1-мавзу: ижтимоий фалсафанинг баҳс мавзуси ва вазифалари қуйидаги терминларни таърифланг: Falsafa yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish»



Download 80,5 Kb.
Sana19.06.2021
Hajmi80,5 Kb.
#71200
Bog'liq
1-seminar IF javobi


1-МАВЗУ: ИЖТИМОИЙ ФАЛСАФАНИНГ БАҲС МАВЗУСИ ВА ВАЗИФАЛАРИ

Қуйидаги терминларни таърифланг:

Falsafa (yunoncha φιλοσοφία — «donishlikni sevish», yunoncha φιλέω — «sevaman» va yunoncha σοφία — «donolik») — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri, inson faoliyati sohalaridan biri. U kishi qanday yashashi, hayot kechirishi kerak (etika); qaysi narsalar mavjud va ularning tabiati qanday (metafizika); bilim nima (epistemologiya); hamda qanday fikrlash toʻgʻri (mantiq) ekanligini hal qilishga urinadi.

Falsafa, filosofiya — insonning dunyoda tutgan oʻrni va dunyoqarashining yaxlit tizimini ifodalovchi maʼnaviy faoliyatining bir shakli. Milodiy 2—3-asrlarda oʻtgan yunon faylasufi Diogen Laertskiyning shohidlik berishicha, yunon mutafakkiri Pifagor birinchi boʻlib oʻzini "filosof" deb atagan. Bu soʻz Geraklitning falsafiy taʼlimotida narsalarning tabiatini tadqiq etishga nisbatan qoʻllanilgan, tadqiqotchining oʻzi esa "filosof" deb atalgan. Keyinchalik "filosof" soʻzi har taraflama, keng , tushunarli va haqqoniy fikr yuritishga intiluvchi kishiga nisbatan qoʻllanilgan. Tarixiy maʼlumotlar yunoncha "philosophia" soʻzi arabchaga "falsafa" boʻlib oʻtganligi, arablar bu fanni "hikma" deb atashi, ruschaga "filosofiya" tarzida oʻtganligini tasdiqlaydi, demak falsafa bilan filosofiya soʻzlari bir xil maʼnoga ega.

F.ga haqiqatga eltuvchi taʼlimot sifatida yondashgan sokratchilar maktabi vakillari nuqtai nazaridan karasak, "haqiqatga muhabbat", "haqiqatni sevish" degan maʼno kelib chiqadi. F. haqida fan tarixida turlicha, hatto birbiriga qaramaqarshi qarashlar mavjud. F.ga hamma fanlarning boshlanishi, olamning asl mohiyatini va universal qonunlarini ochuvchi fan deb yondashishdan tortib uni oʻz tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan mavhum va oʻta umumlashgan, inson uchun foydasiz bilimlar majmui deb hisoblovchilar ham uchraydi. Insoniyat foydalanayotgan barcha bilimlar F.dan boshlanib, falsafiy xulosa bilan yakunlanadi. F.ni fan darajasiga olib chiqqan Platon uni "mavjudlikni, mangulikni va doimiylikni bilish", Aristotel "narsalarning sabablari va asosiy tamoyillarini tadqiq etuvchi fan" deb bilgan, stoiklar uni nazariy va amaliy tafeilotlarga intilish deb, epikurchilar unga "aql vositasida baxtga erishish yoʻli" deb qaragan. Forobiy F.ni "hikmatni qadrlash" yoki fikrlash sanʼati deb bilgan. Oʻrta asrlar xristian F.sida u "tabiiy akl nuri vositasida erishiladigan dunyoviy donolik" (teologiya esa ilohiylik nuri vositasida erishiladigan ilohiy donolik) deb taʼriflangan.



Ijtimoiy falsafa - falsafa fanining jamiyat va uning taraqqiyoti qonuniyatlarini oʻrganuvchi sohasi. I. f. insonlarning amaliy faoliyati va ular oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ham taxlil qiladi. Insonlar turli faoliyatlari jarayonida oʻz hayotlari uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlarni, maʼnaviy va ijtimoiy muhitni yaratadilar va bu ja-rayonda oʻzaro turli munosabatlar oʻrnatadilar. Bular i.ch., siyosiy, axloqiy, oilaviy va b. ijtimoiy munosabatlardir. Jamiyat esa oʻzaro ijtimoiy munosabatlarda boʻlgan insonlardan tashkil topadi. Insonlarning turli faoliyati ular ijtimoiy hayotining asosiy maz-munini tashkil etadi va jamiyat ta-raqqiyotini belgilaydi. I.f. insonlar faoliyati va ijtimoiy munosabatlarining obʼyektiv va subʼyektiv tomonlarini taxlil qiladi. I.f.ning asosiy masalasi — insonlarning ongi, tafakkuri, borligi, turmushidir. Bu, bir tomondan, ularning maqsadlari, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va h.k. moʻljallarini, ikkinchi tomondan, ular hayoti va faoliyatining obʼyektiv shartsharoitlarining oʻzaro bogʻliqdigini oʻz ichiga oladi. Jamiyat taraqqiyoti qrnuniyatlarini idealistik yoki materialistik talqin qilish mumkin. Idealistik nazariya jamiyatdagi barcha oʻzgarishlarning sababchisi insonlarning ongi yoki dunyoviy ruh deb tushuntiradi. Unga koʻra, jamiyatda insonlar ongli ravishda faoliyat koʻrsatadilar, chunki ular biron-bir ish qilishdan oldin uni oʻz onglarida, tafakkurlarida uz maqsadlari va uning mohiyatini aqlan tasavvur qiladilar. Yaʼni, bajaradigan ishlari, faoliyatlarining gʻoyaviy, aqliy rejasi uning amaliy natijasidan oldin tuziladi. Bundan ong birlamchi, boshqa hamma narsa ikkilamchi, ongning mahsuli va ong tomonidan belgilanadi, moddiy va maʼnaviy boyliklar, boshqa ijtimoiy hodisalar ongning , umuman inson hayotidagi maʼnaviyatning mujassamlanishi va ifodasidir, deb talqin qilinadi. Bu insoniyat tarixida aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan, maʼnaviyatning moddiy i.ch.dan ajralib chiqishi bilan ham tasdiqdanadi, deb xulosa chiqariladi. Idealistik I. f. tarafdorlari asarlarida jamiyat va inson faoliyatining turli sohalariga oid xil-maxil fikrlar mavjud. Nemis mum-toz falsafasi vakillari I. Kant, G. Gegel, fransuz faylasuflari O. Kont va E. Dyurkxeym, hozirgi zamon pozitivizmi, ekzistensializm va b. yoʻnalishlar vakillarining ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashlari muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy ijtimoiy falsafaning yetuk namoyondasi germaniyalik Aksel Honnetdir. Materialistik nazariya esa barcha oʻzgarishlar negizida insonlarning moddiy turmushi, ularning ijtimoiy borligi yotadi, deb tushuntiradi. Bular ijtimoiy va individual ongning paydo boʻlishi va rivojlanishining obʼyektiv asosidir, deb hisoblaydi. Hozir ham idealistik va materialistik dunyoqarashlar oʻz ahamiyati va dolzarbligini yoʻqotmagan. Ijtimoiy-falsafiy fikr sohasida mavjud boʻlgan koʻpchilik yoʻnalish va maktablar shu ikki oqim tarafdorlaridir. I. f. sohasidagi plyuralizm ijobiy ahamiyatga ega, chunki u ijtimoiy hayotdagi hodisalarni talqin qilishdagi biryoqlamalikdan voz kechishga, tarixiy jarayondagi moddiylik va maʼnaviylikning oʻzaro aloqasini chuqurroq taxlil qilishga imkon beradi. I. f. — tarix, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ijtimoiy psixologiya, huquq, etika va b. ijtimoiy fanlar uchun metodologiya rolini oʻynaydi. I. f. dunyoqarashni shakllantirish, nazariy, uslubiy va voqeahodisalarni oldindan aytish vazifalarini bajaradi. Dunyoqarashni shakllantirish vazifasi insonning jamiyatdagi oʻrni, turmushi, moddiy va maʼnaviy shartsharoiti, hayot maqsadlari toʻgʻrisidagi masalalarni qamrab oladi. I.f.ning nazariy vazifasi ijtimoiy taraqqiyot jarayonining mohiyati, mazmuni va yoʻnalishini asoslab beradi. Uslubiy vazifasi ijtimoiy hayotdagi ayrim hodisa va jarayonlarni turli ijtimoiy fanlar tomonidan tadqiq etishda uning qonuniyatlari va kridalaridan foydalanishdan iborat. I.f.ning oldindan aytish (ba-shorat qilish) vazifasi jamiyat, uning ayrim tomonlari taraqqiyoti, inson faoliyatining yaqin va boʻlajak oqibatlarini oldindan aytib berishdan iborat. I.f.ning mazkur vazifalari falsafiy tafakkur nazariyasi va uslubini egallagan har bir inson ongining takomillashuvida namoyon boʻladi. Falsafiy tafakkur esa jamiyat taraqqiyotidagi ijtimoiy hodisalarni anglash va amaliy vazifalarni hal qilishning muhim vositasidir.

Bilish – moddiy olamning inson ongida in`ikos etish jarayonidir, aniqrog’i, bilish oddiy mexanik holdagi aks etish bo’lmay, balki ob`yektiv olamdagi narsa-xodisalarning inson miyasida umumlashtirilgan, abstraktlashgan holdagi, ilmiy tushunchalar shaklida aks etishdir. Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida in`ikos etishni e`tirof qilish ilmiy falsafa bilish nazariyasining asosidir. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda yuz beradigan ob`yektiv jarayonlarining inhikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish nazariyasi asosan quyidagilardan asoslanadi.

- ob`yektiv olam bizning sezgi va tasavvurlarimizga bog’liq bo’lmagan holda undan tashqari mavjud, ob`yektiv olam – inson sezgi va tasavvurlari manbai;

- inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish mumkin. Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida o’ziga bog’liq bo’lmagan olam mazmunini inhikos ettiradi.

Demak, tashqi olam, undagi hamma narsa va xodisalar sezgilarga tahsir etishi bilan sezgi obrazlari hosil qiladi. Sezgi tasavvur va tushunchalarda ob`yektiv olamning sub`yektiv inhikosi hosil bo’ladi. SHuning uchun ham bilish nazariyasi inhikos nazariyasi deb ataladi. Bilish nazariyasi predmet bilan obraz va obhekt bilan sub`yekt orasidagi munosabatlarini to’g’ri hal qilishni talab qiladi. CHunki bilish jarayonida obhekt bilan sub`yekt dialektikasi muhim o’ringa ega. U sub`yekt, yahni inson bilan bog’liq jarayondir. Insonsiz bilish jarayoni bo’lishi mumkin emas. Sub`yektning ilmiy bilishdagi roli shundan iboratki, u ob`yektiv mavjud bo’lgan qonuniy bog’lanishlarni ochib beradi. Obhektga nisbatan ham amaliy, ham nazariy jihatdan yondoshadi.

Masalan, nemis fiziologi Gelg’mgolning ilgari surgan simvollari nazariyasiga muvofiq, inson avvalo o’z sezgirlarida tashqi olamni yaratadi. O’z sezgilarini narsa, xodisaga aylantiradi, keyin esa uni bilishga intiladi. U buyum obrazini buyumning o’zi bilan tenglashtiradi. Sezgi ob`yektiv olam obrazi bo’lmay, olamning o’zi bo’lib qoladi. Demak ushbu simvollar nazariyasiga ko’ra narsa bilan narsaning tasavvuri orasida farq yo’q. O’z vaqtida Ibn Sino empirik tabiatshunos sifatida Pifagor, Platon, o’rta asrdagi sxolast G’azzoliy kabilarni fikrlariga zarba berib mistik son yoki geometrik figuralari yo’q: son, geometrik figuralar konkret predmetsiz bo’lmaydi, degan xulosaga keladi. Sezgi mazmuni predmetlar xossalari bilan hech qanday umumiylikka ega bo’lmagan belgilar, simvollar bilan almashtirish noto’g’ri.

Sezgi obrazi moddiy dunyo narsa va xodisalarining inson sezgi ahzolarida aks etishi natijasida yuzaga kelgan. Demak sezgi va tushunchada narsaning o’zi emas, narsaga nisbatan ikkilangan ko’rinishi hosil bo’ladi.

Obraz sezgi va tushunchadan tashqarida mavjud bo’lish mumkin emasligi sababli u ideal narsadir, u inson, sub`yekt ongida vujudga keladi. Lekin sezgi ob`yektiv mazmunga ega. U moddiy dunyoning qayta ishlangan mazmunini gavdalantiradi. Shunga ko’ra ob`yektivdir.

Obraz sub`yektda uning sezgi va tafakkurida hosil bo’ladi. Demak, obraz sub`yekt bilan obyekt o’rtasidagi birlikni ko’rsatadi. Sezgi, tasavvur, tushuncha shakliy jihatdan sub`yektivdir, lekin mazmunga ko’ra ob`yektivdir. Chunki sezgida real dunyo inhikos etadi. Demak sezgi – ob`yektiv olamning sub`yektiv obrazidir.

Sezish – umuman inson bilimi taraqqiyotiga nisbatan birinchi bosqichdir. Insoniyatning dastlabki bilimlari, tushunchalari dastavval sezgi a`zolari orqali olingan dalillar asosida yuzaga keladi. Sezish inson miyasining tashqi olam bilan dastlabki va bevosita bog’lanishdir. Sezgi obrazi sodir bo’lishi uchun uni hosil qiluvchi narsa yoki hodisa ob`yekti mavjud bo’lmog’i lozim. Olamdagi narsa va hodisalar haqida sezgi obrazlari, tasavvurlar bilish jarayonining ma`lum bosqichidagina shakllanadi. Sezgi ob`yektiv olamning sub`yektiv obrazi deyish bilan birga shuni alohida tahkidlash kerakki, bu obraz ko’chirma qotib qolgan, o’lik narsa emas, balki bilish jarayonida o’zgarib boradi. Bilishning ziddiyatli jarayon ekanligini bilimlarimizning to’laroq, chuqurroq bilishi uchun dalil va mahlumotlarning yangisiga to’g’ri kelmay qolishida ko’rishimiz mumkin. Ziddiyatli munosabat hal qilinishi bilan bilish jarayoni rivojlanib boradi. Bizning ongimiz esa bu taraqqiyotini o’zida aks ettirish bilan birga hodisalarning yuzaki xususiyatlarini bilishdan mohiyatini bilishga tomon boruvchi tarixiy jaryon ekanligini ko’rsatadi.

Bilish jarayonida amaliyot muhim rol o’ynaydi. Amaliyot ko’p qirrali va sermazmun tushuncha bo’lib, o’z ichiga inson faoliyatining barcha shakllarini qamrab oladi. Amaliyotning asosini mehnat, moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy ozodlik harakati, amaliyot insonning o’ziga xos faoliyati bo’lib, faqat ulargagina tegishlidir. Amaliyot insonlarning tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tarixiy taraqqiyot sub`yekti hisoblangan insonning, uning uchun ob`yekt hisoblangan moddiy olam bilan bog’lanishdir. Bunday aloqadorlik jarayonida sub`yekt faol rol o’ynaydi. Amaliy ta`sir faqat ob`yektini emas, balki sub`yektning o’zini ham o’zgartiradi. Amaliyot sub`yekti alohida insonlar, ijtimoiy guruhlar; sinflar, butun jamiyat ham bo’lishi mumkin. Qachonki, bunday sub`yekt sifatida inson bilar ekan, amaliyot alohida faoliyat tusini oladi va u bilan bog’langan bo’ladi. Chunonchi, har bir inson shu jamiyat ahzosi bo’lar ekan, o’zining harakatlari bilan alohida jamiyat ahzosi bo’lib maydonga keladi. Shuning uchun ham alohida odam ijtimoiy amaliyotining bir bo’lagi bo’lib hisoblanadi.

Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. M. metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. M. metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrga-tuvchi M.ga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi M.ga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda qoʻllaniladigan M.ga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin.

M.ga ilmiy bilishning , voqelikni anglash va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Mac, Yunonistonda geometriya yer maydonlarini oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani oʻrganish uchun muhim M. deb bilishgan. Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka "kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin" deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk M. vazifasini oʻtagan. M. taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar Aristotel merosini oʻrganishda M. boʻlib kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning "Metafizika" asarini 40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asarning mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini yozib qoldirgan. M. haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va boshqa yevropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, M. rivojiga Kant, Fixte, Shelling , Gegel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik M.ning asoslarini ishlab chikdi. 20-asrda sinergetik, strukturalistik va germenevtik M.lar falsafada eng obroʻli falsafiy M.lar sifatida nom qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish M.lari esa insonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda.

Bugungi kunda sinergetika M.si olamning chigal muammolarini tadqiq etishda, halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish jarayonlarining mohi-yatini tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini oʻtamoqda.

Antropologiya – (antropo … va … logiya) – odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, odamzod irqlarining pay-do bo‘lishi, odamning tana tuzilishida-gi normal farq-tafovut, o‘zgaruvchanlik haqidagi fan. A. ijtimoiy fanlarga juda yaqin turadigan biologiya sohasidir.A.ga doir fikrlar bundan bir necha ming yil ilgari paydo bo‘lganiga qaramay, u fan sifatida faqat 19-asrning 2-yarmidan shakllana boshladi. A.ning muhim sohasi – odam organizmining tuzilishi va rivojlanishiga taʼsir qiladigan fiziologik, biokimyoviy va genetik omillarni o‘rganadigan bo‘limi – „Odam biologiyasi“ degan umumiy nom bilan 20-asr o‘rtalaridan boshlab rivojlandi. Odamning paydo bo‘lishida faqat ta-biat olamining qonuniyatlarigina emas, balki ijtimoiy omillar ham muhim rol o‘ynagan. Odam paydo bo‘lgandan hozirgi holatigacha uning butun hayoti ijtimoiy jamiyatning rivojlanish qonuniyati bilan chambarchas bog‘langan. A.ning fan bo‘lib rivojlanishida tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi fanlar ijobiy rol o‘ynadi. Zamonaviy fan nuqtai nazaridan aytgan-da, A. quyidagi uchta katta bo‘limdan ibo-rat: 1) odam morfologiyasi; 2) antropoge-nez; 3) irqshunoslik (etnik A.)- Morfo-logiya odamning jismoniy tuzilishida-gi belgilarning yosh, jins, kasb va tashqi sharoitga qarab o‘zgarishini tushuntirib beradi. Irqshunoslik odamzod irklarining kelib chiqish davri va sabablarini, ularning Yer yuziga tarqalishini izohlab, etnogenez muammolarini yechishga ham o‘z hissasini qo‘shadi. A. o‘zining turlicha tekshirish usullariga (antro-pometriya, osteometriya, kraniometriya) va ko‘p xil asboblariga ega. A. biol. fa-nining faqat nazariy sohasi bo‘libgina qolmay, amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan sohasi hamdir. Uning dalillaridan ko‘p sohalarda, jumladan tibbiyotning har xil sohalarida (mas, odamning jismo-niy o‘sishini o‘rganishda), shuningdek sud ekspertizasida foydalaniladi.

Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. "O." terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1613 yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular O.ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, O.ni mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl "stixiya", Demokrit "atomlar", Anaksimandr "apeyron", Anaksagor "urugʻ" deb atagan. Platon gʻoyalar O.sini, Aristotel empirizm O.sini yaratdi. Oʻrta ayerlar falsafasida O. ilohiyot bilan chambarchas bogʻlanadi. Sharq falsafasida O. koʻproq ilohiy borliqning , xudoning mohiyatini aks ettiruvchi taʼlimot tarzida, sharq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud koʻrinishidagi taʼlimotlar shaklida paydo boʻlgan. Falsafada O. monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar shaklida ham uchraydi (qarang Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik O. namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik O.ga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon falsafasida O.ning mazmuni yanada boyigan. Bu borliq haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilan bogʻlangandir. Maʼlumki, borliqni mexanistik, metafizik va materialistik talqin etishda u moddiylik bilan, aktual mavjudlik bilan, reallik bilan aynanlashtirib qoʻyilgan edi. Borliqaslida barcha narsa va hodisalarni, ilgari mavjud boʻlgan, hozir mavjud boʻlib turgan va kelajakda mavjud boʻladigan realliklarni, moddiylik va maʼnaviylikni, modda va gʻoyani ham oʻziga qamrab oladi.

Dialektika [yun. dialektike (techne) — suhbat olib borish, bahslashish sanʼati] — borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy taʼlimot hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi. "D" tushunchasi falsafa tarixida dastlab hozirgi maʼnosidan boshqacha tushunilgan. Yunon falsafasida D. muxolifning muhokamasidagi ziddiyatlarni ochib tashlash, munozara orqali xaqiqatni topish sanʼatini anglatgan. Keyinchalik bu usul tabiat hodisalariga tatbiq etila boshlagan, bilish uslubiga aylangan. Dialektik tafakkur voqelikni bilish jarayoni sifatida inson, jamiyat bilan bogʻliklikda paydo boʻlgan. Voqelikni bilish va uni inson manfaatlari yoʻlida oʻzgartirishning dialektik us-lubini anglashga intilish qad. zamonlarga borib taqaladi. Bu intilish dastlab Sharqda paydo boʻlib, antik davrda oʻz takomiliga yetgan. Falsafa tarixida D. turlicha talqin qilingan. "D" soʻzi ilk bor Sokrat (Suqrot) tomonidan qoʻllanilgan. U D.ni bir-biriga zid, qaramaqarshi fikrlar toʻqnashu-vi orqali haqiqatni topish sanʼati deb bilgan. Geraklit ijodida D. oʻzining antik davrdagi eng yorqin koʻrinishiga ega boʻldi. Geraklit fikricha, D.— muttasil harakatdagi olam ichki jihatdan ziddiyatli va u doimiy vujudga kelish, rivojlanish hamda tanazzulga yuz tutish — qaramaqarshiliklar birligidan iborat. Mazkur davrda Geraklit va b. yunon faylasuflari taʼlimotlari negizida sofistlarning salbiy tusdagi D.si vujudga keladi. Sofistlar haqiqatni borliq D.sidan emas, bahslar olami, ruhiyatidan axtarib, ziddiyatli inson tafakkurini harakatga keltirdilar, oxir-oqibatda bilish faqat nisbiy, gumoniy, taxminan ekanligini eʼtirof etishgacha borib yetdilar. Oʻrta asrlardan 18-asrgacha D. oddiy (maktabda oʻqitiladigan) mantiq ilmi sifatida tushunib kelindi. Platon D.ni narsalarning ideal mohiyatini bilish maqsadida tushunchalarni boʻlak-boʻlaklarga ajratish, soʻng bir-biri bilan oʻza-ro bogʻlash uslubi deb hisoblagan. Kuzalik Nikolay, J. Bruno D.ni qara-maqarshiliklarning mos kelishi haqidagi taʼlimot deb taʼkidlashgan. Kantnit fikricha, D. voqelikni tajriba, hissiy bilimlar orqali emas, balki sof tafakkur asosida bilishga intiladi. Gegel D.ni borliq, ruh va tarix taraqqiyotining ziddiyatlarini anglashning umumiy uslubi deb bildi. Falsafa tarixida D.ning 3 ta asosiy shakli tarkib topdi: 1) qad. dunyodagi ilk, stixiyali, sodda D. (Geraklit, Platon va b.); 2) nemis mumtoz idealistik (xususan, Gegel) falsafasi; 3) K. Marks va F. Engels asos solgan materialistik D. K. Marks, F. Engels va xususan, V.I. Lenin D.ni vokelikni bilish va uni inqilobiy oʻzgartirish qaqidagi taʼlimot hamda buning tegishli uslubi deb hisobladilar. Marksistik utopiya D. qonunlarida insoniyatning yalpi baxtsaodatga borish kafolatini koʻradi. 20-asr Gʻarb falsafasida D. neogegelchilik, ekzistensializm, diniy falsafaning turli oqimlarida rivojlandi.

Metafizika (yun. meta ta physika — fizikadan soʻng) — borliqning sezgilardan yuqori turuvchi pritsiplari va umumiy asoslari toʻgʻrisidagi fan. Fizikada tadqiqotchi bevosita hissiy obʼyektlar ustida izlanish olib borsa, M.da esa tadqiqotchi sezgilar vositasida anglab olish mumkin boʻlmagan obʼyektlarni tadqiq etadi. M.ning tadqiqot mavzuiga kiruvchi sifat, maz-mun, mohiyat, hodisa va boshqa obʼyektlar toʻgʻrisida fikr yuritganda ularni bevosita koʻrib boʻlmaydi, ular boshqa narsa va hodisalarning oʻzaro aloqadorliklari jarayonida namoyon boʻladi. Shu jihatdan tarixan M. atamasi, koʻpincha, falsafa atamasining sinonimi sifatida ishlatilgan.

M. atamasining paydo boʻlishi Aristotelttt "Metafizika" nomli asari bilan bogʻliqligi haqidagi fikr falsafiy adabiyotlarda keng tarqalgan. Ammo M. atamasini Platon asarlarida mustaqil bilish metodi sifatida uchratish mumkin. Aristotelning "birinchi falsafa"ga oid tabiiy-ilmiy masalalarni qamrab olgan maʼruza va asarlarini Andronik Rodosskiy toʻplab, uni "Metafizika" deb nomladi.U 14 kitobdan iborat toʻplamdir. Aristotel tuzgan fanlar tasnifida oʻzining ahamiyati, qadrqimmati jihatdan birinchi oʻrinni borliq haqidagi fan egallaydi. Aristotel uni "birinchi falsafa" yoki teologiya (xudo haqidagi taʼlimot) deb ataydi. Bu falsafa "ikkinchi falsafa" (yaʼni fizika)dan shu bilan farq qiladiki, fizikada bevosita sezgilar orqali seziladigan aniq obʼyektlar tadqiq qilinsa, "birinchi falsafa"da borliqning materiya va shaklning aniq bogʻlanishiga bogʻliq boʻlmagan jihati, asl ildizi tadqiq qilinadi. Aristotel fikricha, M. insonning subʼyektivligi bilan ham, inson faoliyati bilan ham bogʻlanmagan boʻlib, u fanlarning ichida eng qimmatlisi, inson hayotining vositasi, quvonchining manbaidir.

Antik davr M.sini M.ning asl namunasi deyish mumkin. Davrlar utishi bilan M.ga munosabat oʻzgardi. Oʻrta asrlarda M.ga yuksak akdiy bilimni eʼtirof etgan holda borliqni akdiy bilishning oliy shakli deb qaralgan. Sxolastika namoyandalari esa M.ga xudoni bilishga imkon beruvchi bilim sifatida qarashgan. Oʻrta asrlarda haqiqatan ham M. falsafiy tushunchalarning rivojlanishiga, falsafa fanining takomillashuviga sababchi boʻldi. Shu davrlarda olimlar erkinlik va zaruriyat, tasodif va qonuniyat tushunchalarining mazmuniga aniklik kiritishdi. M. olamning yaxlit manzarasini yaratishga turtki berdi. M. har qanday taʼlimning , xususan, didakti-kyning magʻzini tashkil etuvchi metod boʻlib xizmat qildi, falsafaning tushunchalarini boyitdi. Yangi davrga kelib, M. tabiatshunoslikning bagʻriga singib ketdi.

Bu fanlardagi bilish (gnoseologik) muammolarni tadqiq etishdan borliqning mohiyatini tadqiq etuvchi ontologik muammolarni tahlil etishgacha M. asosiy falsafiy yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qiladi. Ammo u bir tomondan, oʻrta asrlardagi diniy sxolastika namoyandalarining deistik, panteistik tanqidlariga, ikkinchi tomondan, keyingi davrlarda skeptitsizm, sensualizm, mexanitsizm vakillarining shafqatsiz tanqidiga uchraydi. Nemis mumtoz falsafasi vakillari ham M.ni tadqiqot obʼyekti va predmetiga ega boʻlmagan fan sifatida, dogmatizmda ayblashdi. Gegel M.ni dialektikata qarama-qarshi turuvchi metod deb taʼrifladi. Marksizm klassiklari esa M.ni rivojlanishga qarama-qarshi, antidialektik metod deb tanqid qilishdi.

M. tushunchasi Oʻrta Osiyo mutafakkirlarining taʼlimotida ham oʻz ifodasini topgan. Ibn Sino taʼrifiga koʻra, M. borliq toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning fikricha, M. borliqning 4 turini oʻrganadi: 1) jismoniy (moddiy) likka ega boʻlmagan obʼyektlar — ilo-hiy mavjudotlar va Allohni; 2) ilo-hiyligi kamroq boʻlgan, materiyaga qandaydir aloqasi bor obʼyektlar (osmon jismlari, ularni harakatga keltiruvchi kuchlar)ni; 3) obʼyektlarning moddiylik bilan birlashishini, baʼzi hollarda esa ulardan erkin holda mavjud (substansiya, xususiyat, zaruriyat, im-koniyat) boʻlishini; 4) moddiy obʼyektlar va tushunchalar materiya bilan doimo bogʻliklikda boʻlgan jism tabiatiga ega ekanligini.

Hozirgi zamonda M. xilma-xil talqin etilishiga qaramasdan, M.ni inson borligʻining eng umumiy asoslarini oʻrganuvchi falsafiy taʼlimot deyish mumkin. Shunday qilib, M. voqelikka yondashish, uni oʻrganish uslubi, metodidir. Voqelikni faqat toʻxtovsiz oʻzgarish, rivojlanish jarayonida tadqiq etib boʻlmaydi. Shu sababli voqelikning muayyan qirrasi, tomoni, holati, jihatini voqelikdan ajratib oʻrganishda, uni mavhumlashtirish, umumlashtirish, ideallashtirishda M.ning tadqiqot metodi fanda kerak boʻladi. Hozirgi zamon falsafasida ham M.ga ikkiyoqlama munosabat mavjud. M.ni ratsionalizm nuqtai nazaridan yoklovchilar ham, uni mavhum ontologizmni ifodalovchi quruq falsafabozlik deb qarovchilar ham topiladi. Umuman olganda, M. olamga yondashishning bir falsafiy usulidir. Uni biryoklama inkor etish ham, mutlaklashtirish ham toʻgʻri emas. M. bilish metodi, voqelikni anglashda metodologik moʻljal boʻlishi mumkin. Bu metoddan boshqa metodlar bilan umumiy birlikda foydalanish maqsadga muvofikdir.

Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. M. metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. M. metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrga-tuvchi M.ga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi M.ga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda qoʻllaniladigan M.ga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin.

M.ga ilmiy bilishning , voqelikni anglash va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Mac, Yunonistonda geometriya yer maydonlarini oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani oʻrganish uchun muhim M. deb bilishgan. Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka "kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin" deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk M. vazifasini oʻtagan. M. taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar Aristotel merosini oʻrganishda M. boʻlib kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning "Metafizika" asarini 40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asarning mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini yozib qoldirgan. M. haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va boshqa yevropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, M. rivojiga Kant, Fixte, Shelling , Gegel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik M.ning asoslarini ishlab chikdi. 20-asrda sinergetik, strukturalistik va germenevtik M.lar falsafada eng obroʻli falsafiy M.lar sifatida nom qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish M.lari esa insonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda.

Bugungi kunda sinergetika M.si olamning chigal muammolarini tadqiq etishda, halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish jarayonlarining mohi-yatini tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini oʻtamoqda.

Қуйидаги саволларга жавоб беринг

1. Ижтимоий фалсафанинг предметига таъриф беринг.

Jamiyat, insonni o'rganadigan fanlar ijtimoiy-gumanitar fanlar turkumiga kiradi. Tarix, iqtisodiyot nazariyasi, pedagogika, psixologiya fanlari jamiyatni o'rganadi. Lekin ular jamiyat hayotining muayyan bir tomoni, unda amal qilingan qonunlarni ochishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Ijtimoiy falsafa jamiyatni yaxlit ijtimoiy organizm sifatida tahlil etadi va jamiyatning ayrim sohalarini tadqiq etuvchi fan vakillari e'tiborini jamiyatning normal ishlashi uchun uning har bir qismi va unsuri qanday rol o'ynashini aniqlashga qaratadi.Ijtimoiy falsafa nuqtai-nazaridan jamiyat o'zini-o'zi tashkillovchi va boshqaruvchi tizim bo'lib, u o'z ichki qonunlariga ko'ra harakatlanadi, rivojlanadi.

2. Ижтимоий фалсафанинг фалсафа фани билан алоқаси.

Falsafa va ijtimoiy flllsafa o'zaro uzviy bog'liq. Ijtimoiy falsafajamiyat haqidagi falsafiy bilimlar tizimi sifatida falsafa fanining tarkibiy qismi hisoblanadi. Falsafa odam va olam munosabatlari tahlili bilan shug'ullanadi, ijtimoiy falsafa jamiyat va inson munosabatlarini tadqiq etadi. Agar falsafa olam, uning mohiyati, qonuniyatlari; odam, uning olamga munosabati to'g'risidagi fan bo'lsa, ijtimoiy falsafa olamning tarkibiy qismi - jamiyat haqidagi falsafiy bilimlar tizimi hisoblanadi. Shuning uchun ham ijtimoiy falsafani falsafiy ta'limotlaming o'ziga xos ko'rinishi sifatida tahlil qilmoq lozim.

3. Ижтимоий фалсафанинг функциялари устида тўхталиб ўтинг.

Ижтимоий фалсафа қатор функцияларни бажаради.

Гносеологик функция яхлит жамият ривожланишининг умумий қонун ва йўналишларини тадқиқ этиш, йирик ижтимоий гуруҳлар, ижтимоий жараёнлар тўғрисида илмий билимлар бериш билан боғлиқ. Методологик функция социал ҳодисаларни билишнинг илмий методлари тўғрисида билимлар беради; назария, категория, қонун, принцияларни ишлаб чиқади.

Илмий башорат функцияси.

Дунёқараш функцияси.

Аксиологик (қадриятлар) функция.

Бу функциялар бир-бири билан узвий боғлиқ. Улар яхлит ҳолда ижтимоий-фалсафий билимларнинг ўзига хослиги ва моҳиятини белгилайди.



4. Ижтимоий фалсафанинг дунёқарашлик функциясини тушунтириб беринг.

Iitimoiy falsafaning dunyoqarasblilik funksiyasi.

Inson dunyoqarashini shakllantirishda barcha bilim sohalari qatnashadi. Ayni vaqtda ijtimoiy falsafa jamiyat haqidagi bilimlar sintezi, yaxlit ta'limot sifatida insonni jamiyat, unda o'zining o'rni haqidagi bilimlar bilan qurollantiradi va 'shu asosda jamiyatda ro'y beradigan turli ijtimoiy jarayonlarni to'g'ri anglash, ongli munosabatda bo'lish, xolisona baholash ko'nikma va malakalami shakllantiradi.
Download 80,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish