4. Ijtimoiy texnologiyalar-ijtimoiy menejmentning innovatsion resursi
Ijtimoiy kenglikning texnologiyalashuvi asosida, mexanizmlari hayot talablaridan orqada qolgan ijtimoiy boshqaruvning nazariya va uslubi yotadi. Bugungi kunda, hozircha yo’q bo’lgan boshqaruvning zamonaviy nazariyasi zarur. Bu sohadagi ilmiy munozaralar, ijtimoiy resurslardan, ayniqsa, ularni loyihalash va texnologiyalash bosqichida boshqaruv darajasining pastligi bundan dalolat beradi.
Ijtimoiy modellar, dasturlar va texnologiyalarni ishlab chiqish gumanitar fanlarning vazifasi, lekin ijtimoiy kenglikni axborotlashtirish va texnologiyalashda ularning roli kamaytirilgan. Ilmiy bilimning bu shakli o’z tahliliy, informatsion, texnologik, eksport funktsiyalarini bajaryapti.
«Jamiyat oldida turgan muhim masalalardan biri bu ilmiy g’oyalar yo’lidagi hamma byurokratik to’siqlarni olib tashlash, ularning erkin aylanishini ta’minlash, ma’suliyatli yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmiga ilmni kiritishdir»1.
Albatta, bu tezis ilmni boshqaruv sub’ektlari, jamiyat tomonidan bildiriladigan o’rinli e’tirozlardan xalos etmaydi.
Inqiroz holatlarida, jamiyatning zamonaviylashuvi va uning o’tish holatlarida bu inqirozdan chiqishda strategik sayi-harakatlar roli ortib boradi. Bu funktsiyani strategik va taktik masalalarning maqbul munosabatini, ularning bosqichliligini aniqlashga qodir ijtimoiy dasturlar, loyihalar bajaradi.
Ijtimoiy loyiha o’zida dasturning shunday xilma-xilligini ko’rsatadiki, unda nafaqat dolzarb yo’nalishlar, umumiy masalalar, balki maqsadga erishish muddatlari, ob’ektning rivojlanishini chuqur o’rganish asosida bajaruvchilar harakatlari va ijtimoiy normativlardan foydalanish aks ettirilishi kerak. Bir so’z bilan aytganda, loyiha ijtimoiy masalalarni chuqur ishlab chiqish bilan xarakterlanadi va nafaqat ijtimoiy tashhis, balki tashkiliy - boshqaruv (texnologik) ta’minotni ham o’z ichiga oladi.
Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy ijtimoiy boshqaruv nazariya va amaliyotiga - hayot ne’matlari ishlab chiqarish maqsadlaridan yuqori - degan marksistik g’oya keng kirib keldi. Amerika va yapon adabiyotlarida boshqaruv g’oyasi natijalar bo’yicha muhokama qilinadi va boshqaruvning amerikancha tizimi maqsadlar (foyda, daromad, kapital) bo’yicha qoniqarsizligi aytiladi.
Farbda natija tushunchasi deganda, inson omili, ijodiy imkoniyatlar, rivojlangan fikrlash, tashkilotning rivojlanishi, o’z-o’zini boshqarish, shaxslararo munosabatlarni mustahkamlash tushuniladi va ayniqsa natijaning ijtimoiy qismini olish mexanizmi ishlab chiqiladi. Bu mexanizm odamlarni boshqarishga emas, balki, insonning aqliy va jismoniy kuchlarini erkin rivojlanishi uchun sharoit yaratishga, yashash sifati, ijtimoiy tizimni tashkil etish darajasini oshirishga, mehnatni direktiva, ko’rsatmalar bilan emas, balki, mehnatnig o’zi, uning ijodiy mazmuni, moddiy va ma’naviy omillar bilan rag’batlantirishga yo’naltirilgan.
Farbda joriy qilinayotgan ijtimoiy boshqaruv tizimlari, shuningdek, natijalar buyicha (fan tajribasi) ham nafaqat ijtimoiy natijaga erishishga, balki, uning natijasini boshqaruv-tashkiliy tomondan ta’minlashga yo’naltirilgan.
Ijtimoiy menejmentning mohiyati shundan iborat bo’lib, uning zamonaviy nazariya va amaliyoti shakllanmoqda.
SHunday qilib, zamonaviy usullar yordamida ijtimoiy resurslar va ijtimoiy qobiq, ijtimoiy jarayonlarni samarali boshqarish zaruriyati haqida fikr yuritilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |