1-mavzu: «iqtisоdiy ta`limоtlar tarixi» fanining predmeti va o`rganish usuli



Download 207,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana31.12.2021
Hajmi207,17 Kb.
#258010
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-MAVZU

(reyganomika),  oqibatda  bu  prezident  davrida  qo'shimcha  14  million  kishi 

tadbirkorligiga  yo'l  ochib  berildi,  yangi-yangi  millionerlar  vujudga  keldi.  Xuddi 

shunday holat B.Klinton davrida ham qayd etildi. 

Buyuk  Britaniya  iqtisodiyotida  ham  buni  ko'rish  mumkin  (tetcherizm).  Iqtisodiy 

siyosat  va  iqtisodiy  g'oyalarning  bir-biri  bilan  chambarchas  bog'liqligini 

isbotlovchi misollarni ko'plab keltirish mumkin. 




Ayniqsa, «soцialistik» deb atalgan rivojlanish yo'lidan voz kechmagan Xitoy 

va  Vetnam  davlatlarining  iqtisodiy  taraqqiyoti  ham  diqqatga  sazovordir.  Bozor 

iqtisodiyoti  unsurlarining  keng  rivojlanishiga  imkon  beruvchi  iqtisodiy  islohotlar 

tufayli katta yutuqlarga erishildi. 

Ikkinchi  jahon  urushi  tufayli  ikkiga  ajratilgan  GFR  va  GDRlarning  bu 

davlatlar  qayta  birlashgandan  keyingi  iqtisodiy  rivoji  ham  juda  ibratlidir. 

«Soцialistik»  lager  vakillari  ichida  etakchi  bo'lgan  GDRning  to'la  erkin  bozor 

munosabatlariga o'tishi uchun xiyla katta mablag' va vaqt talab etilishi aniq bo'lib 

qoldi.  Vaholanki,  Rossiyaning  taniqli  iqtisodchi  olimlari  bozor  iqtisodiyotiga 

o'tishning  «500  kunlik»,  hatto  «100  kunlik»  dasturlarini  taklif  etdilar  (Shatalin, 

Yavlinskiy...). Bu yo'l o'zini oqlamadi.  

Iqtisodiy ta'limotlar tarixiga, balki boshqa fanlarga ham xos bo'lgan yana bir 

xususiyat  shuki,  iqtisodiy  g'oyalar  doimo  dialektik  rivojlanishda  bo'lib,  ularning 

tahliliga so'nggi nuqta qo'yish qiyin.Bundan bir necha yuz yil avval yuzaga kelgan 

fikr  va  g'oyalarning  ma'nosi  ustida  tortishuv  va  baxslar  hali  ham  davom  etib 

kelmoqda.  Masalan,  hanuzgacha  K.Marksning  qiymat  (ruscha  -  «stoimost») 

to'g'risidagi  fikri  aslida  qimmat  (ruscha  -  «цennost»)  bo'lgan, degan  fikr  mavjud. 

Marks  asarlarini  nemis  tilidan  tarjimada  yo'l  qo'yilgan  xato  tufayli  jiddiy 

tushunmovchilik  yuzaga  kelgan,  deyilgan  (Blaug  M.  Ekonomicheskaya  misl  v 

retrospektive.M. ,1994). 

Bu fan tarixi shuni aniq isbotlamoqdaki, ko'pgina iqtisodiy g'oyalar ob'ektiv 

xo'jalik amaliyoti bilan chambarchas bog'liq. Ko'pgina olimlar avvallari (hozir ham 

uchrab  turadi)  o'z  qarashlarini  mutloq  universal  bekami-ko'st  deb  ko'rsatishga 

uringanlar.  Albatta,  «abadiy»  qonuniyatlar  ham  mavjud  bo'lib,  ularni  istalgan 

tizimda  kuzatish  mumkin,  ammo  ko'p  hollarda  olimlar  bugungi  haqiqatning 

tarixiyligini ilg'ab olishga har doim qodir emas. 

  

Yana  bir  muhim  masala  ustida  to'xtab  o'tish  kerakki,  avval  yuzaga  kelgan 



iqtisodiy  g'oyalarga  shu  kungi  o'lchovlar  bilan  baho  beriladi  va  odatda  ilgarigi 

g'oyadagi  «xato»  va  «kamchilik»lar  aniqlanib,  yangi  g'oyaning  undan  afzalligi 

«isbotlanadi». 

Bunda  dialektik  mantiq  bor  albatta,  lekin  yuqorida  ta'kidlanganidek,  avvalgi 

g'oyalar  tufayli  odatda  yangi  g'oyalar  yuzaga  keladi,  shuning  uchun  bu  g'oya 

«yaxshi», unisi «yomon» kabi baholash adolatdan bo'lmaydi. A.Smitning mashhur 

asarida  o'zidan  avvalgi  davrda  yuzaga  kelgan  antik  dunyo,  merkantilizm, 

fiziokratizm  ta'limotlari  tahlil  etilgan,  Evropaning  iqtisodiy  tarixi  sinchiklab 

o'rganilgan. 

Etakchi g'arb olimlari ko'p hollarda uch buyuk shaxsning g'oyalariga alohida urg'u 

berishadi: bu Smit, MarksA.Marshall va Keynsdir. 

Bu  olimlarning  iqtisodiy  g'oyalarida  mavjud  ta'limotlarning  ko'pchiligi  o'z 

in'ikosini  topgan  va  ular  jahon  iqtisodiy  g'oyalari  rivojiga  alohida  hissa  qo'shgan 

shaxslardir. 

Iqtisodiy  ta'limotlar  tarixi  fani  bo'yicha  yaratilgan  adabiyotlarga 

to'xtaladigan bo'lsak, bu masala o'zbek o'quvchilari uchun eng nozik masala deyish 

mumkin. 



1997  yili  «Fan»  nashriyoti  tomonidan  e'lon  qilingan  o'quv  qo'llanmadan  (2000 

nusha) so'ng, 2001 yilda Toshkent moliya instituti tomonidan ham qo'llanma (300 

nusha) bosilib chiqqan. 

2001 y. Q.Yo'ldoshev va Q. Muftoydinlvlar tomonidan «Iqtisodiy ta'limotlar 

tarixidan»  nomli  qo'llanmada  Sharq  iqtisodiy  g'oyalari  tahlil  etiladi. 

Yu.B.Yusupovning  rus  tilida  (1999)  chop  etilgan  ma'ruzalar  matni  diqqatga 

sazovardir.  2000  yildan  boshlab  TDIU  magistraturasida  «Iqtisodiy  nazariyasi» 

mutaxassisliklari  uchun  «O'rta  Osiyo  mutafakkirlarining  iqtisodiy  g'oyalari» 

maxsus kursi o'qitila boshlandi, shunga mos namunaviy dastur, ma'ruzalar matni va 

boshqa me'yoriy xujjatlar tayyorlanib, amalda qo'llanilmoqda. 

Xorijda esa (jumladan, Rossiyada) bu sohada ancha ish qilinganini qayd etib 

o'tish  kerak.  Taniqli  g'arb  iqtisodchisi  Mark  Blaugning  (1927  y.  tug'ilgan) 




Download 207,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish