1-mavzu. Ijtimoiy menejmentning shakllanishi


SHaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshiliklar



Download 114,44 Kb.
bet9/11
Sana31.05.2023
Hajmi114,44 Kb.
#946659
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 мавзу

SHaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshiliklar

Ijtimoiy boshqaruv nazariyasining bugungi kundagi imkoniyatlari va uning moddiylashgan natijalari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar qisqarmayapti, balki ortmoqda.
Zamonaviy dunyoning global qarama-qarshiliklaridan biri bo’lib, ijtimoiy taraqqiyot sur’atlarining ilmiy texnikadan ortda qolib ketishi hisoblanadi. Fan va texnika sohasidagi yutuqlar muvozanatlashtirilgan ijtimoiy kenglikni qurish uchun qulay imkoniyatlar yaratmoqda. Zamonaviy texnik vositalar, gen injeneriyasi usullari, meditsina yutuqlari insoniyatni kasalliklardan saqlashga, ochlarni to’ydirishga qodir. Bu bir tomondan insonning tabiat ustidan cheksiz hukmronligi istiqbolini ochsa, ikkinchi tomondan insoniyatning yer yuzidagi hayot uchun ortib borayotgan ma’suliyatidan dalolat beradi.
Afsuski, insonning tabiatga texnik va biologik ta’sirining tezligi va chastotasi, uning resurslaridan ayovsiz foydalanishi, doimo o’sib boruvchi energiya, ishlab chiqarish sur’atlari oliy ne’matlar va insonning mavjudligi bilan hech mos kelmasligi va aksincha, borgan sayin ular bilan qarama-qarshilik ortib borayotganligi insoniyatga juda og’ir oqibatlar xavfini solmoqda. Agar ijtimoiy boshqaruv sub’ektlari-erdagi barcha xalqlar, ularning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy institutlari texnik va biologik taraqqiyot o’sish sur’atlarini quvib o’tmasa, ochilayotgan imkoniyatlarga yetarlicha e’tibor bermasa, ijtimoiy rivojlanishni tabiiy va texnik muhitning o’zgaruvchan tashqi sharoitlariga moslashtirmasa, yaqin kelajakda insoniyatning halokati ehtimoli bor.
Bugungi kunda, dunyoning tirik qolishining asosiy sharti bo’lib, ijtimoiy taraqqiyot sur’atlarini tezlashtirish, uning ijtimoiy yetukligini oshirish, zamonaviy fikrlashni, ijtimoiy kenglikda innovatsion resurslarni, shuningdek, ijtimoiy menejment vositalarini nazorat qilishga kiritish hisoblanadi.
Zamonaviy dunyoda boshqaruvning asosiy sub’ektlari bo’lib siyosiy institutlar, davlat hokimiyati, alohida siyosiy yetakchilar hisoblanadi. TSivilizatsiyaning taqdiri, ijtimoiy taraqqiyotning yo’nalishlari ko’p tomondan ularning ijtimoiy madaniyati va siyosiy hulq-atvoriga bog’liq. Bundan ko’rinib turibdiki, ularning faoliyati va fikrlash qobiliyati bugungi kunda yangi madaniyatning to’ldirilishi, texnologik, gumanitar, ekologik, siyosiy, boshqaruv tizimining barchasini tashkil etishning rivojlanishi nimaga asosan kechishi va boshqaruvchanlikni talab etmoqda.
TSivilizatsiya bugungi kunda shunday yetuklik, aqliy tajriba boyligi darajasiga yetdiki, u xavf solayotgan ijtimoiy falokatlarni oldindan ko’rish, portlashlarni oldini olish, o’tkir mojarolarni yumshatish, ularni o’z vaqtida hal qilish uchun sharoit yaratish va albatta ijtimoiy taraqqiyot yo’lidan borishga qodir. Ijtimoiy kenglikni muvozanatdan chiqaruvchi asosiy sabablar nimalardan iborat?
Ular bir nechta:

  1. Insonni o’rab turuvchi iqtisodiy tuzilmalarni rivojlanmaganligi;

  2. Ijtimoiy ustivorlikning buzilishi;

  3. Jamiyat muammolarini yechishni demokratik usullarini ta’minlab bera olmaydigan siyosiy tuzumni shunday siyosiy tashkil qilish xarakteri;

  4. Past ma’naviyat, faoliyat yuritayotgan sub’ektlarning boshqaruv madaniyatining pastligi.

Oxirgisida batafsil to’xtalamiz. Bu borada ijtimoiy kenglikni muvozanatdan chiqishga ikki omil ta’sir qiladi. Birinchidan, jamoaviy ongning shakllanmaganligi. Ilmiy bilimlarni jamiyatni ijtimoiy loyihalashning innovatsion usullariga ta’sirini ta’minlab beradi. Ikkinchidan, ilmiy mahsulotlarni ijtimoiy boshqaruv amaliyotiga joriy qilayotgan barcha boshqaruv sub’ektlari tomonidan mavjud innovatsion usullarga e’tibor berilmayotganligi. Bugunda bir-biri bilan bog’liq bu ikki omil yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
SHunday deyish mumkinki, sotsiologiya yangilanishni talab qilyapti. U an’anaviy tashhis funktsiyalaridan doimo o’zgaruvchan ijtimoiy tizimni o’rganishga o’tishi kerak. XX asrning oxiri XXI asrning boshi tezlashgan ijtimoiy jarayonlar, dinamik ijtimoiy o’zgarishlar davri. Boshqaruvning innovatsion usulisiz bizni biz bilmagan xolda milliy chegaralar talofati kutmoqda.
SHuning uchun, XXI asr chaqirig’iga munosib javob berish uchun ijtimoiy kenglikni o’zlashtirishning innovatsion usuli, har xil ijtimoiy o’zgarishlarni faqat o’rganib va oldindan aytib beribgina qolmay, balki amaliy hayotga faol ta’sir qilish, bashorat qilingan ijtimoiy natijalarni olish, murakkab ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishga qodir vositalar izlash zarur.
Jamiyat holatiga, ijtimoiy kasalliklarga tashhis qo’yish emas, balki ijtimoiy jarayonlar va hodisalarga ta’sir qilish, ularni loyihalash tobora sotsiologiyaning predmetiga aylanib bormoqda.



Download 114,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish