1-mavzu: ish joylarida tozalik


-ilova O ’tgan mavzuni mustahkamlash



Download 261,69 Kb.
bet13/17
Sana08.01.2022
Hajmi261,69 Kb.
#333885
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Ayollar texnologiyasi

3-ilova

O ’tgan mavzuni mustahkamlash:
4-ilova

BBB

B/B/B (Z/X/Y)

BILAMAN

BILISHNI XOHLAYMAN

BILIB OLDIM

1

2

3

1

2

3

1

2

3


3-MAVZU: ISH JOYI, ISHXONA VA OFIS BINOLARIDA ELEKTR XAVFSIZLIGI
5-ilova


Reja:

1. Elektr tokining inson organizimiga ta’siri.

2. Tok ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.

3. Elektr toki ta’siriga tushib qolish, jarohatlanish sabablari va uni oldini olish tadbirlari.


6-ilova



1. Elektr tokining inson organizimiga ta’siri.

Elektr toki ta’sirining eng xavfli tomoni shundaki, bu xavfni oldindan ko‘rish va sezish imkoniyati yo‘qligi uchun, elektr toki xavfiga qarshi tashkiliy va texnik chora-tadbirlar belgilash, to‘siq vositalari bilan ta’minlash, shaxsiy va jamoa muhofaza tizimlaridan unumli foydalanish nihoyatda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

Elektr toki faqat biologik ta’sir bilan chegaralanib qolmasdan, elektr yoyi ta’siri, magnit maydoni ta’siri va statik elektr ta’sirlariga bo‘linadiki, bularni bilish har bir inson uchun zarur hisoblanadi.

A) Elektr tokining tYermik ta’siri-inson tanasining ba’zi joyida kuyish, qon tomirlari, nYerv va hujayralarning qizishi sifatida kuzatiladi.

B) Elektrolitik ta’sir esa, qon yoki hujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida, qonning fizik va kimyoviy xusu-siyatlarining o‘zgarishiga olib keladigan holat tushuniladi. Bunda elektr toki markaziy asab va yurak-qon tizimini kesib o‘tmasdan, tananing ba’zi bir qismlarigagina ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

V) Elektr tokining biologik ta’siri - bu faqat tirik organizm uchun xos xususiyat hisoblanib, bu ta’sir natijasida muskullarning keskin qisqarishi tufayli organizmidagi tirik hujayralar to‘lqinlanadi, bunda asosan organizdagi bioelektrik (inson organizmi bioelektrik toklar yordamida boshqariladi) jarayonlar buziladi va tok urish holati vujudga keladi.

Yerga va nolga ulab muhofazalanish, muhofazalovchi o‘chirish qurilmalari.

Har qanday elektr qurilmasi, agar uning metall qobiqlarida elektr kuchlanishi hosil bo‘lish xavfi bo‘lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat’iy nazar, uning korpusini Yerga ulab qo‘yiladi va bu elektr qurilmalarini Yerga ulab muhofaza qilish deb ataladi.

2-rasm. Himoyalash uchun Yerga ulash ish sxemasi:

a – umumiy sxema, b – joylashtirish sxemasi, 1 – korpus, 2 – Yerga ulagich

Yerga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanish paydo bo‘lsa, uni Yerga o‘tkazib yuborishdan iborat bo‘lib, asosiy xususiyatlaridan biri, elektr tokini xavfsiz darajaga tushirish, shuningdek, Yerga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‘lmasligini ta’minlashdan iborat.

Yerga ulab muhofaza qilish qurilmasi deganda, Yerga qoqilgan va elektr tokini yerga o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan metall qoziq va bu qoziqni elektr qurilmasi bilan biriktiruvchi metall o‘tkazgich tushuniladi.

Yerga ulab muhofaza qilish qurilmalari asosan ikki xil bo‘ladi:

a) Bir joyga yig‘ilgan yerga ulash, yerga qoqilgan metal qoziqlar sexdan tashqarida ma’lum bir hududda o‘rnatilgan bo‘ladi.

b) Kontur bo‘yicha joylashtirilgan yerga ulashga mo‘ljallangan metal qoziqlar, elektr qurilmasi o‘rnatilgan maydon atrofi bo‘ylab, o‘zaro metall polosadan qilingan o‘tkazgich yordamida bir-biri bilan payvandlab ulab qo‘yiladi. Kontur bilan yerga ulashda elektr xavfsizligi butun yerga ulangan qoziqlar hisobiga tenglashtiriladi, hudud bo‘ylab elektr potensiallari ayirmasi yo‘qoladi.

Elektr qurilmalarining tok o‘tmaydigan metall qismlarini oldindan nol sim bilan ulab qo‘yish, nolga ulab muhofazalashdir.

Muhofazalovchi nol simi, elektr manbai g‘altagining neytral qismlarini mustahkam Yerga ulash bilan boshlanib, uch faza bilan birgalikda to‘rtinchi nol sim tariqasida butun tarmoq bo‘ylab tortib boriladi va iloji borcha ko‘proq (ma’lum masofada) Yerga ulab boriladi.

Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi Yerga ulab muhofaza qilish bilan bir xil, ya’ni elektr asbobi korpusiga oqib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat.

3-rasm. Elektr qurilmalarida himoya nol o‘tkazgichini ulanish sxemasi: a – uch fazali elektro iste’molchilarga nol o‘tkazgichini ulanishi, b – yoritgichlarni armaturasida nol o‘tkazgichni ulanishi, v – elektr qurilmalarida bir vaqtni o‘zida nol va Yerga ulanish o‘tkazgichlarni ulanishi

Nolga ulab muhofaza qilinayotgan tizimda nol simining asosiy vazifasi elektr tizimi korpusiga o‘tib ketgan tok bilan qarshiliksiz qisqa tutashuv hosil qilib, tizimdan oqib o‘tayotgan tok miqdorini muhofazalovchi o‘chirish tizimini ishga tushirib, qurilmaga tok o‘tkazmasligini ta’minlaydi

Elektr qurilmalarini o‘rnatishda qo‘yiladigan talablar.

Elektr dvigatellari, ularni ulovchi o‘tkazgichlarning muhofaza qobiqlari, tok o‘chirish qurilmalari va saqlovchi qurilmalar hamda ularni o‘rnatish va foydalanishda maxsus talablar qo‘yiladi.

Elektr qurilmalarining elektr o‘tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta’minlash muhim rol o‘ynaydi.

a) Ko‘p miqdordagi elektr tokini yo‘qotishdan saqlaydi.

b) Ishlayotgan xodimni elektr toki ta’siriga tushib qolishga yo‘l qo‘ymaydi.

v) Elektr tizimlarining o‘zgaruvchi kuchlanishlaridan uchqunlar chiqishi bilan paydo bo‘ladigan yong‘in xavfini yo‘qotadi.

Elektr qurilmalarini o‘rnatish qoidalariga asosan ikki saqlovchi qurilma o‘rtasidagi, elektr tizimlaridagi yoki oxirgi saqlovchi qurilma bilan har qanday o‘tkazgich orasidagi muhofaza qobig‘i qarshiligi 0,5 M Om dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.

Xavfli xonalarda bu qarshilik miqdori 20-50 foiz ortiq bo‘lishi kYerak.

Elektr qurilmasining muhofaza qobig‘i qarshiligi uni o‘rnatgandan keyin o‘lchab ko‘riladi va ishlatish davrida yiliga kamida 1 marta, xavfli xonalarda kamida 2 marta o‘lchab, tekshirib turiladi.

Muhofaza qilinmagan ochiq simlardan foydalanilganda, ularni kamida 3,5 m balandlikda o‘rnatish tavsiya etiladi, agar simlar uzilib ketgan taqdirda, ularni avtomatik o‘chirish tizimlari bo‘lishi shart.

Elektr tizimlarining saqlovchi qurilmalari juda oddiy tuzilgan bo‘lib, agar tizimda elektr quvvati nominal (25 foiz) miqdordan ortib ketganda, avtomatik ravishda tokni uzib qo‘yadi.

Agar tok kuchi birdaniga 2,5 marta ortib ketsa, Yeruvchi qism 0,2 s davomida Yerib ketadi. Yeruvchi qismning standart sifatidagisini qo‘llash kYerak, uning o‘rniga, mis simlardan qilingan yasama qurilmalarni qo‘llashga ruxsat etilmaydi. CHunki bunday yasama qurilmalar o‘z vaqtida ishlamay, tizimdagi mavjud boshqa qismlari va o‘tkazgichlari qizib ketishiga hamda muhofaza qobiqlarining yonib ketishi natijasida, yong‘in chiqishiga sababchi bo‘ladi.

Saqlovchi qurilmalarning probkasimon, plastinkali va trubkasimon turlari mavjud bo‘lib, ularning hammasi ham Yeruvchi qismni o‘zgartirish imkoniyati bor.

Nazariy o`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi

1.1.O`quv mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi modeli.




Download 261,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish