1-mavzu. Fanning predmeti, maqsadi, vazifasi va rivojlanish tendensiyalari



Download 150,5 Kb.
bet2/9
Sana23.04.2022
Hajmi150,5 Kb.
#577196
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-тема

1.2. Fanning asosiy bo‘limlari
Har bir odam butun ongli umri davomida o‘zini o‘rab turgan olam sirlarini, xususan, tabiat hodisalari, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa voqeliklarni bilishni istaydi. Bu insonning biologik va ijtimoiy mohiyatida mujassamlashgan ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Ushbu ehtiyojlar cheksiz, ularni qondiradigan bilim va resurslar esa cheklangan. Aniqrog‘i, ajdodlarimizdan irsiyat orqali o‘tgan, ta’lim-tarbiya va hayot saboqlaridan olgan bilimlarimizning chegarasi ma’lum, bilmaganlarimizning cheki-chegarasi yo‘q. CHeksiz ehtiyojlarni esa cheklangan bilim va imkoniyatlar bilan qondirib bo‘lmaydi. Bu aksioma (postulat), isbot talab qilmaydi!
SHunday ekan, bilimlarimizni to‘xtovsiz boyitib, o‘z ijtimoiy maqomimiz bilan el-yurt orasida e’tirof etilishimiz, hurmat-e’tibor qozonishimiz (ijtimoy ehtiyoj), o‘zimizni va oilamizni moddiy ta’minlashimiz (moddiy, biologik ehtiyoj) hamda butun jamiyatga nafimiz tegadigan bo‘lishimiz lozim. Buning yagona yo‘li ilm va izlanishdir!
Ushbu xayrli va sermashaqqat yo‘lning debochasida, avvalo, mavzuga oid tushunchalar ustida biroz chuqurroq fikr yuritishimiz va asosli tahlil natijalariga tayanishimiz lozim. Xususan, ulardan eng muhimlarining etimologik jihatlari va lug‘aviy mazmuniga batafsilroq to‘xtalsak. O‘zbek tilining 5 jildlik izohli lug‘atida ushbu atamalarga quyidagicha ta’riflar berilgan:
«Ilm (arabcha ﻋﻠﻢ - bilim, fan, nazariya) o‘qish-o‘rganish va tadqiqot, tahlil etish bilan erishiladigan bilim; ko‘nikma, ma’lumot».
Agar so‘zning etimologik asosiga tayanadigan bo‘lsak, ilm - bu o‘qib o‘rganish, fikr yuritish va tahlil qilish jarayoni. Demak, inson butun ongli umri davomida o‘qishi, o‘rganishi, tadqiq va tahlil qilishi lozim.
«Fan tushunchasi esa (arabcha eudshs - san’at, mahorat; erkin kasb; ilm, bilim; tarmoq) Tabiat va jamiyatning taraqqiyot qonuniyatlarini ochib beruvchi hamda o‘zi erishgan natijalar bilan atrof - muhitga ta’sir ko‘rsatuvchi bilimlar tizimi».
Ikkinchi ta’rifdan quyidagi tayanch iboralarni ajratib ko‘rsatamiz: tabiat, jamiyat, taraqqiyot, qonuniyat, bilimlar tizimi.
Mazkur manbada «tabiat» tushunchasi [ shin’y – borliq; tabiiy hislat; odatiylik] «butun mavjudotni o‘z ichiga olgan olam, borliq» deb izohlangan.
«Jamiyat» tushunchasi arab etimologiyasiga mansub bo‘lib, [ gmkg’ – yig‘ilish; uyushma; guruh] tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida moddiy boyliklar yaratishning muayyan usullari va muayyan ishlab chiqarish munosabatlari bilan xarakterlanadigan ijtimoiy munosabatlar majmui.
«Taraqqiyot» tushunchasi esa (arabcha – ﺗﻄﻮs) aynan tarjimasi – «yuksalish, olg‘a harakatlanish, rivojlanish, o‘sish» degan ma’nolarni bildiradi. SHuningdek, «rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yo‘nalgan shakli, uning yuksalishi» deb ham izohlangan.

Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish