“Muammoli vaziyat” metodi
(o’qituvchining kichik ma`ruzasi)
“Muammoli vaziyat” metodi ta`lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning
sababini va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning echimlarini topish
bo’yicha ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan metod.
“Muammoli vaziyat” metodining tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
Muammoli vaziyat tavsifini keltirish
O’quvchilarni guruhlarga bo’lish
Guruhlar muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi
Guruhlarning muammoli vaziyatni oqibatlari to’g`risidagi fikrlarini jamlanish bosqichi
Guruhlarni muammoli vaziyatni echimini ishlab chiqish bosqichi
To’g`ri echimlarni tanlash bosqichi
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi
o’quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. O’quvchilar qo’yilgan
muammoning echimini topishga qodir bo’lishi kerak, chunki muammoni echimini
topa olmasa o’quvchilarning qiziqishlari so’nishi va bolalar o’ziga bo’lgan
ishonchini yo’qotishi mumkin. Dars jarayonida ushbu metoddan foydalanganda
o’quchilar mustaqil fikr yurtishga, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil
qilishga, uning echimini topishga o’rganadilar.
Muammoli ta`lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va
jadallashtirishga asoslanganligi. Muammoli ta`lim texnologiyasining asosi-
insonning fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning
muammolarni aniqlash, tadqiq etish va echish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqishi haqida. Muammoli ta`limning o’quvchilar ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini o’stirishdagi ahamiyati. Muammoli ta`limning bosh maqsadi-o’quvchilarning muammoni to’liq tushunib etishiga erishish va uni hal eta olishga o’rgatishdan iborat ekanligi.Muammoli vaziyat tushunchasi haqida.
Turli o’quv fanlari bo’yicha dars jarayonida muammoli vaziyatlar hosil
qilish va ularni echish usullarini oldindan ko’zda tutish.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
-o’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog`liq ziddiyatli holatni tushuntiradi
va uni echish yo’lini topishni taklif qiladi;
-bir masalaga doir turli nuqtai-nazarlarni bayon qiladi;
-hal etish uchun etarli bo’lmagan, ortiqcha ma`lumotlar bo’lgan yoki savolning
qo’yilishi noto’g`ri bo’lgan masalalarni echishni taklif etadi va boshqalar.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
-o’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi echadi;
-o’qituvchi muammoni qo’yadi va uning echimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi;
-o’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning echimini topadilar.
Muammoli vaziyatni echishda qo’llaniladigan usullar:
-muammoni turli nuqtai-nazardan o’rganish, tahlil qilish;
-solishtirish, umumlashtirish;
-faktlarni aniqlash va qiyoslash;
-vaziyatga bog`liq xulosalar chiqarish;
-o’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar.
|