Rivojlantiruvchi (metod yordamida o’quvchilar rivojlanishining u yoki bu sur`ati (tempi) va darajalariga erishiladi).
SHaxsga yo’naltirilgan texnologiyalar - buning markazida talaba shaxsi uni rivojlantirish uchun, barcha sharoitlarni yaratish, uning tarbiyaviy salohiyatini namoyon qilishga yordam berish yotadi. Bunda talaba shaxsi faqatgina sub`ekt bo’lmay, prioritetga ega bo’lgan sub`ekt bo’ladi. Bunda u ta`limiy tizimning maqsadiga aylanadi. Bunday texnologiyalar “antropo -tsentrik texnologiyalar” deyiladi.
Tanqidiy fikr – bu qo‘yilgan masala yoki muammo yuzasidan o‘z fikrini bayon qilish, o‘zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok etish, o‘z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lishga asoslangandir. Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, fikrlash – bu o‘qish, yozish, so‘zlash va eshitishga o‘xshash jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shunday jarayonki, o‘zida biror haqiqat to‘g‘risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir:
- hayotning murakkab o‘zgaruvchanlik ma’nosini tushunib yetishga yordam beradi;
- jamoaning ochiq fikrini rag‘batlantiradi;
- aloqa, tushunish va hurmatning ikki tomonlamaligini anglatadi;
- shaxsning rivojlanishiga sharoit yaratishi va boshqalar.
Ta’lim jarayonida tanqidiy (tahliliy) fikrlashning asoslanishi:
O‘qituvchi (pedagog) va o‘quvchi-talaba o‘rtasidagi hamda o‘quvchi-talaba bilan o‘quvchi-talaba o‘rtasidagi o‘zaro hurmatni tarbiyalaydi.
Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchi-talabaning o‘z tajribasidan foydalaniladi.
Ma’lum o‘quv mazmuni o‘quvchi-talabaning talablariga mos va aniq tarzda foydalaniladi.
Muammoni hal qilishda o‘quv materiallaridan foydalaniladi.
Har xil fikr va qarashlar integratsiyalashadi.
Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi va tekshirib ko‘riladi.
Ta’lim o‘qituvchi(pedagog) bilan o‘quvchi-talabalar orasidagi yoki o‘quvchi- talabalarning o‘zlari o‘rtasidagi munosabatlar orqali berib boriladi.
O‘quvchi-talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun sharoit yaratiladi va ularning tayyorgarlik darajasiga muvofiq metodlar tanlanadi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‘l ham yo‘q. Ammo tanqidiy fikrlovchilarning shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o‘quv sharoitlari to‘plami mavjud.
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun talabalarga vaqt va imkoniyat berish zarur, ya’ni;
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tuman g‘oya va fikrlarni qabul qilish;
- talabalarning o‘quv jarayonidagi faolligini ta’minlash;
- har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga uning o‘zida ishonch hissini uyg‘otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozim.
2.2-ilova
"Insert" texnologiyasi
Ushbu texnologiya yangi matn bilan ishlashga mo’ljallangan bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Matnni qo’lda qalam bilan o’qib chiqish.
o’qish davomida matnga maxsus belgilar qo’yib borish:
+ buni bilaman;
– buni bilmas edim;
? buni mukammal bilmoqchi edim;
Matn bilan to’la tanishib chiqilgandan so’ng quyidagi jadval to’ldiriladi:
Insert tenologiyasining jadvali
Buni bilar edim.
|
Buni bilmas edim.
|
Mukammal bilishni xohlayman.
|
+
|
–
|
?
|
3.2-ilova
Do'stlaringiz bilan baham: |