaridan qarz mablag’larini jalb etish shaklida amalga oshiriladi. Uzoq muddatli kredit va qarzlar mashina hamda asbob-uskunalar eksportiga, iqtisodiyotning sanoat tarmog’ida turli yirik loyihalarni amalga oshirishga, asosiy kapital orqali takror ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat ko’rsatadi. Yirik kredit muassasalari uzoq muddatli xalqaro kreditlarni nazariy jihatdan 40 yilgacha, amalda esa 10-15 yil muddatga taqdim etadilar.


Kompensatsion bitimlar bo’yicha kreditlar. Banklar tovar qiymatiga teng bo’lgan, o’zaro etkazib berishga asoslangan kompensatsion bitimlar bo’yicha uzoq va qisqa mudatli kreditlarni taqdim etadilar. Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy resurslarni o’zlashtirish uchun mashina va asbob-uskunalarni 8-15 yil muddatga kreditga olgani holda qarz oluvchi uni mazkur kredit asosida qurilgan va qurilayotgan korxonalar mahsulotlari hisobiga so’ndirilishini ta’minlaydi. Kompensatsion bitimlarni o’ziga xos xususiyatlari ularning keng qo’lamli, uzoq muddatli ekanligi hamda eksport-import bitimlarini o’zaro bog’liqligi bilan ajralib turadi. Kompensatsion bitimlar bo’yicha kreditlar va importyor sotib olinadigan mashina va asbob-uskunalar uchun to’lov hamda tegishli xarajatlarni qoplash uchun tovarlarni qayta eksport qilishdan tushum hisobiga o’zaro bog’liq bo’lishadi. Kompensatsion bitimlarni amalga oshirishda odatda firma(tijorat) kreditlariga nisbatan uzoq muddatli konsortsial yoki sindikat kreditlar keng ko’llaniladi. Bunday kreditlarni bank konsortsiumlari yoki sindikatlari taqdim etadilar. Amaliyotda mazkur holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab birinchidan, milliy qonunchiliklarda banklar uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit limitini o’rnatilishi bo’lsa, ikkinchidan banklar kreditlarni taqdim etishda risk darajasini cheklashga harakat qilishi hisoblanadi.
Byudjet mablag’lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli xalqaro kreditlar. Byudjet mablag’lari hisobidan ajratiladigan uzoq muddatli (muddatlari 10-15 yil va undan ortiq) xalqaro kreditlarning quyidagi shakllari farqlanadi:

  1. hukumatlarning ikki taraflama kreditlari. Davlatlararo uzoq muddatli kredit birinchi jahon urushi davrida keng ko’lamda shakllandi va urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. AQSh asosiy kreditor sifatida chiqdi va davlatlararo nizolarni kuchaytirib yuborgan hukumatlararo qarzdorlik (11 mlrd. oltin dollarlari, foizlarni hisobga olmaganda) paydo bo’ldi. O’z kreditlarini Frantsiya nemis reparatsiyalari hisobiga, Germaniya esa AQShdan yangi kreditlarni olish hisobiga so’ndirdi. 1929-1933 yillarda yuzaga kelgan jahon iqtisodiy inqirozi davrida Germaniya va boshqa 25 davlat qarz bo’yicha to’lovlarni to’xtatib qo’ydilar. Ikkinchi jahon urushi davrida hukumatlararo qarzlar muhim rol o’ynamadi. Harbiy va boshqa turdagi materiallarning etkazib berilishi asosan “lend-liz” (ijara) shartlari asosida amalga oshirildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin dastlab AQSh, so’ngra boshqa dunyoning etakchi davlatlari o’zlarining tashqi iqtisodiy manfaatlar uchun xukumatlararo kreditlardan keng foydalanishdi;

  2. xalqaro va xududiy valyuta-kredit hamda moliyaviy tashkilotlarning kreditlari;

  3. yordam ko’rsatish bo’yicha imtiyozli shartlar asosida berilgan kreditlar, texnik yordam, beminnat xayriya mablag’lari, subsidiyalar.

Ayrim holatlarda xalqaro kreditning aralash turi qo’llaniladi. Masalan, eksportni kreditlashning odatdagi shakllari imtiyozli shartlar asosida ya’ni unga yordam ko’rsatish orqali amalga oshirilishi mumkin. Xalqaro kreditning yangi shakllaridan biri bo’lib bir nechta kredit muassasalari tomonidan yirik loyihalarni qo’shma moliyalashtirish hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari qo’shma moliyalashtirishning tashabbuskorlari bo’lib, mazkur operatsiyaga ular odatda xususiy tijorat banklarini ham jalb etadilar va loyihaning eng foydali qismini imtiyozli asosda (foiz stavkasi bozor stavkasidan past) kreditlaydilar.
Qo’shma moliyalashtirishning quyidagi 2 shakli qo’llaniladi:
- parallel moliyalashtirish, bunda turli kreditorlarning o’zaro kelishuvi asosida belgilangan kvota(ulush, hissa) doirasida loyiha tarkibiy qismlarga ajratilib kreditlanadi;
- birgalikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar loyihani amalga oshirilishi mobaynida o’z ssudalarni taqdim etadilar. Kreditorlardan biri (menejer-bank) loyihaning tayyorlanishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi.
Qo’shma moliyalashtirish orqali qarz oluvchi imtiyozli kreditlarni jalb etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shuningdek, kreditorlar ham mazkur moliyalashtirish shaklida imtiyozlarga ega bo’lishadi, ya’ni bunday kreditlash kreditorga ssudani qarzdor tomonidan o’z vaqtida so’ndirilishining qo’shimcha kafolatini beradi.

Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish