1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


-chizma. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152
1-chizma. Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi.
Ishchi kuchi insonning mehnatga boʻlgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yigʻindisi 
boʻlganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi 
kuchi tovar sifatida sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va 
binobarin, uning bozori boʻladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qoʻllanilayotgan mehnat 
bozori tushunchasi oʻrniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari oʻrniga ishchi kuchi resurslari 
deyilsa toʻgʻri va tushunarli boʻlar edi. 
Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Koʻpchilik kapital 
tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni 
oʻz egasiga qoʻshimcha qiymat keltiruvchi qiymat, oʻz-oʻzidan koʻpayuvchi, oʻsuvchi qiymat 
deb hisoblaydi. Ayrim gʻarb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar kapitalga 
daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar. 
Qator Gʻarb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, P.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, 
R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamaev 
oʻzining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham — kapital oʻzidan oʻzi koʻpayuvchi 
qiymat»

deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov va 
boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. 
Lekin Amerika va Yevropa mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa 
ayrim adabiyotlarda kapitalni hamma ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalarida 
qoʻllaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asmavzu-uskunalar, 
inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb 
koʻrsatadi, unga pul va tovarni kiritmaydi. Bundan koʻrinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar 
kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, 
ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. Gʻarbdagi kasbdoshlarimizning 
ayrimlari ham kapitalni bir tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan boʻlsa, 
boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda qoldirib, uning moddiy 
ob’ektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini koʻrsatadilar, Shuning uchun ular kapitalni 
doimiy, oʻzgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini kapital deb ataydilar. Biz bu ikki 
xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital tushunchasining ikki 
tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy koʻrinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat 
koʻrinishi ekanligini e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital deb ishlatamiz. 
Biz kapital deganda oʻz egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning 
hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, 


yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga moʻljallangan pul mablagʻlarini, ularning 
ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda «kapital» ham 

Экономическая теория: Учеб. для студ. высш. учеб. заведений / Под ред. В.Д.Камаева. – 10-е 
изд., перераб. и доп. - М.: Гуманит. изд. центр ВЛАДОС, 2004, 217-бет. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish