1-Mavzu: Ijtimoiy korxonalar va ijtimoiy tadbirkorlikning yuksalishi Reja



Download 148,54 Kb.
bet16/24
Sana08.04.2022
Hajmi148,54 Kb.
#537747
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
Bog'liq
Дарслик

Гулруҳ АГЗАМОВА,
Ўзбекистон Республикаси Олий  Мажлис
Қонунчилик палатаси депутати

Sotsiologiyada sotsial konflikt paradigmasi
Reja:
1. R.Darendorf tomonidan jamiyatning konfliktli modeli sotsiologik konsepsiyasining ishlab chiqilishi
2. L.Kozerning pozitiv-funksional konflikt nazariyasi
3. Sotsial konflikt tushunchasi
4. Sotsial konfliktning asosiy funksiyalari va tiplari
5. Konfliktlarning kelib chiqish sabablari
6. Ijtimoiy tengsizlik, rollar tengsizligi sotsial konflikt asosi sifatida
Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jixatlarini ishlab chiqishda amerikalik sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning to’zilmaviy funksional modeli muhim o’rin egallaydi. U jamiyatga insonlar o’rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog’lovchi bo’g’in deb qaragan. U quyidagi qoidalarga amal qilgan:

  1. xar qanday ijtimoiy tizim nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan tuzilmadan iborat;

  2. bu tizimning xar bir elementi muayyan funksiyani bajarishi bilan tizim barqarorligini saqlashga o’z ulushini qushadi;

  3. bu ijtimoiy to’zilmaning amal qilishi zarur barqarorlik va hamkorlikni ta'minlovchi jamiyat a'zolarining qo’llab-quvvatlashiga asoslanadi.

Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me'yoriy komponenti qo’yidagi to’rtta darajada namoyon bo’ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, ma’daniyat. Konfliktning bo’lishi ijtimoiylashuv jarayonining o’zida mavjud, bunda inson nafaqat ijtimoiy tizimning namoyon bo’lish usullariga, shuningdek, tegishli madaniyatning me'yorlari va qadriyatlariga xam jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv jarayonida organizmning ichki fiziologik extiyojlari bilan insonning ijtimoiy munosabatlardagi extiyojlari o’rtasida shakllanadigan nomuvofiqlik, muayyan tanglik konfliktga aylanishi mumkin.
Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini, va demak, konfliktlarni vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq, umuman olganda, Parsons tizim elementlari o’rtasidagi konfliktsiz, “uyg’un” munosabatlar tarafdori bo’lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o’ziga xos kasallik va uni yengish zarur deb xisoblagan.
Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar XX asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari” maktabi vakillari tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Ular xam sanoati rivojlangan mamlakatlar ko’rishi kerak bo’lgan jamiyatning tabiiy xolati uyg’unlik va ijtimoiy konsensus xolati bo’lishi lozim deb xisoblaganlar.
Bu maktabning yirik vakili, Garvard universiteti professori Elton Meyo (1880-1949) “xozirgi zamonning bosh muammosi“ bo’lgan “sanoatda tinchlik“ni o’rnatishga yordam qilish zarur deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat“ deb bilgan. Undan iloji boricha qochish kerak, “ijtimoiy muvozanat“ga va “xamkorlik xolati“ga intilish kerak.
Turli mamlakatlar olimlari xech bir nuqsonsiz faoliyat ko’rsatadigan va boshqariladigan tashkilotlarda xam konfliktlar paydo bo’lishiga e'tibor qaratganlar. Bu xolat barqaror konsensusni ta'minlashga qodir qandaydir ijtimoiy tizim modeli borligiga shubxalanishga olib keldi. Shu bilan birga konfliktlarga o’sib o’tuvchi ijtimoiy ziddiyatlarning tabiiy muqarrarligi va qonuniy xarakter kasb etishini xisobga olish zarurligini tushunish xam mustaxkamlanib bordi. Natijada XX asrning 50-yillarida, Germaniya, Fransiya va qator G’arb mamlakatlarida konfliktning xozirgi zamon konsepsiyalari shakllandi va keng tarqaldi.
Xozirgi zamon tadqiqotchisi amerikalik L'yuis Kozer 1956 yilda nashr qilgan “Ijtimoiy konflikt funksiyalari“ nomli kitobida konfliktli munosabatlarsiz ijtimoiy guruhlar mavjud bo’lmasligini xamda ijtimoiy tizimlarning amal qilishi va almashinishida konfliktlarning ijobiy amaliy axamiyat kasb etishini to’g’ridan- to’g’ri ko’rsatdi. Uning fikricha, butun jamiyatning barqarorligi unda mavjud konfliktli munosabatlarning miqdoriga va ular o’rtasidagi aloqalar tipiga bog’liq.
L.Kozerning ijobiy-funksional konflikt nazariyasining moxiyati shundaki, konfliktlar jamiyat uchun begona, anomal xodisa emas; ular ijtimoiy tizim ichki xolatining, undagi aloxida shaxslar va ijtimoiy guruxlar o’rtasidagi odatiy munosabatlarning elementi, maxsulidir. Uning fikricha, konfliktlar muhim funksiyalarni bajaradilar, ular vaqti-vaqti bilan jamiyatdagi tarang vaziyatni yumshatish, aloxida shaxslar va ijtimoiy guruxlar o’rtasidagi ziddiyatlar va kolliziyalarni xal etish usuli sifatida zarurdir.
Nemis sotsiologi Ral'f Darendorf jamiyatning konfliktli modeli konsepsiyasini ishlab chiqqan. Uning 1965 yilda chop etilgan “Sinfiy to’zilma va sinfiy konflikt“ asarida xar bir jamiyat xukmronlikka, majburlash va bo’ysunishga asoslangan deb xisoblaydi. Qarama-qarshiliqlar, konfliktlarning bo’lishiga sabab, faqat odamlarning ijtimoiy notenglikka maxkumligi emas, shu bilan birga xokimiyat, shon-shuxrat, avtoritet uchun bo’lgan ko’rash, boshqaruv munosabatlaridagi noteng mavqega ega bo’lishdir, bunda bir xil odamlar faqat buyruq berish xuquqiga, boshqa odamlar bu buyruqlarni bajarishga va bo’ysunishga majburdirlar.
Darendorf konfliktlarni ijtimoiy xayotda bartaraf etib bo’lmaydigan va xar qanday ierarxik tizimga xos xususiyat deb xisoblaydi. Biroq, odamlar konfliktlarni tartibga solish imqoniyatiga egadirlar. Buning uchun uchta shartning bo’lishi zarur: birinchidan, konfliktlashuvchilarning tafovutlanishini va qarama- qarshiligini tan olish ; ikkinchidan, taraflarning, shu jumladan, jamiyatning uyushganlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, bitimga kelishish shuncha yengil bo’ladi ; uchinchidan, konfliktda ishtirok etuvchi taraflar o’rtasidagi munosabatlarni saqlashga olib keluvchi muayyan qoidalarning o’zaro maqbulligi.
Konfliktlarning umumiy nazariyasi deb nomlangan konsepsiyaga amerikalik sotsiolog va iqtisodchi Qennet Boulding asos solgan. U xam konfliktlar xamma yerda uchrashi, odamlar o’ziga o’xshaganlarga nisbatan doimiy dushmanlik qilishga va kurash olib borishga intilishlarini ko’rsatib, zo’rlik ishlatish eskalasiyasi inson tabiatida yotadi deb bilgan. Shu bilan birga konfliktlar umumiy xususiyatlar bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi, yagona elementlar orqali namoyon bo’ladi deb ko’rsatgan xamda ularni ijtimoiy sharoitlardan ajratib bo’lmasligini , ularning oldini olish va yengish mumkinligini ta’kidlagan. Boulding fikricha, konfliktlarni barxam toptirishga qaratilgan “ijtimoiy terapiya“ asosini uchta narsa tashkil qiladi : yo’zaga keluvchi qarama-qarshiliklar sababini tushunish ; ularni tugatishning kelishilgan usullarini oqilona tanlash ; insonlarning ma'naviy takomillashuvi .
Konfliktning xozirgi zamon konsepsiyalarida kishilarning xar qanday harakatlari, shu jumladan, konfliktli harakatlari xam ijtimoiy moxiyat qasb etishi, ularning u yoki bu darajada ijtimoiy muxit bilan bog’liqligi xaqida fikr mavjud. Konfliktni, uning sababini, namoyon bo’lish soxasi va shaqlini, tartibga solish usulini faqatgina jamiyat, ayniqsa, inson tabiatini, ijtimoiy munosabatlar moxiyatini va insonlarning o’zaro munosabatlarga qirishish qonuniyatlarini chuqur anglash asosida tushunish mumkin.
“Inson“ mezoni, inson moxiyati, uning jamiyatda tutgan o’rni va ijtimoiy tayinlanishi xaqidagi masalalar xozirda xam konfliktlarni tushunishda belgilovchi muhim asosdir.
Xozirgi zamon konflikt tadqiqotlarida ikkia asosiy yo’nalish o’zil-kesil shaqllangan. Birinchi yo’nalish G’arbiy Yevropada( Fransiya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya) keng tarqalgan bo’lib, u konfliktlarni o’rganish bilan shug’ullanuvchi institutlar faoliyati bilan bog’liq. Ikkinchi yo’nalish AQShda keng tarqalgan bo’lib, tinchlik muammolarini tadqiq etuvchi institutlar faoliyati bilan bog’liq. Bu institutlarning maqsadlari bir-biriga juda o’xshash, biroq ularga turli metodologik yondoshuvlar asosida erishiladi. Bir xil tadqiqotlarda G’alabaga erishish yo’llari xaqida fikrlar birlamchi axamiyatga ega, ya'ni: “Tinchlikni xoxlasang, urushni o’rgan“. Tinchlikni tadqiq qiluvchi institutlar xodimlari tinchlik va kelishuv muammolariga birinchi darajali axamiyat beradilar. Konfliktlar va ularni xal qilish yo’llariga bo’lgan umumiy qiziqishning ortishi shu darajaga yetdiki, siyosiy fanlar Xalqaro assosiasiyasining Butun jaxon kongressi (Seul,1997) mazkur masalaga bag’ishlandi.
Sobiq Sovet Ittifoqida ijtimoiy konflikt muammolari uzoq yillar davomida ijtimoiy fanlar uchun yopiq mavzu bo’lib keldi. Garchi turli darajadagi konfliktlarning muayyan turlarini xuquqiy fanlar an'anaviy tarzda o’rgangan bo’lsalar- da ( xalqaro xuquq - davlatlar o’rtasidagi konfliktlarni, fuqaroliq xuquqi - mulqiy nizolarni, jinoyat xuquqi - jinoiy vaziyatlarni o’rgangan), yuridik konfliktologiya fan sifatida umuman rivojlanmagan.
Xozirda dunyo mamlakatlarida va MDX davlatlarida konfliktning umuman olingan nazariyasi o’zil-kesil ishlab chiqilmagan, konfliktologiyaning axamiyati va o’rnini tavsiflovchi metodologik yondoshuvlarda jiddiy tafovutlar mavjud.
Konflikt tushunchasi va ta'rifi. Konflikt tushunchasi ilmiy adabiyotda bir xil ma'noda qo’llanilmaydi. «Konflikt» atamasining juda ko’p ta'riflari mavjud. «Konflikt» tushunchasiga nisbatan eng umumiy yondoshuvga ko’ra, u ziddiyatga umumiy tushuncha sifatida, eng avvalo, ijtimoiy ziddiyat sifatida qaraladigan tushunchadir.
Xar qanday ziddiyatning rivojlanishi murakkab jarayon bo’lib, u ob’ektiv ziddiyatlarning yo’zaga kelishi, avj olishi va xal etilishi asosida ro’y beradi. Marks nazariyasidagi sotsializm G’oyasi sinfiy konfliktlarni inkor etib kelgan. XX asrning 30-yillari oxirida bir qator mualliflar tomonidan sotsialistik jamiyatni «konfliktsiz» rivojlanishi, antagonistik qarama-qarshiliqlarning bo’lmasligi xaqidagi G’oya ilgari surilgan. Bu G’oya sotsializmda ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar harakteriga to’liq mos kelishi xaqidagi shiorda o’zining to’la ifodasini topgan. Keyinchaliq bunday mos kelish faqat bir-biriga qarshi to’rgan ikki tomonning birligi bilan uyg’unlashgandagina namoyon bo’lishi tan olingan. Mos kelishlik qarama-qarshiliqlar birligi doirasida qushilgan (birlashgan) vaqtda ziddiyatlar rivojining muayyan bosqichi sifatida talqin qilingan. Boshqa gurux faylasuflar esa sotsializmning asosiy ziddiyatlari bu ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlari o’rtasidagi, ba'zan ishlab chiqarish bilan iste'mol o’rtasidagi, esqi bilan yangi o’rtasidagi ziddiyat deb tushunganlar. Bir gurux ingliz olimlarning fikricha, «Konfliktlar bu xayotning muqarrar va ko’pincha ijodiy bo’lgan bir qismidir. Konfliktlar insonlarning maqsadlari farqlanganda yo’zaga keladi. Kelishmovchiliqlar va konfliktlar odatda zo’rliq qo’llanilmasdan xal qilinadi va ko’pincha barcha jalb qilingan tomonlarning axvolini yaxshilanishiga olib keladi. Bu xolat konfliktlar bizning mavjudligimizning bir qismi bo’lganligi bois to’la adolatli xisoblanadi.».
Demak, ziddiyatlar muammolari muayyan darajada ilmiy adabiyotda olimlar e'tiborini o’ziga tortgan. Biroq, bu xolatni konfliktlar nazariyasiga taalluqli deb bo’lmaydi, chunki moxiyat jixatidan unga umuman e'tibor berilmagan. Shunga qaramasdan ziddiyatlar va konfliktni, bir tomondan, sinonimlar sifatida xisoblash mumkin emas, boshqa tomondan esa, ularni bir-biriga qarama-qarshi qo’yib xam bo’lmaydi. Ziddiyatlar, qarama-qarshi turishlik, tafovutlar - bo’lar konflikt uchun zarur, biroq yetarli shartlar emas. Qarama-qarshi turishlik va ziddiyatlar, qachonqi ularni ifodalovchi kuchlar o’zaro ta'sirga, o’zaro munosabatga qirisha boshlaganda konfliktga aylanadi. Shunday qilib, konflikt ob’ektiv yoki sub’ektiv qarama-qarshiliqlar, ziddiyatlar bo’lib, u taraflarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshi ko’rashida ifodalanadi. Shuni yoddan chiqarmasliq kerakqi, bu fikrni jamiyatga taqqoslaganda gap mavxum kuchlar, boshqa tabiiy xodisalar, shuningdek Fayrioddiy fenomenlar (taqdir,tanilmagan ob'eqt va sh.q.) xaqida emas, balqi ijtimoiy sub’ektlar sanalgan muayyan odamlar, individlar, ijtimoiy guruxlar va qatlamlar, siyosiy partiyalar yoki davlatlar xaqida boradi.
Sotsial konfliktga nisbatan eng to’laroq ta'rif adabiyotlarda tadqiqotchi olim Ye.M.Babasov tomonidan berilgan: «Ijtimoiy konflikt (lotincha «conflictus» - to’qnashuv) - bu ijtimoiy ziddiyatlar keskinlashuvining eng oxirgi xolati bo’lib, unda turli ijtimoiy uyushmalar - sinflar, millatlar, davlatlar, ijtimoiy guruxlar, ijtimoiy institutlar va boshqalarning manfaatlari, maqsadlari, rivojlanish tendensiyalaridagi qarama-qarshiliqlar yoki muhim tafovutlar bilan bog’liq bo’lgan xolda ular orasida bo’ladigan to’qnashuv namoyon bo’ladi. Ijtimoiy konflikt ijtimoiy muammo yechimini taqozo etuvchi muayyan vaziyatda shaqllanadi va xal qilinadi. U yetarli miqdorda sabablarga, o’zining ijtimoiy ifoda etuvchisi (sinflar, millatlar, ijtimoiy guruq va sh.q.)ga, muayyan funksiyalarga, keskinliqning davomiyligiga va darajasiga ega»1.
Bu ta'rifda konfliktning ba'zi, xususan, ruxiy jixatlari o’z aqsini topmagan. Tadqiqotchi Yu.G.Zaprudsqiy esa aynan shu jixatga aloxida e'tiborni qaratgan: «Ijtimoiy konflikt - bu ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari, maqsadlari va rivojlanish tendensiyalaridagi ob’ektiv farqlar qarama-qarshiligining oshqora yoki yashirin xolati, mavjud ijtimoiy tartibga nisbatan qarshi turish asosida ijtimoiy kuchlarning bevosita tuFridan-tuFri va bilvosita to’qnashuvi, yangi ijtimoiy birliqqa olib boradigan tarixiy harakatning aloxida shaqlidir»2. Boshqa bir gurux mualliflar esa, konfliktga qo’yidagicha ta'rif beradilar, ya'ni:”'Konflikt - setishmaydigan maqsadlarga ega yoki shunday maqsadlar xaqida fikr yurituvchi ikki va undan ortiq tomonlar ( odamlar va guruxlar) o’rtasidagi munosabatlardir”3.
Bu ta'rif keng va umumiy ko’lamda berilgan, shu bilan birga unda «qo’yi darajada»gi - turmush, ro’zg’or, oila, mexnat konfliktlari xaqida gapirilmaydi. T.V.Novikovaning ta'rifiga ko’ra, «Ijtimoiy konflikt - bu taraflar (sub’ektlar) o’zaro munosabatlaridagi bir-birini istisno qiluvchi yoki bir-biriga zid bo’lgan muayyan o’z maqsadlariga erishishga yunaltirilgan vaziyatdir»4.
Ijtimoiy xayotning turli soxalarini o’rganishda tadqiqotchilar odatda konfliktologik yondashuvni qullaydilar. Xalqaro siyosatda konfliktologik yondashuv katta axamiyatga ega. Bu yondashuv yurisprudensiyada xam qo’llanishi mumkin, masalan, jinoyatga odamlar o’rtasidagi konflikt natijasi deb qaralgan vaqtda uning paydo bo’lish mexanizmini qo’zatish mumkin. Konflikt sud jarayonida xam namoyon bo’ladi (bir tomondan - ayblanuvchi va uning ximoyachisi, boshqa tomondan - jabrlanuvchi va qoralovchi).
Konfliktga yaqin turuvchi boshqa xodisalar xam bor, ya'ni: musobaqa, tortishuv, raqobat. Bu xollarda xam taraflarning qarama-qarshi turishi qo’zatiladi . Biroq bu qarshi ko’rash qoida buyicha dushmanliq darajasigacha keskin tus olmaydi yoki agar bunday yovo’zqorliq mavjud bo’lsa xam (masalan, raqobatda), u boshqa tomonning qonuniy harakatiga tusqinliq qiluvchi birgaliqdagi harakatga aylanmaydi. Xar qaysi taraf yutuqqa erishishga intilib, qarshi tomonni yengishga harakat qilib «O’z maydonida» ish ko’radi. Leqin bunda taraflarning harakatlari ijobiy (pozitiv) bo’lib, ular o’zlarining maqsimal yutuqlariga intiladilar, raqibini yengish ular uchun pirovard maqsad emas. Shunday qilib, konflikt va musobaqa aynan bir xil emas, biroq musobaqa konfliktga aylanishi mumkin. Bu xol raqobatga xam taalluqli, raqobatdoshlar bir-biriga tug’ridan- tugri tazyiq ko’rsatishga utishlari mumkin.
Ba'zi o’yinlar, ayniqsa, sport o’yinlari konflikt tarzida tashkil qilinadi (masalan, boqs). Lekin bu yerda moxiyat buyicha gap konfliktga taqlid qilish xaqida borayotganligi ravshan. O’yin tugashi bilan «konfliktli» munosabatlar xam tugaydi.
Musobaqa utgandan sung turli qomandalar o’yinchilari o’rtasidagi kelishmovchiliqning saqlanishi bu qoida emas, balqi istisnodir, bu xolat sportda rag’batlantirilmaydi.
Konflikt predmeti va ob’ekti. Konflikt preDmeti Deb taraflar o’rtasidagi (kelishmovchiliq)ga sabab bo’lgan ob’ektiv mavjuD bo’lgan yoki fikran tasavvur qilingal muammoga aytilaDi. X,ar qaysi taraf bu muammoni o’z foydasiga xal qilishdan manfaatdor bo’ladi. Konflikt predmeti - bu shunday ziddiyatqi, sub’ektlar u uchun va uning xal qilinishi uchun qarama-qarshi ko’rashga qirishadilar. Bu xoqimiyatga intilish, biror boyliqni egallash, ustun mavqega ega bo’lish kabi muammolar bo’lishi mumkin.
Konfliktni xal qilish yo’llarini topishda uning predmetini aniqlash muhim, biroq ko’pincha bu qiyinliq bilan kechadi. Ko’p konfliktlar uta chalqash va murakkab xolatlar bilan bog’liq bo’ladi. Konfliktlarda bir necha muammolar ustma-ust yo’z berishi mumkin. Konflikt predmeti tarqibiy qismlarga bo’linishi mumkin. Bunga uzoq davom etadigan oilaviy kelishmovchiliqlar yoki millatlararo konfliktlar misol bo’ladi.
Ishtiroqchi taraflar o’rtasida olib boriladigan muzoqaralarda konflikt predmeti oydinlashtiriladi, bunda taraflar bir-birining maqsad va pozisiyalarini aniqlashtiradilar.
Konflikt ob’ekti deganda taraflar egallashga yoki undan foydalanishga intiladigan muayyan moddiy yoki ma'naviy boyliq tushuniladi.
Konflikt ob’ekti bo’lib shaxsiy, guruxiy, ijtimoiy, davlat manfaatlarining predmeti bo’lgan moddiy dunyo va ijtimoiy borliqning istalgan elementi xisoblanadi. Bu element konflikt predmeti bo’lishi uchun turli ijtimoiy sub’ektlar manfaatlari to’qnashadigan nuqtada bo’lishi kerak, sub’ektlar bunday element ustidan shaxsiy qontrol yuritishga harakat qiladilar. Bunday vaziyatlarga misol : qichiq yoshdagi bolalar chiroyli o’yinchoq ustida talashadilar yoki u yoki bu xududning tegishliligi xaqidagi masala xal qilinmaganligi uchun davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning taranglashuvi.
Munosabatlarning muayyan tizimida konflikt bu doimo birorta resursning yetishmovchiligidir : bitta direqtor lavozimiga ikkia o’rinbosarning da'vogarligi, duqonda tanqis maxsulot olish uchun navbatda to’rganlar o’rtasida bo’ladigan janjal. Resurslar tanqisligini qompensasiya qilish ko’pincha yo’zaga kelgan muammoni birdaniga xal qilishi mumkin. Kishilar qundaliq xayotlarida to’qnash keladigan ko’p sonli muammolarni shu tariqa yuq qilishga erishishi mumkin emas. Oddiy, tipiq konfliktlar ob'eqtlarini ajratish eng umumiy harakterdagi muammolar darajasini aniqlashga imqon beradi. Masalan, qundaliq turmushimizga xos bo’lgan transport va navbatda turishda bo’ladigan konfliktlar davlat miqyosidagi transport qatnovi va tovar ta'minoti tanqisligi bilan tuFridan-tuFri bog’liqdir.
Ba'zan konfliktlar aniq ob'eqtga ega bo’lmasligi mumkin, ya'ni ob’ekti bor konfliktlar bilan birga ob'eqtsiz konfliktlar bo’lishi mumkin, bunda sub’ektlarning birorta narsa ustidan nazorat qilishi o’zaro maqsad-intilishlari istisno qilinadi. Masalan: ko’p qavatli uylarda yonma-yon yashovchi qushni xonadonlarning birida uy egasi ilmiy asarni yozish bilan band bo’lganda, qushnisi pianinoda mashq qila boshlaydi. Birinchi qushni ikkinchisiga murojaat qiladi va shu tariqa konflikt yo’zaga keladi. Bu konfliktda qushnilar birorta narsa ustidan nazorat o’rnatishga intilmaydilar, balqi birinchisining samarali ishlashiga ikkinchisi xalaqit beradi. Yoki jinoiy ish yuritish amaliyotida shunday xolatlar uchraydiqi, tasodifiy utqinchi bezoriga tanbex beradi, shunda konflikt avj olishi mumkin. Bunda konflikt bir sub’ekt tomonidan ikkinchisining axloqiy qarashlarini bo’zish orqasida ro’y beradi.
Konflikt sabablari va motivlari. Jamiyatdagi sababiy bogliqliq. Ijtimoiy muxitda sababiyliq ko’p murakkabliq va chalqashliq bilan harakterlanadi. Xar bir ijtimoiy harakat turli-tuman va aqsariyat xollarda ziddiyatli xodisalarni keltirib chiqaradi. Konfliktlarning asl sabablarini aniqlash esa, xodisalar va kishilar o’rtasidagi o’zaro aloqadorliqning butun zanjirini chuqur taxlil qilishni taqozo etadi.
Turli konfliktlardagi taraflar xatti-harakatlari sabablarini taxlil etishda ularning odatda o’z manfaatlarini qondirishga bo’lgan intilishlaridan iborat eqanligini tushunish qiyin emas. Faraz, uch olish, xasadguyliq, qurolmasliq, nosamimiyliq, araz, qabo’l qilingan qarordan qoniqmasliq, bugungi qunda yoki kelgusida o’zini moddiy jixatdan ta'minlashga bo’lgan intilish sud amaliyotida uchrab turadigan turmush konfliktlari sabablarining aqsariyati xisoblanadi. Guruxiy konfliktlarning motivlari xam bo’lardan farqlansa-da, ular xam o’ziga xos xilma-xil, masalan, iqtisodiy qiyinchiliqlar, siyosiy extiroslar, raxbarliqqa intilish, milliy Furur va sh.q. Xalqaro maydonda davlatlar xatti-harakatlari motivlari xam shu kabi turlicha bo’lishi mumkin. Aslini olganda konfliktlar sabablari xozirgi xayotning butun murakkabligini aqs ettirishga qodir. Aytish joizqi, “Konflikt taxlili qo’yidagilar :
- vaziyat sabablari va tarixini, shuningdek, joriy xodisalarni tushunish ;
- faqat asosiy yoki aniq qo’rinib to’rgan taraflarni emas, balqi konfliktga jalb qilingan barcha ishtiroqchi (gurux)larni aniqlash ;
- barcha bu ishtiroqchi(gurux)larning nuqtai nazarlari va ularning o’zaro munosabatlarini bilish ;
- konflikt negizida yotgan oillar va tendensiyalarni aniqlash ;
- muvafaqqiyatsizliqlar va yutuqlardan tegishli xulosa va saboqlar chiqarish uchun zarurdir.
Konflikt taxlili bu bir martaliq tadbir emas, u o’zgaruvchan omillar, dinamiqa va sharoitlarga harakatlarni moslashtirishga yordam qiluvchi doimiy jarayon bo’lib qolishi kerak.»1.
Biroq, individlar va ijtimoiy guruxlar xatti-harakatlarining (sabablari) motivlari konfliktlarning chuqur sabablari bo’la olmaydi, chunki bu motivlarni o’zi xam izox talab etadi. Inson tashqi vaziyat o’zgarishlariga befarq bo’lmay, o’zgarib boradi; o’z navbatida psixologiq omillar iqtisodiy va siyosiy jarayonlarning borishiga ta'sir o’tkazadi. Ijtimoiy ong tafaqqur, xissiyotlar, extiyojlar, motivlar, manfaatlar orqali namoyon bo’ladi, bundan esa, muayyan kishilarning fikrlari, mavqei, harakatlari, extiyojlari, xulq-atvori shaqllanadi. Bunda aynan xissiy darajada qayd etiladigan va guruxlar, jamoalarning xatti-harakati, xulq-atvori, nuqtai nazari sifatida umumlashadigan ijtimoiy ongning individual ifodalanish turli shaqllarida ma'naviy soxadagi ziddiyatlar oshqora va keskin qo’rinishda namoyon bo’ladi, borliq ziddiyatlari aqs etadi.
Umuman keng ko’lamli konfliktli vaziyat jamiyatdagi ijtimoiy tarqoq jarayonlarning kechishi xaqida, muayyan jamiyatning barqarorligini yoki xududiy yaxlitligini ta'minlovchi muhim ijtimoiy to’zilmalarning qisqa muddatli yoki uzoq davom etadigan ko’p yoki qam darajadagi, ba'zan esa to’zatib bo’linmaydigan dezintegratsiyasi xaqida guvohlik beradi.
Xoz irgi zamon jamiyatida konfliktlar oqibat natijada ob’ektiv mavjud ijtimoiy ziddiyatlarning tuFilishi va namoyon bo’lishidan iborat.
Bunday nuqtai nazar Markscha nazariyada keng ishlab chiqilgan. Q.Marksning fikricha, jamiyat qotib qolgan emas, sinfiy ko’rash orqali u doimo o’zgaradi. Bunday jamiyat ishchi sinfi tomonidan o’zining qaramliq xolatini anglab borgan sari ko’proq ziddiyatlashib boraveradi, toqi ijtimoiy inqilob sodir bo’lib, eqspluatator sinfni qulatmaguncha. Bunday jarayon umumjaxon harakteriga ega va vaqti kelib sinfsiz jamiyatga olib kelishi muqarrar.
Ijtimoiy-tarixiy jarayonni bunday tushunish ba'zilar tomonidan jiddiy asoslantirilgan e'tirozlarga sabab bo’ladi. Marks ijodiy merosini o’rganuvchi ba'zi tadqiqotchilar shu narsaga e'tibor beradilarqi, bu ma'nodagi sinfiy konfliktga uning turli xil xatti-harakat shaqllarini nazariy taxlil etmasdan qaralgan. Ba'zi olimlar esa, uning ta'limotida sinflar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni mutlaqlashtirishni qo’rganlar.
M.Veber esa konfliktlarning paydo bo’lishini faqat qambaFalliq va boyliq tafovutlariga bogliq deb xisoblamaydi. U notenglik xususiyatiga qarab e'tibor, xurmatning turli darajada bo’lishi, bir xilda bo’lmagan obru, mavqe, maqomli guruxlar tushunchasini qiritgan. Bunda Veber turli guruxlarning moddiy va G’oyaviy manfaatlari bilan diniy ong o’rtasidagi bog’liqliqni ko’rsatib utgan.
R.Darendorf esa aynan sinflarni konfliktlashuvchi ijtimoiy guruxlar deb xisoblagan. Uning fikricha,sinfiy konflikt jamiyat harakteri bilan belgilanadi. Konflikt odatda iqtisodiy munosabatlar bilan emas, balqi boshliqlar va buysunuvchilar o’rtasidagi munosabatlar orqali vujudga keladi, uning bosh sabablari kishilarning bir-birlari ustidan xuqmronligi, xoqimiyatga esa bo’lishlaridir. Konflikt uchun asos faqat ishchilar ustidan tadbirqorlar xoqimiyatining o’rnatilishi emas, konflikt boshqaruvchilar va buysunuvchilar mavjud bo’lgan xar qanday tashkilotda paydo bo’lishi mumkin (qasalxonada, xarbiy qismda, universitetda va x.). Darendorf o’zining «Industrial jamiyatda ijtimoiy sinflar va sinfiy konflikt» nomli mashxur asarida ob’ektiv «yashirin» va anglashilgan «oshqora» manfaatlarning mavjudligi xaqidagi xulosani chiqarish uchun Marksning ko’p nazariy xulosalaridan foydalangan. Sinflar, uning fikricha, qachonqi «yashirin» manfaatlar «oshqora» manfaatlarga aylanganda vujudga keladilar.
Xozirgi zamon olimlaridan P'er Burd'e esa xozirgi konfliktlarning rivojlanish xususiyatlari ustida fikrlash uchun amaliy tavsiyalar beradi. Uning fikricha, sinflar tuFrisidagi Markscha nazariyaning qamchiligi ob’ektiv mavjud tafovutlar majmuini e'tiborga olmasliq, ijtimoiy borliqning faqat iqtisodiy maydon bilan cheqlash natijasidir.
Q.Boulding, L.Qraysberg, M.Qroz'elar fikricha, konfliktning o’zi turli xil maqsadlarga intiluvchi guruxlarning qarshi ko’rashidan iborat. Q.Bouldingning ta’kidlashicha, xamma konfliktlar umumiy elementlarga xamda rivojlanishning umumiy me'yorlariga ega bo’ladi, bu elementlarni o’rganish konflikt xodisasini uning istalgan qo’rinishida o’rganish, tasavvur qilishga imqon beradi.
Demak, konfliktlarni tushunishda va asoslashdagi asosiy yondashuvlar yirik ijtimoiy uyushmalar o’zaro munosabatlarining xususiyatlarini qurib chiqish doirasida shaqllanganligini qurishimiz mumkin.

Download 148,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish