Yer qiymatini baholash, ularni sotuv qiymatlarini aniqlash taqqoslashni amalga oshirish yondashuvlari va usullarini o'rganib chiqish, buning uchun zarur bo'lgan axborot tarkibi va ko'lamini aniqlash maqsadida ushbu baholashning obyekti sifatida yerning xususiyatlarini hisobga olish, uni yo'nalishi va foydalanish maqsadi bo'yicha tasnillash zarur. Yer resurslari boshqa barcha resurslar ichida alohida o‘rin tutadi. Yer inson hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoit, u yashaydigan joy, qishloq va o'rmon xo'jaligini, sanoat va transportni joylashtirish va rivojlantirish shuningdek, madaniyat sohasidagi faoliyat, dam olish, sayyohlik va hokazolar uchun hududiy makon hisoblanadi. Yer qiymatini baholash, ularni sotuv qiymatlarini aniqlash taqqoslashni amalga oshirish yondashuvlari va usullarini o'rganib chiqish, buning uchun zarur bo'lgan axborot tarkibi va ko'lamini aniqlash maqsadida ushbu baholashning obyekti sifatida yerning xususiyatlarini hisobga olish, uni yo'nalishi va foydalanish maqsadi bo'yicha tasnillash zarur. Yer resurslari boshqa barcha resurslar ichida alohida o‘rin tutadi. Yer inson hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoit, u yashaydigan joy, qishloq va o'rmon xo'jaligini, sanoat va transportni joylashtirish va rivojlantirish shuningdek, madaniyat sohasidagi faoliyat, dam olish, sayyohlik va hokazolar uchun hududiy makon hisoblanadi.
Asosiy qism
Sotuvlarni taqqoslash usuli
Sotuvlarni taqqoslash usuli sotuvlar narxlarini ushbu bozorga xos bo‘lgan moliyalash shartlari bilan taqqoslashga asoslangan. Mazkur usul ko‘pincha fuqarolik -huquqiy muomalaga jalb etilgan, baholanayotgan yer uchastkasidan katta farq qilmaydigan qiyoslanuvchi yer uchastkalarini tanlash mumkin bo‘lgan holatlarda qilaniladi. Ushbu usul bo'yicha yer uchastkasining qiymati sotilgan o'xshash yer uchastkalarining baholanayotgan yer uchastkasidan farqlarini hisobga oluvchi tuzatishlarni hisobga olgan holda ular bo‘yicha o‘rtacha chamalangan qiymat sifatida belgilanadi. Umumiy ko‘rinishda mazkur qiymat quyidagi formula yordamida ifodalanishi mumkin:
Yer uchastkasining qiymatini baholashning ushbu hisob -kitob formulasidan foydalanish baholash isblarini sotuvlarni taqqoslash usuli bilan qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda amalga oshirishning quyidagi algoritmiga asoslanadi:
- 1-bosqich. Baholanayotgan yer uchastkasi bo‘yicha axborotni yig‘ish va tahlil qilish. Bunda baholanayotgan yer uchastkasi qiymatining shakllanishiga ta’sir ko'rsatuvchi alohida omillarni aniqlashga alohida e'tibor qaratish lozim.
2-bosqich. Yer uchastkasi bo‘yicha bozor axborotini yig‘lish, umumlashtirish va tahlil qilish. Yer uchastkasi qiymatining keyingi hisob-kitoblarida foydalanish uchun o‘xshash yer uchastkalarini tanlash.
Bunda tanlangan o‘xshash yer uchastkalari yer boz orining baholanayotgan yer uchastkasini qamrab olgan segmentiga mos kelishi zarur. Tanlan gan o‘xshash yer uchastkalari baholanayotgan yer uchastkasiga quyidagi xususiyatlari bo‘yicha mos kelishi lozim:
- - yerlarning maqsadli yo‘nalishi;
- - zonalashtirish va yerdan foydalanishning ruxsat etilgan variantlarining yagonaligi;
- joylashgan o'rining o‘xshashligi;
- yer uchastkasining iste’mol xususiyatlari bo‘yicha bir xilligi va boshqalar.
Bundan tashqari, o'xshash yer uchastkalarining xususiyatlari quyidagilarni taqqoslash imkonini bcrishi kerak:
- investitsion jozibadorlik;
- moliyalash manbalari va shakllari;
- xaridorlarning afzal bilishlari va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |