Kommunikativ kompetensiya:
Darslikda keltirilgan fizik atamalarni,qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila olish;
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
turli axborot manbalaridankerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishi, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilishi, unga rioya qilishi, atrof-muhitda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarni tushunish, o‘zaro munosabatlarida odob-ahloq va muomala madaniyatiga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, Darslikda keltirilgan, ushbu fan sohasi rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan allomalarning ibratli hayotini bilish, urf odatlarni bilish va hurmat qilish.
Mashg’ulot uslubi: Aralash.
Mashg’ulot jihozi: Mashg’ulotlik, blok, qiya tekislik, richag.
Mashg’ulotning borishi:
№
|
Mashg’ulot bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O`tilganlarni takrorlash va baholash
|
8 minut
|
3
|
Yangi mavzuning mazmunini ochish va xulosalar chiqarish
|
32 minut
|
4
|
Uyga vazifa va topshiriqlar
|
3 minut
|
T ashkiliy qism:
1.Salomlashish.
- Good morning, children. - Good morning.
Today is ………., ….. ______________ . We are in phyusics lesson.
2.Yo'qlama qilish.
- Who is absent today?
3.Uyga vazifani so'rash.
1 . Oddiy mexanizm deganda nimani tushunasiz?
2. Blokning ishlashini tushuntirib bering. Blokning necha xil turini bilasiz?
3. Ko`chmas blokda kuchdan yutish mumkinmi?
4. Ko`char blokdan foydalanishda kerak bo`ladigan qanday formulani yoza olasiz?
5. Qiya tekislikdan qayerlarda foydalanish mumkin?
6. ponada turmushda foydalanganmisiz? Qayerda?
7. Chig`iriq nima? Undan qayerlarda foydalaniladi?
Yangi mavzu bayoni:
Eng avvalo oddiy mexanizm nima ekanligi esga olinadi. Keyin, mexanik ish ta’rifi yodga olinadi. Bunga o`quvchilarning o`zlaridan so`rab erishiladi.
Umumiy savol o`rtaga tashlanadi: oddiy mexanismlarning qaysi biri ishdan yutuq beradi?Bu savolga avval o`quvchilarning o`zlari javob izlaydilar. Ularning javoblari diqqat bilan tinglanadi. Agar javoblar ichida to`g`risi chiqib qolsa o`sha o`quvchidan izoh ham talab qilinadi. Agar o`quvchilardan to`g`ri javob chiqmasa avval qiya tekislikning ishdan yutuq bermasligi tushuntiriladi. Qiya tekislikda F1s = F2h formula bilan ish hisoblanishi va bunda ishdan yutuq bo`lmasligi tushuntiriladi. Mavzuni mustahkamlash vaqtida ushbu holatga masala yechib ko`rsatiladi. Keyin richagning ishdan yutuq bermasligi tushuntiriladi. Oxirida blokning ham ishdan yutuq bermasligi tushuntiriladi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
Uyga vazifa: Mustahkamlash
Sana: ______________.201_ yil
8-Mavzu: Mexanikaning oltin qoidasi. Foydali ish koeffitsienti
Maqsad:
Ta’limiy: O`quvchilarga “ mexanikaning oltin qoidasi”ga oid bilim va ko`nikmalar berish. “Mexa-nikaning oltin qoidasi”ni hech qachon va hech kim buza olmasligi haqida tasvvurlar hosil qilish.
2. Tarbiyaviy: o`quvchilarda hamkorlik ko`nikmalarini hosil qilish.
3. Rivojlantiruvchi: nazariya bilan amaliyotni bir-biriga bog`lashni o`rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |