Osiyo mamlakatlarining ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi tajribalari. Xitoyning ijtimoiy tadbirkorlik sohasi – mamlakatning yangi konsepsiyasi sifatida alohida diqqatga sazovardir. Xitoyda ijtimoiy tadbirkorlikning dastlabki bosqichi xorijiy mamlakatlar tajribasi va tadqiqotlari orqali asrimizning dastlabki yillaridashakllana boshlandi. Hozirgi davrga kelib mamlakatda ijtimoiy tadbirkorlik “Xitoyliklarning xususiyatlari”deb nomlangan maxsus korporatsiya faoliyatinatijasida va bu sohani qo’llab-quvvatlovchi fidoiy tadbirkorlar va mutaxassislaruchun eng qaynoq faoliyat turiga aylanib ulgurdi.
Ijtimoiy korxonaning xitoy tilidagi tarjimasi.
Moskvadagi Skolkova menejment maktabi professor assistenti Meng Zao “Ijtimoiy
korxona” tushunchasining Ingliz tilidan Xitoy tiliga tarjima qilinganda 3 xil varianti borligini alohida ta’kidlab o’tadi.
Ular quyidagilar:
Bular – ijtimoiy korxona, ijtimoiy faoliyat va ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish va ularning farqlar Ingliz tiliga qaraganda Xitoy lingvistik lug’atida “Ijtimoiy” va “Korxona” so’zlarning turli xil ma’nolari mavjudligiga qarab izohlanadi. Xitoy tilida “Ijtimoiy” so’zi notijorat, sahovatpeshalik, mehr-shavqat so’zlari bilan qo’llanilishi majburiy emas, bu tushuncha, odatda, ijtimoiy sektor, ijtimoiy iqtisodiyot iboralarida ishlatiladi. Xitoyliklarda ijtimoiy mahsulot termini, asosan, mehr-shavqat, sahovatpeshalikni izohlash uchun qo’llaniladi.
Xitoyda “Korxona” tushunchasi innovatsiya, tavakkalchilik va avantyura (qaltis ish) singari bir qator tushunchalarning kichik birikmasini o’z ichiga oladi. Bu tushuncha biznes yoki kompaniya tushunchalarini tor doirada ko’rsatadi.
Ijtimoiy korxonaning izohi. Xalqaro miqyosda ijtimoiy tadbirkorlik va ijtimoiy
korxona tushunchasining aniq izohi bu – iqtisodiy va ijtimoiy qiymat o’rtasidagi
to’g’ri balansni aniqlash hisoblanadi. Xitoy bahs-munozaralarida ijtimoiy korxonaning alohida izohi ikki omilga bog’liqligi ta’kidlanadi, bular quyidagilar:
Tashkiliy xususiyati – ijtimoiy korxonalar notijorat tashkiloti sifatida ro’yxatgaolinishi va boshqarilishi kerakmi yoki foyda keltiruvchi, tijorat korxonalari sifatida faoliyat olib borishi zarurmi? Xitoyda notijorat tashkilotlari uchun bu juda muhim, chunki ular biznes korxonalari sifatida ro’yxatga olinsalar qonuniy jihatdan
ijtimoiy korxonalardan farq qilmaydi.
Daromadlar avlodi. Ijtimoiy korxonalar tovar va xizmatlarni bozorga sotib
moliyaviy barqarorlikka erishishi kerakmi yoki hukumat grantlari asosida
keladigan resurslarni birlashtirishi lozimmi?
Bu ham Xitoydagi notijorat tashkilotlarining faoliyati bozor va savdo o’rtasida amalga oshadimi degan savollarni ko’paytirib yubormoqda. Bu savollarga javob olishdan oldin tashkilot ijtimoiy korxonami yoki notijorat tashkilotimi degan savolga aniq javob topishi kerak.
Xitoyda ijtimoiy tadbirkorlar kimlar? Xitoyda ijtimoiy tadbirkorlik ruhi
qaynamoqda. Katta motivatsiya bilan faoliyat olib borayotgan ijtimoiy tadbirkorlar
mamlakat bo’ylab ijtimoiy va ekologik muammolarni hal qilish bilan band bo’lmoqdalar.
Xalqaro Tadbirkorlik Monitoringi (2011 yil) shuni aniqladiki, erkaklar ayollarga qaraganda ijtimoiy tadbirkorlikni olib borishga ko’proq moyil bo ladilar.
Bu nisbat turli mamlakatlarda turlicha ko’rsatkichga ega. Masalan, Malayziya yoki Rossiyada ayollar ijtimoiy tadbirkorlik korxonalarini ochishga erkaklarga nisbatan ko’proq moyil bo’lishadi. Xitoyda bu ko’rsatkich nisbatan teng. Uning nisbatlari Birlashgan Qirollik bilan deyarli o’xshash (ayollar 46%, erkaklar 54%). Xitoyda 42% ayollar, 58% erkaklar ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ishtiyoqmand hisoblanishadi.
Jinsiy tafovut va iqtisodiy ta’sir. Ikki xil jins vakillarining iqtisodiyotga katta
ta’siri yaratilgan ish o’rinlarining sonida yaqqol kuzatiladi. So’rovlarimiz
natijasida shu narsa ayon bo’ldiki, ayollar o’rtacha hisobda 4 ta ishchi o’rin
yaratishsa, erkaklar o’rtacha 14 ta ish o’rnining ochilishida ishtirok etishar ekan.
Bundan tashqari, erkaklar tomonidan asos solingan ijtimoiy tadbirkorlik
korxonalari ayollarning korxonalariga nisbatan ancha samaraliroq faoliyat olib
borar ekan (erkaklarda 57% , ayollarda 10% hollarda), shuningdek, ayollar
kamchiliklarni aniqlash va tuzatishlar kiritishga erkaklarga nisbatan ko’proq moyil
bo’lisharkan (40% ayollar, 14% erkaklar)
Butun dunyo bo’ylab shu narsa aniqlanganki, 25-34, 35-44 yosh oralig’idagi
insonlarning ijtimoiy tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishga bo’lgan ishtiyoqi
eng yuqori darajada bo’ladi. Xitoydagi ijtimoiy tadbirkorlarning katta qismi (63%
i) o’zining professional yo’nalishini yaratish va kasbiy yoki professional mahoratini rivojlantirish davri hisoblangan 33-40 yosh oralig’idagi tadbirkorlardan iboratdir tadbirkorlikka moyillik darajasi.
Xitoyda ishbilarmonlarning ijtimoiy tadbirkorlikka ishtiyoqmandlik darajasi 31-40 yosh oralig’ida eng yuqori ko’rsatkichga erishar ekan. Albatta, bunday yosh oralig’ida inson yangi faoliyatni tashkil etishi va boshqarishi uchun tajriba hamda intellektual salohiyat bilan yetarlicha qurollangan bo’ladi. Yosh tarkibining boshqa bosqichlarida ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarishga motivatsiya darajasi ancha past ekanligini chizma ma’lumotlari tasdiqlab turibdi.
Ijtimoiy tadbirkorlikni moliyalashtish manbaalari. Xitoyda ijtimoiy tadbirkorlikni moliyaviy jihatdan ta’minlash borasida ko’plab tashkilotlar turli yo’nalishlarda faoliyat olib bormoqda va ularning moliyaviy hissasi ham har xil darajada.
Xitoyda ijtimoiy tadbirkorlikni moliyalashtirishda eng faol qatnashadigan tarmoq bu “Oila va do’stlar” tarmog’idir. Uning hissasi ijtimoiy tadbirkorlik faoliyatini barqarorlashtirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.