2. Italiya ma’rifatparvarligi
XVIII-XIX asrlarda hukm so’rgan ijtimoiy turg’unlik mamlakatdagi xalqni feodal munosabatlardan noroziligini vujudga keltirdi. Bu paytda paydo bo’layotgan burjuaziya g’oyasi kapitalistik munosabatlarni hech qanday to’siqlarsiz rivojlanishini talab qila boshladi. Biroq, zaif bujuaziya hali mamlakatdagi eski qarashlar va feodal munosabatlardan to’la xoli bo’la olmadi va
ular bilan o’zaro kompronizm asosida ish olib borayotgan edi.
Jambattista Vitto (1668 – 1744 yil) ilmiy sotsiologiya sohasida qator ishlarni amalga oshirgan kishilardan biri edi. Tarix Vito uchun tartibli aylanib kelayotgan odamlar harakatidan iborat. Uning qarashlari o’zining «millatning umumiy tabiati haqida yangi fanning asosi» nomli kitobida aks etgan. O’tgan tarix sikli uchta faza (bosqich) dan iborat. Boshlanish bosqichi – xudolilik, xudolar davri. U davlatni ham, huquqiy meyorlarni ham bilmaydi. Bu yerda qonun xudolar iborasi haqida xabar beruvchi kishilar kohinlardir. Ikkinchi bosqich – qahramonlar davri. Davlat xuddi aristokratiya hokimiyati sifatida amal qildi va plebeylarni qat’iy bosib turadi. Bu yerdagi huquq – qo’pol qullar huquqidir.
Uchinchi oxirgi bosqich – odamlar davri. Ya’ni demokratik respublika tuzilishi yoki adolatli, erkin va ozodlikni, xalq suverenitetini ta’minlovchi monarxlar vakilliridir.
Chezare Bekaria (1738 – 1794 y) «Jinoyat va jazo haqida kitobining muallifi. Tabiiy huquq doktrinasi tarafdori. Qachonlardir yuz bergan urushlar individlarni charchatdi va ular o’zlaridagi erkinliklarning muayyan qismini yo’qotgan holda, o’zlarining qolgan qismlariga xotirjam va xavfsiz yashash uchun birikishdi.
3. Volter va Gelvetsiyning siyosiy-huquqiy qarashlari. Fransua-Mari Volterning (1694-1778) ta’kidlashicha, erkinlikka intilish odamning tabiiy instinktidir. Bu instinkt uning jon saqlashi va yashashi uchun zarur jamiyatni yaratishga undaydi. Jamiyat insonning takomillashishiga imkon beradi.
Volter nuqtai nazariga ko’ra, tabiiy qonunlar bu aql qonunlari, insoniyatga tabiat in’om qilgan qonunlardir. Inson erkinlikda yashashni istaydi, shunga intiladi. Erkinlik bu fikr erkinligi, matbuot, vijdon erkinligi, o’zboshimchalikka yo’l qo’ymaslikdir-»Erkinlik faqat qonunlarga qaram bo’lishdan iboratdir»,-deydi Volter.Volter demokratiya va halq hokimiyatchiligidan o’lguday qo’rqar edi.14 U ma’rifatli absolyutizm tarafdori edi.
Volter jamiyatning qoloqligi va uning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan sabablar sifatida katolik cherkovini ko’rsatadi. U cherkovni erkin fikrni bo’g’uvchi omil sifatida baholaydi va unga qarshi kurashadi. Volterning qarashlarida erkinlik va tenglik mavzulari markaziy o’rin tutadi. Volterning shaxs erkinligi va tengligi borasidagi qarashlari, birinchi navbatda, mulkdorlar manfaatlariga xizmat qilgan. Volter mulk egalarining qonun oldidagi tengligini targ’ib qiladi. U jamiyatda ovoz berish huquqiga faqat mulkdorlargina ega bo’lishlari mumkinligini aytadi. Uning fikricha, erkinlik chegaralari qonunlar bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |